Ma’lumot-axborot hujjatlari: tilxat, tushuntirish xati va ishonchnoma. Reja


Download 106.77 Kb.
bet2/4
Sana21.04.2023
Hajmi106.77 Kb.
#1367877
1   2   3   4
Bog'liq
Ma’lumot-axborot hujjatlari tilxat, tushuntirish xati va ishonc-fayllar.org

Ichki, boshqacha aytganda, shaxsiy tushuntirish xatlari asosan xodim (ishchi, xizmatchi, shirkat xo‘jaligi a’zosi, talaba) tomonidan, ba’zan bo‘linmalar rahbarlari tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Bevosita xodim (muallif) tomonidan imzolanadigan bunday tushuntirish xati oddiy qog‘ozga yoziladi.SHaxsiy tushuntirish xatlari odatda mansabdor (rahbar) shaxsning talabi bilan yoziladi, chunki u keyinchalik xodim haqida muayyan qarorga kelishi, unga nisbatan tegishli intizomiy jazo chorasi qo‘llash yoki, dalillar asosli (uzrli) bo‘lsa, qo‘llamaslik uchun asos vazifasini o‘tashi mumkin.

Tashqi, xizmat yuzasidan korxona, muassasa va hokazolar nomidan yoziladigan tushuntirish xatlari xos ish qog‘ozda rasmiylashtiriladi va ularning to‘liq nomi ushbu qog‘ozda aks etadi.Ichki tushuntirish xatlarida esa rahbar yoki xodimning e’lon to‘liq nomi deyilganda, u ishlaydigan (o‘qiydigan ) bo‘linmaning nomi, shaxs lavozimi, ismi, ota ismiining bosh harflari va familiyasi nazarda tutiladi.


Zaruriy qismlari va yozilish shakli jihatidan tushuntirish xati arizadan deyarli farq qilmaydi, tarkibiy qismlarining joylashishi ham bir xil. Faqat shaxsiy tushuntirish xatining muallifi arizadagiday chiqish kelishigida emas, balki qaratqich kelishigida rasmiylashtirilgani ma’qulroqdir.

Ishonchnoma - muayyan muassa yoki ayrim shaxs nomidagi ish ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiriladigan yozma vakolatli hujjat. Ishonchnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra, mol-mulkni boshqarish, pul va moddiy buyum boyliklarni olish, sud hamda notarial idoralarda, shuningdek boshqa davlat va nodavlat idoralarda ish olib borishni ifodalaydi.


  • Ishonchnoma - muayyan muassa yoki ayrim shaxs nomidagi ish ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiriladigan yozma vakolatli hujjat. Ishonchnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra, mol-mulkni boshqarish, pul va moddiy buyum boyliklarni olish, sud hamda notarial idoralarda, shuningdek boshqa davlat va nodavlat idoralarda ish olib borishni ifodalaydi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolar kodeksining 134-moddasida ishonchnomaga quyidagicha ta’rif berilgan: «Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxs (ishonchli vakil)ga uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil o‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi».

  • Muayyan ish-xarakatni bajarishga vakolat berish kim tomonidan rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo‘linadi.

  • Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnomalar davlat muassasalari, kasaba uyushmasi, shirkat xo‘jaligi, jamoat tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganligini bildirish uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak

Download 106.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling