Ma’lum qildi


Download 15.63 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi15.63 Kb.
#1388110
Bog'liq
Statistika


2001 yilda O‘zbekiston Respublikasida 1 mln 200 mingta transport vositasi bo‘lgan. 2021 yilning 1 dekabr holatiga respublikamizda 3 mln 775 mingta transport vositasi mavjud. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, avtomobillar soni har yili o‘rtacha hisobda 300 mingtaga ko‘paymoqda.
avlat statistika qo‘mitasi shu yilning avgustida aholida 2,8 millionta yengil avtomobil mavjud ekani, sentyabrda esa O‘zbekistonda har 100 ta uyga o‘rtacha 50 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelayotganini ma'lum qilgandi.
Statqo‘mga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistondagi avtotransport vositalarining soni 2 955 295 tani tashkil etgan. Bu faqat jismoniy shaxslarga tegishli mashinalar bo‘lib, bunda yuridik shaxslarga tegishli avtotransport inobatga olinmagan.
2021 yilning yanvar–sentabr oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 67 588 ta kam yengil avtomobil ishlab chiqarilgan, benzin ishlab chiqarish hajmi esa 5,7 foizga o‘sib, 9 oyda 815 ming tonnaga yetgan.

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning avtomobillari soni 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 2 955 295 tani tashkil qilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.


Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning mos davrida nisbatan 14 foizga ko‘p.
Bunda:

  • yengil avtomobillar – 2 767 126 ta;

  • yuk avtomobillari – 168 810 ta;

  • avtobuslar – 5 711 ta;

  • mikroavtobuslar – 8 518 ta;

  • maxsus transportlar – 5 130 tani tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 87 dona yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi. 


Statqo‘mga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikada jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 051 734 tani tashkil etgan. 
Jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 284 608 taga oshgan. 
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2022 yilning yanvar oyida14 046 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Shuningdek, 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 65,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3 037 ta yengil avtomobil import qilgan.
Download 15.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling