Malayziya Federatsiyasi


Malayziya Islom bank tizimi markazlaridan biri sanaladi


Download 1.15 Mb.
bet3/3
Sana06.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1169834
1   2   3
Bog'liq
1489724639 65829

Malayziya Islom bank tizimi markazlaridan biri sanaladi.

  • Malayziya Islom bank tizimi markazlaridan biri sanaladi.

Ayni iqtisodiy jarayonlar davlat tomonidan ishlab chiqilgan aniq reja asosida izga solinib turibdi. Vaholanki, Janubi-Sharqiy Osiyodagi 24 mln. kishilik aholiga ega bo`lgan ushbu mamlakat 1957 yilgacha, ya'ni milliy mustaqillikkacha, asosan kauchuk va qalay ishlab chiqarish hamda eksport qilishga ixtisoslashgan qoloq bir mamlakat sanalardi. O`tgan yuz yillikning 60-yillaridanoq, hukumat bir maromdagi o`sish strategiyasini belgilab oldi. Bundan maqsad, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va sanoatlashtirishdan iborat edi. Asosiy e'tibor import o`rnini bosuvchi oddiy iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratildi. Aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash va kichik fermer xo`jaliklarini zamonaviylashtirish qishloq xo`jaligi sohasidagi muhim vazifalardan biri qilib qo`yildi. Sarmoyalarni rag`batlantirish haqidagi akt (1968 yil) qabul qilinganidan keyingina, eksport masalasi kun tartibiga qo`yildi.

1971 yili mamlakatda “Yangi iqtisodiy siyosat”ni amalga oshirishga kirishildi. Bu siyosat zamirida aholi o`rtasidagi qashshoqlikni kamaytirish va kuchli ijtimoiy himoya masalasi yotar edi. Ayni davr, shuningdek, davlatning iqtisodiy jarayonlarga faol aralashuvi bilan farqlanadi. Eksportga yo`naltirilgan sanoat strategiyasini amalga oshirish jarayonida investorlar va eksportchilar uchun ko`plab imtiyozlar yaratildi, erkin savdo hududlari tashkil etildi. Xususan, to`qimachilik sanoati va elektronika eksportini rivojlantirishga keng ahamiyat qaratildi. Shu tariqa mamlakat iqtisodiyoti bosqichma-bosqich rivojlana boshladi. 1971-1980 yillarda yalpi ichki mahsulotning o`sishi yiliga o`rtacha 8 foizni tashkil etganligi fikrimiz dalilidir.

  • 1980-1986 yillar mobaynida og`ir sanoat tarmoqlarida import o`rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish ustuvor masalaga aylandi. Biroq dunyo bozoriga xos notekis jarayonlar Malayziya iqtisodiyotiga ham o`z ta'sirini ko`rsatdi.
  • Natijada ma'lum muddat yalpi ichki mahsulotning yillik o`rtacha o`sish sur'ati 4-4,5 foizga tushib qoldi. Shu tariqa islohotlarni chuqurlashtirish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini birmuncha cheklash zarurati yuzaga keldi. Sarmoyalarni rag`batlantirish, sanoatning turli tarmoqlari o`rtasida hamkorlikni kuchaytirish, sog`lom raqobat muhitini shakllantirish choralari ko`rildi
  • Malayziya iqtisodi (yillik)

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling