Ma’lumot I. Oliy ta’lim muasssaslari Axborot-resurs markazlari faoliyati


Download 25.84 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi25.84 Kb.
#1613242
1   2   3
Bog'liq
2023 йил 21 апрелдаги 109 сонли саволнома 2023

25851 nomda, 291622 nus’hada tashkil qiladi.
Shundan:
Darslik - 1476 nomda, 47327 nusxa
O‘quv qo‘llanmalar – 3120 nomda, 67778 nusxa
Ilmiy adabiyotlar – 12827 nomda, 61875 nusxa
Badiiy adabiyotlar – 6977 nomda, 16034 nusxa
Boshqa turdagi adabiyotlar -1124 nomda, 93763 nusxa
Xorijiy adabiyotlar -327 nomda, 4845 nusxa
Brayl – 4 nomda
Darslik va o‘quv qo‘llanmalarning elektron nusxasi – 27785 nomda
Audio darsliklar — 423 nomda
Badiiy nashrlarning elektron nusxasi – 721 nomda
Badiiy nashrlarning audio to‘plamlari — 128 nomda


2.Axborot-resurs markazining zamonaviy axborot kutubxona tizimlari bilan (IRBIS, AKBT va boshqa dasturlar, shuningdek, RFID texnologiyalari) ta’minlanganligi, shuningdek, internet (Wi-Fi) tarmog‘iga ulanganligi va tezligi holati.
Axborot-resurs markazida ARMAT++ dasturiy ta’minoti asosida 45000 nomdagi adabiyotlarning elektron katalogi yaratilgan. Dasturda 200 nomdagi adabiyotlarning to‘liq matni joylashtirilgan. (hozirda ARMAT++ dasturida bir qator kamchiliklar mavjudligi sababli ishlatilishi to‘xtatilgan). Hozirgi kunda Axborot-resurs markazi uchun maxsus http://kutubxona.adu.uz elektron platformasi asosida avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tizimda kitobxonlarni Hemis dasturi orqali ro‘yxatga olish, kutubxonaga a’zolik va qarzdorlikni monitoring qilish, kitoblarning bibliografik yozuvlari va to‘liq matnini shakllantirish, kitobxonlarga masofaviy xizmat ko‘rsatish kabi vazifalar amalga oshiriladi. Platformaga jami 18723 nafar professor-o‘qituvchi va talabalar ro‘yxatga olingan bo‘lib o‘quv rejada fanlar kesimida belgilangan barcha asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlarning 14126 nomdagi elektron shakli joylashtirilgan. Bino to‘liq Wi-Fi maydoni bilan ta’minlangan, tezligi 100 mb sekundni tashkil qiladi.
3. Foydalanuvchilarga tezkor va sifatli axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish, talabalar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarining axborot-resurs markazidan foydalanish holati, kunlik tashriflar tahlili.
ARMdan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar, talabalar, ishchi xodimlar va axolining barcha qatlamlari foydalanib keladilar. ARM ga jami 22911 nafar foydalanuvchi a’zo bo‘lgan, shundan 693 nafari professor – o‘qituvchilar, doktorantlar 43 nafar, magistrlar 72 nafar, 21754 nafar talabalar va 349 nafar axolining barcha qatlamlaridan iborat.
ARMdan foydalanuvchilar monitoringi taxlil qilinganda quyidagi holat aniqlandi. O‘tgan xisobot yilida bir yilda ARM ga qatnov 857954 marotabani tashkil qildi., 1 kundagi qatnov elektron kutubxona va telegram bot orqali elektron axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish o‘rtacha 150000 dan ortiqni tashkil etmoqda.
4. Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni ta’minlaydigan elektron xizmat ko‘rsatish, xorijiy kutubxonalar resurslari va ilmiy- texnik ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, markazning yig‘ma elektron katalogi va elektron axborot-kutubxona fondini shakllantirish hamda yuritish holati.
Andijon davlat universitetining axborot-resurs markazi kitob fondiga professor-o‘qituvchi va talabalarni ingliz-tilini o‘rganish uchun qulay bo‘lgan zamonaviy adabiyotlarni Amerika qo‘shma shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi vakili tomonidan 216 nomda 471 nusxa 12.823 $ dollarlik har xil o‘quv adabiyotlar va boshqa turdagi adabiyotlar sovg‘a qilingan. ARM ning xorijiy axborot kutubxona resurslari va universitet ilmiy bo‘limi bilan hamkorlikda Springer Nature, Web of Science, jurnallari shuningdek Proquest, EBSCOhost, Academic Search Premier, Education Research Complete, MasterFile Premier, Science & Technology Collection kabi jami 12 ta xorijiy ilmiy ta’limiy to‘liq matnli ma’lumotlar bazalaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu bazalardan jami 5685 nomdagi elektron resurslar (monografiya, jurnal, dissertatsiya, avtoreferat, maqola va tezislar) yuklab olinib umumiy elektron bazasi shakllantirilgan.

Download 25.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling