Maʼlumki Sharq o‘zining qadimiy tarixi va madaniyati o‘zining yorqin sahifasini yozgan buyuk donishmandlar, faylasuflar, qomusiy olimlarning vatani hisoblanadi. Ular orasida jahonga mashhur mutafakkirlar, allomalar bor
Download 15.74 Kb.
|
ESSE
Maʼlumki Sharq o‘zining qadimiy tarixi va madaniyati o‘zining yorqin sahifasini yozgan buyuk donishmandlar, faylasuflar, qomusiy olimlarning vatani hisoblanadi. Ular orasida jahonga mashhur mutafakkirlar, allomalar bor. Ularning bilimlari, ijodlari tufayli hozirda insoniyat fantastik yozuvchi Julvernning ham xayoliga kelmagan kashfiyotlar bilan tanish. Hozirgi rivojlangan davrda ko‘p yangiliklar bilan tanish bo‘la turib, ayrim aql bovar qilmas kashfiyotlarni ko‘rib yoqa ushlashimiz rost va albatta qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q. Bunday kashfiyotlarning asl ildizi esa mutafakkir olimlar, allomalarga borib taqaladi. Meni qoyil qoldirgan allomalardan biri bu – Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bekdir. Mirzo Ulug‘bek 1394-yilda Eronning Sultoniya shahrida tug‘ilib 1949-yilda Samarqandda vafot etgan. Astronomiya, Matematika, Geometriya, Tarix va diniy fanlarni mukammal bilgan. Samarqanddagi o‘qituvchi va talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘p miqdorda doimiy mablag‘lar ajratib turgan. 1420 –1429- yillarda qurilgan “Ulug‘bek observatoriyasi” o‘z davrining eng ko‘rkam va zamonaviy talablarga javob bera oladigan inshootlaridan bo‘lgan. Bir qancha ilmiy asarlar muallifining mashhur “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asrida 1018 ta yulduzlarning aniq koordinatalari keltirilgan. «Zij» - astronomik jadvallar Yevropaning barcha observatoriyalarida asosiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilib kelgan. Samarqand, Buxoro va G‘ijduvon shaharlarida 4 ta madrasa qurdirgan. 40 yil davomida Movarounnahrni boshqargan davlat arbobi ham hisoblanadi. Endi tasavvur qiling. 40 yil ilm-fan, maʼrifat egasi boshqargan davlatdan qanday avlodlar chiqqan. Alloma Mirzo Ulug‘bekning meni qoyil qolishimga sababchi bo‘lgan ishlaridan biri bu – yo‘lda ot ustida ketayotib hayolan aniq ko‘rsatgichni topganidir. Ulug‘bekning astronomik maktabi vakillaridan biri Koshonlik G‘iyosiddin Jamshid Koshiyning hayrat bilan yozishicha, kunlardan birida Ulug‘bek ot ustida quyoshning balandligini vaqt birligida o‘lchab, quyoshdan tushayotgan nurning tekislikka nisbatan og‘ish burchagini trigonometrik usulda yoddan hisoblab chiqara olgan ekan. Bundan ko‘rinib turibdiki alloma murakkab matematik amallarni ham yoddan, dilida bajara olgan. Bunday natijani aniqligini hozirgi rivojlangan zamonamiz olimlari yuqori texnologiyada ishlaydigan uskunalari yordamida aniqlab, Ulug‘bek deyarli 600 yil avval xayolan aytgan natijadan hayratga tushganlarini yashirishmagan. Ming shukurki tariximizda yuzlab faxrlanadigan, bizga motivatsiya bo’la oladigan allomalarimiz bor. Biz ularga mos avlod, avlodlarimizga o’rnak bo’la oladigan ajdod bo’lishimiz darkor. Download 15.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling