- Bu ma’lumotlar bazasini eng tez yaratish usuli hisoblanadi. Agar talab qilinayotgan ko‘rinishdagi ma’lumotlar bazasiga mos keluvchi shablonni topish va undan foydalanish imkoni bo‘lsa, bu usul qolganlariga nisbatan juda yaxshi samara beradi.
- Uskunalar panelidan Создать tugmasini bosing;
- Создание файла topshiriqlar maydonining Шаблоны ro‘yhatidan mos shablonni toping, yoki barcha shablonlar ro‘yhatini ko‘rish uchun Домашняя страница шаблонов bo‘limini tanlang ;
- Talab qilinayotgan shablonni tanlang;
- Загрузить tugmasini bosing.
Ma`lumotlar bazasini ochish - Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, foydalanish, hamda ularda saqlanayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasini Access dasturiga yuklash ya’ni ularni ochish kerak.
- - Файл menyusini bosing; - Paydo bo‘lgan menyu bo‘limlaridan Открыть amalini tanlang;
- Yoki:
- - Uskunalar panelidan Открыть tugmasini bosing; - Paydo bo‘lgan muloqot oynasidan talab qilinayotgan ma’lumotlar bazasini tanlang; - Открыть tugmasini bosing;
- Xuddi shu tariqa ma’lumotlar bazasini klaviaturadan Ctrl+O tugmalar birikmasidan foydalanib ham ochish mumkin; Bundan tashqari ma’lumotlar bazalarini Windows operatsion tizimining Проводник dasturi yordamida ham ochish mumkin. Buning uchun:
- - Проводник dasturini ishga tushiring; - Ma’lumotlar bazasi joylashgan papkani oching; - Ma’lumotlar bazasi fayliga sichqoncha chap tugmasi bilan ikki marta bosing;
- Shunda so‘ng Access dasturi avtomatik tarzda ishga tushiriladi va tanlangan ma’lumotlar bazasi yuklanadi.
- Access dasturida yaratilgan yoki ochilgan ma’lumotlar bazasini yopishning bir nechta usullari mavjuddir. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni tamomlaganingizdan so‘ng uni yopish uchun quyidagi amallarni bajaring:
- - Файл menyusini oching va Закрыть amalini tanlang;
- Ma’lumotlar bazasini Alt+F4 tugmalar birikmasi yordamida ham yopish mumkin. Bundan tashqari ma’lumotlar bazasini tezkor yopish uchun ma’lumotlar bazasi oynasining yuqori o‘ng burchagida joylashgan x yopish tugmasidan ham foydalanish mumkin.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |