Ma'lumotlar bazalari va jadvallarni sqlda yaratish


Talabalar nomli relyatsion ma’lumotlar bazasi jadvallari va maydonlari


Download 210.5 Kb.
bet7/8
Sana10.11.2023
Hajmi210.5 Kb.
#1762682
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ma\'lumotlar bazasida jadvallarni tashkil etish

Talabalar nomli relyatsion ma’lumotlar bazasi jadvallari va maydonlari.

Jadval 3



Talab identifikatori nomli jadval maydonlari

Talab haqida ma‘lumot nomli jadval maydonlari

Talabgorlar nomli jadval maydonlari

Tovarlar nomli jadval maydonlari

Soliqlar nomli jadval maydonlari

Talab nomeri

Talab nomeri

Talabgor nomeri

Tovar nomeri

Mamlakat

Talab sanasi

Tovar nomeri

To‘liq nomi

Tovar haqida ma‘lumot

Soliq stavkasi

Etkazish narxi

Soni

Manzil

Bahosi




SHahar





Mamlakat





Indeks



Masalani bunday holda qo‘yganda va bir-biri bilan bog‘liq jadvallar bilan ishlaganda quyidagi afzalliklarga ega bo‘lamiz:

  1. Talabgorlar va adreslarni har bir mijoz talabida emas, balki faqat bir joyda –

―Talabgorlar‖ jadvalidangina kiritish kifoya bo‘ladi (ya‘ni Talabgorlar jadvalidagi nomlar va manzillar Talab identifikatori jadvali bilan bog‘langan bo‘ladi).

  1. Talablarda istalgan sondagi tovarlar miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin, chunki tovarlar turi bo‘yicha ma‘lumotlar Talablar haqida ma‘lumotlar nomli jadvalda alohida saqlanadi.

  2. Soliq stavkalari haqidagi va tovar narxi haqidagi ma‘lumotlarni alohida jadvallardan olish mumkin, shuning uchun ularni qayta - qayta kiritishga hojat bo‘lmaydi.

  3. Talablar, mijozlar, tovarlar haqidagi va boshqa turdagi ma‘lumotlar alohida jadvallarda saqlangani uchun ular bilan bog‘liq shakl va hisobotlarni hosil qilish soddalashadi.

Boshqa jadvallardagi yozuvlar bilan bog‘liq bo‘lgan jadvalning ma‘lumotlarini aks ettirish uchun bu jadvallarni biri – biri bilan bog‘lash kerak bo‘ladi. Jadvallar orasida o‘zaro aloqa bo‘lishi uchun ular bir xil nomlangan umumiy maydonlarga ega bo‘lishlari lozim.
Masalan, ―Master baz dannix‖ yordamida yuqorida tashkil qilingan Kontakti ma‘lumotlar bazasida Kontakti va Zvoni jadvallari bir xil nomdagi ―Kod kontakta‖ maydoni har bir kontakt uchun unikal yozuv identifikatori vazifasini o‘taydi. Zvonki jadvalida esa Kod kontakta maydoni aloqa maydoni vazifasini o‘taydi va uning kattaligi qo‘ng‘iroq haqidagi har bir ma‘lumot konkret odamga tegishliligini bildiradi. Ushbu aloqalarni ko‘rish uchun ACCESS asosiy oynasidagi ―Sxema dannix‖ (Relatioships) tugmachasini bosish kerak bo‘ladi. Kod kontakta aloqa maydonidan foydalangan holda ACCESS Kontakti jadvaliga murojat qiladi va undan
Zvonki jadvaliga yozish uchun kerak bo‘lgan insonning nomini topadi.
Demak, ma‘lumotlar bazasini loyihalash bosqichida birgalikda ishlatiladigan barcha jadvallarning umumiy maydonlarga ega ekanligini ta‘minlab berish kerak bo‘ladi. Bu yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, ularni bir – biriga bog‘lab turish uchun xizmat qiladi.
Jadvallar orasida quyidagi turdagi aloqalar mavjud bo‘lishi mumkin:
Birga – bir turidagi aloqa – bunda o‘zaro aloqada bo‘lgan ikkala jadvalning bog‘lab turuvchi maydonlarida bittadan qiymat bo‘ladi. Masalan, agarda Talablar va Talabgor jadvallari Talabgor kodi maydoni orqali bog‘langan bo‘lsa, ularning orasida birga-bir turidagi aloqa o‘rnatilgan bo‘ladi, ya‘ni har bir talabga faqat bittagina talabgor bo‘ladi.
Birga – bir qancha turidagi aloqa – bunda jadvallar orasidagi bog‘lab turuvchi maydonda bir tomonda bitta yozuv, ikkinchi tomonda esa xuddi shu maydonda bir nechta yozuv bo‘lishi mumkin. Masalan, Aloqalar va qo‘ng‘iroqlar deb nomlangan ikki jadval orasidagi aloqa bunga misol bo‘lishi mumkin. CHunki Aloqalar jadvalidagi har bir insonga bir necha marta qo‘ng‘iroqlar bo‘lishi mumkin – inson nomi aloqalar jadvalida bir marta yozilgan bo‘lsa ham, unga bir necha marta qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin va qo‘ng‘iroqlar jadvalida aks etib turadi.
Ko‘pdan – ko‘pga turidagi aloqa – bu xildagi aloqa biror bir maydondagi yozuvlar ikkala jadvalda ham bir necha martalab uchragan holatlarda amalga oshadi.
Masalan, Mashg‘ulotlar va Klub a‘zolari jadvallari Talaba kodi maydoni orqali bog‘langan bo‘lsa, xuddi shu xildagi aloqa hosil bo‘ladi, chunki, talaba bir qancha klublarga a‘zo bo‘lishi mumkin.
SHunday qilib ACCESS ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida jadvallararo aloqa bir faktor bilan aloqa o‘rnatilgan maydonlar kalit maydonlarmi yoki yo‘qligi bilan aniqlanadi. Agarda jadval kalit maydonga ega bo‘lsa (yoki bir necha maydonlar kalit maydon bo‘lsa), ular jadvalning har bir yozuvini aniqlash uchun unikal ko‘rsatgich sifatida xizmat qiladilar. Agar kalit maydonlar bir nechta bo‘lsa, ularning kombinatsiyasi jadvalning har bir yozuvini aniqlab beradi. SHuning uchun ham ACCESS jadvalning har bir maydonida qancha yozuvlar bo‘lishini aniqlay oladi. Masalan, agarda ACCESS Talabgor kodi kalit maydon bo‘lgan Talabgor jadvaliga murojaat qilsa, unda Talabgor kodi maydonida bittagina yozuv bo‘lishini biladi.
Istalgan ikki jadvalda qanday turdagi aloqa mavjudligini bilish uchun Izmenenie svyazey (Edit Relationships) oynasidan foydalanish mumkin. Bu oynani ko‘rish uchun yuqoridagi rasmga ikki jadvalni birlashtiruvchi chiziqcha ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltiring va uning o‘ng tugmasini bosing. Unda ekranda quyidagi tasvir hosil bo‘ladi:
Oyna pastidagi Tip otnosheniya qarshisida jadvallararo aloqa turi ko‘rsatilgan. Agarda bu aloqa turini boshqasiga o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, bu erdan kerakli ko‘rsatgichlarni tanlab olishingiz mumkin.
ACCESS ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimining Microsoft Office boshqa dasturlari bilan ishlash imkoniyatlari hamda Web bilan muloqot imkoniyatlari mavjud bo‘lib, ular xilma xil masalalarni hal qilish uchun ishlatilishi mumkin. Masalan, ―Svyazi s Office‖ (W belgili) tugmachasini bosish orqali matn muharriri hujjatlari bilan ma‘lumot bazasini birlashtirish yoki jadval protsessori orqali baza ma‘lumotlarini tahlil qilish mumkin. Excel jadval hisoblagichini ma‘lumotlar bazasi bilan ulab qo‘yish ham bir qancha foydali ishlarni amalga oshirishga yordam beradi. Agarda MS Graph dasturi orqali diagrammalar hosil qilinsa, ularni ham shaklda yoki hisobotda aks ettirish mumkin. Ma‘lumotlar bazasidagi axborotni Microsoft
Exchange orqali elektron pochtadan jo‘natish ham mumkin.

  • Web deb nomlangan uskunalar paneli ham (uni ―vid‖ – Paneli instrumentov orqali ekranda o‘rnatish mumkin) bir qancha ishlarni amalga oshirishga imkon beradi;

  • Internet bilan aloqa amalga oshirilgan paytda biror bir Web sahifaga o‘tishga, ma‘lumotlar qidirishga va ularning ichidan keraklilarini Izbrannie (Favorites) papkasiga qo‘shib qo‘yishga imkon beradi;

  • Jadvaldagi maydonlarni gipermatnli qilish imkoniyatini amalga oshirish, ma‘lumotlar bazasi yozuvlarida Web xujjatlarga, Office boshqa xujjatlariga yoki

  • ACCESS ob‘ektlariga bevosita o‘tish imkonini yaratadi;

  • Dobavlenie giperssilki (Insert Hyperlinks) tugmachasi orqali hisobot va shakl konstruktorlari oynalariga Web xujjatlarga giperilovalar qo‘yishingiz mumkin. Ularni ma‘lumot bazalari xujjatlari va ob‘ektlariga ham bemalol qo‘yish mumkin;

  • Ma‘lumot bazalari HTML – fayllar bilan aloqa qilishi yoki ularni import qilish mumkin;

  • Ma‘lumot bazasining har qanday ob‘ekti HTML – hujjat ko‘rinishida ham saqlanishi mumkin;

HTML – shaklidagi ma‘lumotlarni ko‘rish sahifalari ACCESS yoki Internet brauzeri yordamida ma‘lumotlarni ko‘rish imkonini yaratadi. Internetning boshqa foydalanuvchilari sizning ma‘lumot bazangizni ko‘rish imkoniyati HTML – fayllar shaklida saqlanadigan ma‘lumotlarni ko‘rish sahifalari orqali amalga oshiriladi.

  • Xozirgi paytda Axborot bazalarini boshqaruv tizimlari (ABBT) turkumiga oid amaliy dasturiy vositalarining quyidagi asosiy turlari mavjud:




Download 210.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling