3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek:
"Istiqlol yillarida o’zbek tilining qo’llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni
ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o’ziga xos
xususiyatlariga bag’ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o’quv qo’llanmalari,
yangi-yangi lug’atlar ko’plab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga
o’z hissasini qo’shmokda". O’zbek tilshunosligida lingvistik birliklarning struktur,
formal-funktsional xususiyatlari tadqiqi masalasi ham ona tilimizning yangi-yangi
qirralarini ko’rsatib berishga xizmat qiladi.
Leksema o’zining eng muhim vazifasi bo’lgan voqelikdagi, inson ongidagi
narsa-buyum, belgi, xususiyat va mohiyatlarni atashni semema orqali bajaradi.
Sememaning ongimizdagi tushunchalar bilan borliqdigi leksemaning atash, nomlash,
nominativ birlik sifatida vazifasini bajarishga imkon beradi. Semema ongimizda
mavjud bo’lgan turlicha tushunchalar bilan uzviy bog’lanadi. O’z vaqtida prof.
I.Qo’chqortoev to’g’ri ta’kidlaganidek, "leksik ma’no (semema) yaxlit butunlik emas,
balki tarkibli hodisa ekanligining kashf etilishi hozirgi davr tilshunosligining eng
yirik muvaffaqqiyatlaridan biridir". Bu muammoning to’g’ri hal qilinishi esa hozirgi
zamon O’zbek tilshunosligining semasiologiya, leksikografiya, onomasiologiya va
boshqa qator sohalari rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi. SHu jihatdan
tanlangan mavzu bugungi tilshunoslik nuqtai nazararidan dolzarblir.
Do'stlaringiz bilan baham: