Ma’lumki mamlakatimiz mustaqilligi milliy ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirish uchun zamin yaratdi
Download 35.95 Kb.
|
UMAROV SHAXRIDDIN
II.ASOSIY QISM
2. 1. Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish rejasi, hamkorlikda harakatlanish, evakuatsiya rejasini tuzish va dastlabkimalumotlarni olish Mahalliy davlat hokimiyati organlari va iqtisodiyot ob’ektlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo’yicha harakat qilish rejasining asosiy maqsadi, aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda FVDT va Fuqaro muhofazasi tuzilmalarini harakatga tayyorlash, favqulodda vaziyatlar salbiy oqibatlarini kamaytirish, favqulodda vaziyatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish, moddiy talofatlarni oldini olish va kamaytirishdan iborat. Harakat qilish rejasi xarita, asosiy matn qismi va ilovalardan tashkil topgan. Harakat qilish rejasi asosiy matn qismi quyidagilarni o’z ichiga oladi: birinchi bo’limda, viloyat, shahar va tuman hududida yirik avriyalar, talofatlar va tabiiy ofatlar yuz berganda ehtimoli bo’lgan vaziyatning qisqacha bahosi. Jumladan, shahar va tuman joylashuvi, tashkil topgan yili, viloyat markazidan uzoqligi, rel’efi, maydoni, aholi soni, mavjud ijtimoiy muassasalar soni, hududda radiatsiyaviy, kimyoviy va portlash xavfi mavjud ob’ektlar ro’yxati, chegaradosh tuman yoki shaharlar, hududda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar. SHuningdek, aeroportlar, temir yo’llar va avtotransport magistral yo’llar mavjudligi hamda hududning viloyat markazidan uzoqligi va hududga chegaradosh hududlar hamda ulardagi kuch vositalar va boshqa manblar o’rin oladi. ikkinchi bo’limda, favqulodda vaziyatlarning oldini olish tadbirlari deb nomlanadi. Ushbu bo’limda “Kundalik faoliyat” rejimida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab beriladi. Jumladan, Fuqaro muhofazasi boshlig’ining normativ hujjatlarini ishlab chiqish, aholi va hududlarni texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini tashkil qilish, fuqaro muhofazasi sohasida rejalar ishlab chiqish, favqulodda vaziyatlarning olidini olish va bartaraf etish bo’yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish, xavfli hududlarda yashovchi aholini ko’chirish, favqulodda vaziyatlarning bartaraf moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini yaratish va boshqa tadbirlarni ishlab chiqish uni amalga oshirish bo’yicha vazifalar kiritiladi. uchinchi bo’limda, tabiiy ofatlar, yirik ishlab chiarish avariyalari va halokatlar sodir bo’lish xavfi tug’ilganda hamda sodir bo’lganda fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarish bo’yicha rejalarni o’z ichiga oladi. Ushbu bo’limda “Yuqori tayyorgarlik” va “Favqulodda vaziyat” rejimida aholini muhofaza qilish tadbirlari va FVDTning vazifalarini ifoda etadi. “Yuqori tayyorgarlik” rejimida tabiiy va texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlar xavfi tug’ilganda amalga oshiriladigan ishlar belgilangan. Jumladan, shahar va tuman hokimiyat organlari rahbarlari-Fuqaro muhofazasi boshlig’ining qarori bilan FVDT quyi tizimi yoki alohida bo’g’inlari uchun “Yuqori tayyorgarlik” rejimini o’rnatish, tegishli xizmatlarda navbatchi-dispetchirlik kuchaytirish, xavfli ob’ektlar va ularga tutash hududlarda vaziyatni kuzatish, nazoratni kuchaytirish bo’yicha topshiriqlar berish, kuch va vositalarni shay holatga keltirish, favqulodda vaziyat ro’y berishi mumkin bo’lgan hududlarga yaqinlashtirish hamda boshqa zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqish. “Favqulodda vaziyat” rejimida favqulodda vaziyat yuzaga kelganligi haqida ma’lumotni FVDT quyi tizimi boshqaruv organlari xabar berish tartibi, favqulodda vaziyatlarning barataraf etish shtabi zudlik bilan tashkil etish tartibi, “Favqulodda vaziyat” rejimiga o’tkazish tartibi va boshqa zaruriy tadbirlar jamlanadi. Harakat qilish rejasiga quyidagilar ilova qilinadi. 1-ilovada, hududda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyat xaritasi; 2-ilovada, favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda asosiy tadbirlar kalendar rejasi; 3-ilovada, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish komissiya qarori; 4-ilovada, favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda tadbirlarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kuch va vositalar hisobi; 5-ilovada, favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda ogohlantirish, FVDT xabar berish va aloqani tashkil qilish chizmasi; 6-ilovada, muhofaza inshootlariga mas’ul shaxslar xabar yuerish va boshqa rejalar ilova qilinadi. Harakat qilish rejasi 5 yildan ortiq bo’lmagan muddatda yuritiladi va yiliga bir marta tegishli qismiga aniqlik kiritiladi hamda 5 yildan so’ng qaytadan ishlab chiqiladi. Aniqlik kiritilgan vaqti doim qayd etib boriladi. Ushbu hujjatni saqlash va foydalanish belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi. Aholini va moddiy boyliklarni favqulodda vaziyatlar hududidan ko’chirish (evakuatsiya) rejasi. Viloyat, shahar va tuman aholisini, moddiy boyliklarini ko’chirish, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar zonalarida va ular yuzaga kelish ehtimoli bor zonalardan olib chiqish hamda uni oldindan tayyorlab quyilgan xavfsiz joylarga joylashtirish tadbirlari majmuidir. Aholini ko’chirishni rejalashtirish uchun asosiy ko’chiriladigan aholi ro’yxati, joyi, binosi, ko’chiriladigan xavsiz hudud haritasi va ko’chirish tartibi hisobga olinadi. Evakuatsiya rejasining ilovasida aholini vaqtincha yoki doimiy ko’chirish xaritasi, ko’chiriladigan aholini yig’ish, ko’chirilgan aholini qabul qilish punktlari, ko’chiriladigan aholi soni, mol-mulki, ko’chirilgan aholiga ta’minot masalalari va boshqa zarur ehtiyojlarini qondirish masalalari keltiriladi. Aholini va moddiy boyliklarini favqulodda vaziyatlar hududidan ko’chirish rejasi tarkibiga uch bo’limni o’z ichiga oladi: birinchi bo’limda, umumiy ma’lumotlar ya’ni ko’chirish tadbirlarini boshlanganligi to’g’risida ko’chiriladiganlarga xabar berish tizimining holati, ko’chirish organlari to’g’risida ma’lumot va ko’chirish tadbirlarida foydalaniladigan tibbiy, aloqa, oziq-ovqat, transport va boshqa ta’minotlar bo’yicha umumiy ma’lumot; ikkinchi bo’limda, ko’chirish tadbirlarini talab etishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar turlari. Jumladan, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning aholiga shikastlovchi turlari alohida ta’kidlab o’tiladi. Ko’chirilganlarni qabul qilish joyi ya’ni aholini va moddiy boyliklarini vaqtincha joylashtirishi bo’yicha rejalashtirilgan hududlar to’g’risida umumiy ma’lumot; uchinchi bo’limda, ko’chirish tadbirlarini tashkil etish. Ushbu bo’limda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar xavfi “Yuqori tayyorgarlik” rejimida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni o’zida aks ettiradi. Ya’ni ko’chirish organlarning faoliyatini tashkil qilish tartibi va ularning vazifalari, ko’chiriladiganlarga xabar berish tartibi, ko’chiriladigan aholining soni, toifasi, ko’chirish usullari, ko’chiriladigan moddiy boyliklari, ko’chiriladigan hudud, talab etiladigan texnikalar va ta’minot xizmatlari hamda ko’chirish tadbirlariga mo’ljallangan vaqtlar keltiriladi. Ko’chirilganlarni qabul qilish maskanida jamoat tartibini saqlash, texnika va sanitariya xavsizligi talablarini hamda hayot faoliyatini ta’minlash bo’yicha zaruriy talablar keltirib o’tiladi. “Favqulodda vaziyat” rejimida ko’chirish tadbirlarini tartibi yuqori tayyyorgarlik rejimida belgilangan vazifalar amalga oshiriladi. Evakuatsiya rejasida quyidagilar ilova qilinadi: hudud xaritasi va yo’nalish chizmasi; favkulodda vaziyatlarda aholini hamda moddiy boyliklarini xavfsiz hududga ko’chirish hisobi; jalb etiladigan xizmatlarga xabar berish chizmasi; ko’chiriladigan aholini yig’ish punktiga mas’ul shaxslar va jalb etiladigan xizmatlar hisobi hamda boshqa me’yoriy hujjatlari; ko’chiriladigan axolini qabul qilish punktiga mas’ul shaxslar va xizmatlar hisobi hamda tegishli me’yoriy hujjatlari; evakuatsiya komissiyasiga xabar berish chizmasi; Ko’chirish tabbiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda hamda harbiy davrlarda amalga oshiriladi, ba’zan kundalik faoliyatda mavsumiy ko’chirish ishlari olib boriladi. Evakuatsiya (Ko’chirish) komissiyasi va uning Nizomi Evakuatsiya komissiyaning asosiy vazifalari Favqulodda vaziyatlar organlari bilan birgalikda aholini evakuatsiya qilish rejasiga aniqlik kiritish va uni qayta ishlab chiqish, shaxsiy tarkibni jipslashtirish va ko’chirish organlariga bo’ysunuvchilarni tayyorlashni nazorat qilishni tashkil etib boradi. SHuningdek, bo’ysunuvchi organlarning evakuatsiya rejalarini, evakuatsiyani tashkil qilish bo’yicha tadbirlarni, evakuatsiya qilingan aholini qabul qilish va joylashtirish rejalarini tekshirish uchun vaqti-vaqti bilan yig’ilishlar olib borish, ishlab chiqilgan reja haqqoniyligini tekshirish maqsadida o’quv mashg’ulotlarida (KSHO’M, MTO’M) qatnashish iborat. Evakuatsiya komissiyasining vazifalari va majburiyatlarini belgilab beruvchi evakuatsiya komissiyasining nizomi mavjud. Nizomda komissiya tarkibi “Kundalik faoliyatda”, “Yuqori tayyorgarlikda” va “Favqulodda vaziyat” rejimida faoliyati belgilangan. Komissiya raisi viloyat, shahar va tuman hokimlarini o’rinbosarilaridan tayinlanadi va Fuqaro muhofazasi boshlig’iga to’g’ridan-to’g’ri bo’ysinadi. Evakuatsiya komissiyasi tarkibiga davlat va ho’jalik boshqaruv organlari rahbarlari kiritiladi hamda hokimi o’rinbosari komissiyasi raisi etib tayinlanadi. Komissiya tarkibi va a’zolari Fuqaro muhofazasi farmoyishi yoki buyrug’i bilan tasdiqlanadi. Evakuatsiya komissiyasining hujjatlari quyidagilar: komissiya tashkil etish buyruq yoki qaror, komissiya a’zolari va tarkibi, evakuatsiya rejasi va ilovalari bilan, komissiya a’zolari bilan o’tkazilgan yig’ilishlar va uning bayonnomalari, komissiya a’zolari dastur asosida o’qitilishi va boshqalar. Download 35.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling