Ma’lumki, har qanday davlat iqtisodiy muhitni tashkil etuvchi ma’lum bir institutlar doirasida faoliyat yuritadi va o’zgarib boradi


Download 14.49 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi14.49 Kb.
#1450231
Bog'liq
XULOSA


XULOSA:
Ma’lumki, har qanday davlat iqtisodiy muhitni tashkil etuvchi ma’lum bir institutlar doirasida faoliyat yuritadi va o’zgarib boradi. O’zbekistonda bosqichmabosqich amalga oshirilgan islohotlar jarayonida iqtisodiyotning yangi xo’jalik yurituvchi sub’ektlari – yirik aksiyadorlik jamiyatlari, xolding kompaniyalar va xususiy mulkchilikning turli shaklidagi korxonalar barpo etilmoqda. Shu bilan bir vaqtda ular faoliyat yuritishini belgilovchi me’yoriy hujjatlar (konstitutsiya, qonunlar, farmonlar va boshqalar)ni va norasmiy cheklovlarni o’z ichiga oluvchi institutsional muhit yaratilmoqda. Ana shu muhit jamiyatda mulkchilik, ishlab chiqarish va taqsimot munosabatlarini takomillashuviga, moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd etish lozim: – ochiq iqtisodiyot, sog’lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; – iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlarini ko’paytirish; – iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlash; 1 4 – “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; – valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish; – iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro’yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash.
33
Download 14.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling