1. Hayotning kelib chiqishi to'g'risidagi nazariyalar
Hozirgi kunda hayotning paydo bo'lishi to'g'risida yagona tushuncha yo'q, biroq bu to'g'rida bir necha nazariyalar bo'lib, ular quyidagilardan iboratdir:
Ma'lum vaqt davrida hayot ilohiy kuch tomonidan yaratilgan degan nazariya (kreasionizm nazariyasi).
Bu nazariyaga ko'ra qachonlardir hayot yer yuzida ilohiy kuch tomonidan yaratilgandir)
Teologiya yoki diniy sohadagi barcha olimlarning fikri shudir. 1650 yilda Irlandiyalik arxiyepiskop Asher (Arsha shahri) matematik hisoblab ko'rib dunyo Olloh toalloh tomonidan eramizgacha bo'lgan 4004 yil oktyabrda yaratilgan deb aytadi.
Shu hisobga ko'ra odamzod 23-oktyabr ertalab 9 da yaratilgan Ular dunyoning yaratilishi to'g'risidagi boshqa tushunchalarni mutlaqo tan olmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |