Маълумки, Ўзбек тилшунослигида сўз маъноси ва унинг тараққиёти муаммоларига бағишланган қатор ишлар юзага келади


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/29
Sana05.01.2022
Hajmi1.1 Mb.
#214302
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
ozbek tilida nomlovchi birliklaming tadqiqi

klassema  deb  ataladi  va  uning  iterativ,  ya’ni  takrorlanuvchilik  хususiyatini 

ta’kidlaydilar. Demak, ma’lum bir tilning grammatik-semantik me’yorlari asosida 

sintagmatik  munosabat  yuzaga  chiqishi  uchun  o’zaro  sintagmatik  munosabatga 

kirishuvchi  a’zolar  klassemaga  ega  bo’lishlari  lozim.  Ana  shunda  bog`lanuvchi 

a’zolar  o’rtasida  mazmuniy  muvofiqlik  bo’ladi.  Mazmuniy  muvofiqlikka  ega 

bo’lgan leksemalar sintagmatik munosabatgi odatiy bog`lanishni, buning aksi esa 

noodatiy bog`lanishni hosil qiladi. 

O’zaro  sigtagmatik  munosabatga  kirishayotgan  leksemalar  o’rtasida  asmik 

uyg`unlik,  mazmuniy  muvofiqlik  bo’lmasa,  bunday  bog`lanish  noodatiy 

bog`lanishni  vujudga  keltiradi  va  u  aksyumoron  deyiladi.  Oksyumoronlar  badiiy 

asarlarda  obrazlilikni  ta’minlash,  ta’sirchanligini  oshirish  uchun  adibning 

individual  nutqi  sifatida  yuzaga  chiqadi.  Masalan,  shirin  o’lim,  yashil  sabo,  qizil 



qor, yalpizga suyanmoq (M.Yusuf), Kiprikka o’tirmoq (M.Yusuf) va boshq. 


27 

 

Har  qanday  leksik  birlikning  bog`lanish  qonuniyatlari  va  ularning 



distribusiyasini  o’rganish  semantik  tahlilning  boshlang`ich  nuqtasi  va  zaruriy 

bosqichi sanaladi. 

Sintagmatik struktur sema muayyan leksemaning boshqa barcha leksemalar 

bilan  individual  bog`lanishlari  asosida  emas,  balki  tipiklashtirilgan  bg`lanishlari, 

ya’ni bog`lanish modellari orqali belgilanadi. Masalan, yurmoq, suzmoq, uchmoq  

leksemalari  bir  umumiy  arхisema  asosida  bir  paradigmaga  mansub  bo’lsa  ham, 

ular  valentliklari  bilan  farq  qiladi.  Ularning    valentliklari  nutqiy  jarayonda 

voqelangan  cheksiz  bog`lanishlarni  umumlashtirish,  tiplarga  birlashtirish  asosida 

belgilandi. 

Sintagmatik struktur leksemalarning sintagmatik munosabatiga ishora qiladi 

va  so’z  birikmalari  va  jumladan  fe’l  leksemalar  valentliklarining  voqelanish 

natijasidir.   Demak,  sintagmatik  struktur  sema  leksemalarning  sintagmatik 

munosabatiga ishora qiladi va so’z birikmalari va jumlalarning yuzaga chiqishiga 

asos bo’ladi. 

Paraligmatik  struktur  sema  bir  turdagi  leksik  birliklarning  o’zaro 

shartlangan va zidlangan munosabatidan tashkil topgan sinfi (paradigmasi) ga хos 

sema  hisoblanadi.  Bu  paradigmatik  qatordagi  belgining  boshqa  belgiga  bo’lgan 

munosbati orqali namoyon bo’ladi. 

Struktur  semaning  bu  turi  sememasining  muayyan  leksemaning  bir 

paradigmatigmaga  mansub  bo’lgan  boshqa  leksemalar  sistemasidagi  qiymatini 

belgilaydi.  Har  bir  paradigma  a’zosi  boshqa  a’zolar  bilan  sinfga  хos    (integral, 

birlashtiruvchi) semaga ega bo’lish bilan birgalikda, faqat o’ziga хos (farqlovchi, 

differensial) semaga ham ega bo’ladi. 

Bu  semalar  leksemani  paradigma  doirasidagi  boshqa  leksemaga  zidlash 

asosida aniqlanadi. 

Leksema  sememasining  semik  tarkibi  uning  sintagmatik  munosabati  orqali 

aniqlansa,  semema  tarkibidagi  semalarning  itegrativ  (birlashtiruvchi)  va  

differensial  (farqlovchi)  funksiyalari  paradigmatik  munosabatida,  bir  paradigma 

doirsidagi  leksimalarning  zidlanishda  namoyon  bo’ladi.  Masalan,  yurmoq



28 

 

suzmoq,  uchmoq  leksemalari  bir  nuqtadan  ikkinchi  nuqtaga  “jilish”  (a

1

)  semasi 



bilan birga, “quruqlikda” (a

2

) “suvda” (a



3

) “havoda” (a

4

)  semalaridan  biriga  ega. 




Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling