Ma‘lumot – axborot hujjatlari


-modda. O’zbеkiston Rеspublikasining davlat tili o’zbеk tilidir. 2-modda


Download 32.45 Kb.
bet4/6
Sana09.02.2023
Hajmi32.45 Kb.
#1181566
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ddddddd

1-modda. O’zbеkiston Rеspublikasining davlat tili o’zbеk tilidir.
2-modda. O’zbеk tiliga davlat tili maqomining bеrilishi rеspublika hududida yashovchi millat va elatlarning o’z ona tilini qo’llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarga monе’lik qilmaydi.
12.O‘zbek adabiy tili va uning me’yorlari. Badiiy uslub.
Adabiy til – har qaysi xalq va millat ma’naviyatida ulkan ahamiyat kasb etadigan, uning ruhiy olamini moddiy shaklda yuzaga chiqarish va umumbashariy taraqqiyot uchun xizmat qildirish, el-yurtni birlashtirish, o’zlikni anglashda muhim vosita bo’ladigan buyuk ijtimoiy hodisa. Adabiy til umumxalq tilining sayqallangan, lekin, fonetik va grammatik juhatdan shu xalq shevalaridagi eng yaxshi xususiyatlarni o’zida mujassam etib, sayqallangan, hamma uchun tushunarli va ma’qul me’yorga solingan umummilliy muloqot vositasidir. Me’yor - jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutq jarayonida qo’llanish holati va imkoniyatidir.Til va nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo’yilgan. Badiiy uslub (tilning ta’sir qilish, targ’ibot, tashviqot vazifasi) - inson hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Bu uslub barchaga barobarligi,
o’quvchiga va tinglovchiga emotsional ta’sir etishi bilan boshqa uslublardan farq qilib turadi. Bu uslubda muallif tilning barcha leksik, grammatik vositalaridan foydalanishi, turli ifodaviy vositalarni qo’llashi mumkin. Boshqa uslublarning materiallaridan badiiy uslubda bemalol foydalanish mumkin. Shunga ko’ra, badiiy uslub keng imkoniyatga ega uslub turi hisoblanadi
13. Farmoyish hujjatlarga nimalar kiradi? Buyruq nima?
Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbarining buyruq, ko‘rsatma, farmoyishlari asosida yuzaga keladi. Farmoyish hujjatlarida vazirlik, idora, tashkilot faoliyatiga oid ma’muriy va tashkiliy masalalarning yechilishi belgilab beriladi. Bunday hujjatlar tashkilot faoliyatini boshqaradi va muvofiqlashtiradi, boshqaruv organiga uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishni ta’minlash imkonini beradi. Farmoyish hujjatlari boshqaruv tizimi bo‘yicha yuqoridan quyiga: boshqaruvchi organdan boshqariladigan organga, tashkilot rahbaridan tarkibiy tuzilmalar va xodimlarga yo‘llanadigan qarorlarni o‘z ichiga oladi. Buyruq — 1) yakka hokimlikka asoslangan huquqiy hujjat. Muayyan muassasa yoki boshqa tur tashkilot oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qoʻllaniladi. Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad, shartsharoitlar, sabablar koʻrsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruq havola qilinadi (nomi, raqami, sanasi yoziladi). Baʼzi buyruqni asoslashga hojat boʻlmasligi mumkin, bunday hollarda ular toʻgʻridantoʻgʻri farmoyish qismi bilan ham berilaveradi; 2) Qurolli Kuchlarda boshliqning oʻz qoʻl ostidagilarga yozma yoki ogʻzaki ravishda bergan farmoyishi; bu farmoyish boʻysunuvchilar uchun qonun hisoblanadi.
14.Hujjatlarning yozilish uslubi va ularning turlari. Majlis bayoni.

  • Hujjat – ish yuritishning asosi. O‘zbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri hujjatlarning tili va uslubi masalasidir. Hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda eng avvalo o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etish zarur. Hujjatlar mazmuniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi :


1. Sodda hujjatlar ( muayyan dir masalani o‘z ichiga oladi)
2. Murakkab hujjatlar ( ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi).

Download 32.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling