Ma’lum miqdorda yakka holdagi fakt, hodisa va jarayonlarni


Download 70.88 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.04.2023
Hajmi70.88 Kb.
#1350359
Bog'liq
Induksiya (mantiq) - Vikipediya



Induksiya (mantiq)
Induksiya
– ma’lum miqdorda yakka
holdagi fakt, hodisa va jarayonlarni
kuzatish orqali, shu kuzatishlarga
tayangan holda ishlab chiqarilgan
umumiy xulosa chiqarish. Bu usul
bo’yicha, oldin ko’p miqdordagi
obyekt yoki jarayonlar yaxshilab
kuzatiladi, o’rganib chiqiladi, keyin
ushbu kuzatishlardan yagona, umumiy
xulosa chiqariladi. Induksiyada mantiq
asosiy o’ringa ega emas, tajriba


birlamchi ro’lga ega. Faktlardan
qoidaga qarab, yakka holdagi ko’plab
o’rnaklardan yagona umumiy
xulosaga qarab boriladi. Xususiy
holatlar, fikrlardan umumiy bir xulosa
ishlab chiqiladi.
Induksiya
(lotincha:inductio —
toʻgʻrilash, tartibga keltirish) (mantiqda)
— ayrim fikrlardan umumiy xulosalar
chiqarishda va mantiqiy tadqiqotlarga
qoʻllaniladigan muhokama usuli.
Xususiylikni oʻrganib, umumiylik bilib
olinadi. Umumiylik predmet va
hodisalar b-n uzviy aloqada boʻladi.
Umumiylikning eng muhim
Shuningdek


tomonlaridan biri induktiv xulosa chi-
karishdir. I. ni oʻrganish fanda
kadimdan, hind, yunon
mantiqshunosligida, Lao-szi
maktabida boshlangan. I. masalalari
Aristotel, Abu Ali ibn Sino asarlarida
uchraydi. 17— 18-asrlarda empirik
tabiatshunoslik yuzaga kelgach,
olimlar bu masalaga alohida eʼtibor
berdilar. I. ni rivojlantirishga F. Bekon,
G. Galiley, I. Nyuton, J. Mill kabi olimlar
katta hissa qoʻshdilar. I. bilimlarning
tashkil topishida, qonuniyatlarni
ochishda, tushunchalarni maydonga
chiqarish jarayonida, gipotezani olgʻa
surishda fan uchun muhim aqamiyatga
ega.


I. toʻliq, toʻliq boʻlmagan va ilmiy xulosa
chiqarishga boʻlinadi. Toʻliq induktiv
xulosa chiqarish biror narsani
sinchiklab oʻrganish va tahlil qilish
asosida amalga oshiriladi. Toʻliq I.
doimo toʻliq boʻlmagan I. b-n bogʻliq.
Toʻliq boʻlmagan I. da aniq faktlar
asosida noaniq faktlar keltirib
chiqariladi va natijada ong boyitiladi. I.
ning oliy shakli ilmiy I. dir. Ilmiy I.
asosida narsalarning sababiy
bogʻlanishini tekshirish uslubi yotadi.
Mas, oʻsimliklarning ayrim
koʻrinishlarini oʻrganish asosida biz suv
ular uchun asosiy hayot manbai,
degan xulosaga ke-lamiz, chunki
hamma oʻsimliklarga namlik kerak.


Har qanday induktiv xulosa chiqarish
asosini borliq, narsa tashkil qiladi. Bu
uslub dunyoni ilmiy bilishda muhim rol
oʻynaydi. Shuning uchun obyektiv
haqiqatni bilishda I. doim deduksiya b-
n mustahkam aloqada boʻladi.
[1]
Deduksiya
Xulosa chiqarish
1. 
O
ʻ
zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Yana q.
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 2-Yanvar 2023, 20:55
da tahrir qilingan.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/in
dex.php?title=Induksiya_(mantiq)&act
ion=edit) Vikipediyaga yordam
berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Induksiya_(mantiq)&oldid=35
32140" dan olindi


Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 70.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling