Ma`lumot axborot va xizmat yozishma hujjatlari
Download 411.1 Kb.
|
Sohaviy xizmat yozishmalari
Xizmat xatlarining matnini uch qismga bo‘lish mumkin. Birinchi (kirish) qismda xat bilan murojaat qilishga asos yoki sabab ko‘rsatiladi. Ikkinchi qismda xatda qo‘yilayotgan masalani hal qilish zarurligi asoslab beriladi. Uchinchi (xulosa) qismda xat yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bayon etiladi. Xizmat xatlarining matni imkon qadar qisqa bo‘lishi, shu bilan birga aniq va ravshan tushunilishi kerak. Ularning matnida ko‘chma ma’nodagi so‘z va iboralarni qo‘llamaslik tavsiya etiladi. Xizmat xatlarining asl nusxasi jo‘natilib, ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida saqlanadi.
Da’vo xatlari uch nusxada tayyorlanib, 1-nusxasi aybdorga, 2-nusxasi da’vogarga beriladi, 3-nusxasi esa sud idoralariga topshiriladi. Xizmat xatlarining turiga qarab ularni rasmiylashtirishda ba’zi farqlar bo‘ladi. Masalan, axborot va da’vo xatlariga ularning mazmunidan kelib chiqqan holda sarlavha qo‘yiladi. Ilova xat, iltimos xat, ba’zi kafolat xatlarining matnida adresatga uning ismi va otasining ismi bilan murojaat qilinadi. Murojaat “hurmatli”, “muhtaram” so‘zlaridan boshlanadi, “Siz” olmoshi bosh harf bilan yoziladi. Farmoyish xatlari bir necha rahbar, muassasa va bo‘linmalarga yo‘llanadi va ularning adresatlari odatda ko‘plik shaklida yoziladi.Xizmat xatlarida ularning mazmuniga ko‘ra turli jumlalar ishlatiladi.
Download 411.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling