N.Mahmudov va boshqalarining xizmatlarini qayd etib o`tish lozim. Biroq shuni
aytish kerakki, aynan bizning mavzuimiz doirasida tilshunos olimlarimizning yo`l
–yo`lakay tarzda aytib o`tgan fikrlari mavjud xolos. Shu ma'noda ularning bu
4
boradagi xizmatlarini unutmagan holda ayrim masalalarga to`xtalmay o`tganligini
ta'kidlamoqchimiz.
Ishning maqsadi va vazifalari. Ishning maqsadi jahon va o’zbek
tilshunosligida nominatsiya jarayoni va NBlarning hosil bo’lishi, ma’no tarkibi
haqida bildirilgan fikrlarni o’rganib chiqib, lingvistik semantikaning asosiy
yo’nalishlari, o’zbek tilida NBlarning ma’no tarkibi, ularning semantik strukturasini
ochib berishdan, holat bildiruvchi sifat leksemalarning ma’no xususiyatlarini tahlil
qilishdan iboratdar. SHundan kelib chiqib quyidagi vazifalarning amalga oshirilishi
ko’zda tutilgan:
lingvistik semantika va uni o’rganish muammolarini aniqlash;
Lingvistik semantikaniig asosiy yo’nalishlari haqidagi fikrlarni tahlil qilish;
Nomlovchi birliklarning semantik tabiatini tahlil qilish;
Nominativ birliklarda leksik ma’no tiplari.ni ajratish;
Nomlovchi leksemalarning denotativ va konnotativ semalalarini ajratish;
Lug’aviy qatorlarni ajratishning ekstralingvistik asoslarini o’rganish;
Lug’aviy qatorlarni ajratishning lisoniy asoslari aniqlash.
Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi. Mazkur ishda o’zbek
tilida
nominativ
birliklarning
konnotativ
aspekti
ochildi.
Leksema
sememasining semik tarkibi aniqlandi. Leksemaning pragmatik vazifasi
o’rganildi.
Do'stlaringiz bilan baham: