Ma’lumotlar bazasi” fanidan mustaqil ish mavzu: Bilimlarni tasvirlash modellari: mantiqiy


Download 66.66 Kb.
bet1/4
Sana09.01.2022
Hajmi66.66 Kb.
#260165
  1   2   3   4
Bog'liq
Ma’lumotlar bazasi” fanidan mustaqil ish mavzu Bilimlarni tasvi


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Axborot texnologiyalari kafedrasi

Ma’lumotlar bazasi” fanidan



MUSTAQIL ISH

Mavzu: Bilimlarni tasvirlash modellari: mantiqiy

Bajardi: 217-17 guruh talabasi

Qalandarov Abbos

Qabul qildi: Abdug’oipova M.

Toshkent 2020

MAVZU: Bilimlar tasvirlash tizimlari: freymli

Reja:

  1. Bilimlarni tasvirlash modellari turlari.

  2. Mantiqiy model haqida tushuncha.

  3. Mantiqiy modelni tadbiq etish.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Bilim – predmet sohani tavsiflovchi bilimlar bazasida saqlanuvchi axborot ko‘rinishi hisoblanib, ob‘yektni to‘la tavsiflashni ta‘minlash shartlarini qanoatlantirishi lozim. Bilim uchun hos hususiyatlar ichki interpretasiyalanish, o‘z tuzilmasiga egaligi, bog‘liqligi, faolligi kabilar hisoblanadi.

Biror intellektual tizimda bilim olishni tashkil etish uchun, ularni EHM da aks ettirish lozim bo‘ladi. Buning uchun u qandaydir ko‘rinishga ega tizimlashtirilgan axborot shakliga keltiriladi. EHM da aks ettirilgan axborot prosedurali va deklarativ bo‘ladi. Prosedurali axborot dastur ko‘rinishida bo‘lib, masalani echish jarayonida amalga oshiriladi.

Deklarativ axborot dastur qayta ishlovchi ma‘lumotlarda aks ettiriladi. Bilimlarni aks ettirishning mantiqiy, tarmoqli, produksionli, freymli modellari ishlatiladi. Bilimlarni hosil qilish ikki funksiya orqali amalga oshiriladi: axborotni tashqi muhitdan olish; olingan axborotni tizimlashtirish.

Bilimlarni hosil qilishda turli ko‘rinishlar va olinayotgan axborotlarning ham har xil ko‘rinishlari mavjud. Shunga qarab bilimlarni hosil qilish tizimlari (BHKT) o‘qitish, o‘zini o‘qituvchi yoki maxsus funksiyaga moslashtirilgan ko‘rinishda bo‘ladi. Axborotni quyidagi ko‘rinishlarda olish mumkin: axborotlarni mantiqiy hulosalashlarsiz olish; bilim ko‘rinishiga keltirilgan axborotni olish; misollar yordamida o‘qish; metadarajada bilim olish. Ixtiyoriy ko‘rinishdagi axborot qabul qilishda bilim olish jarayoni yuz beradi. Mantiqiy xulosalashlarsiz bilim olish mexanik yodlash hisoblanadi. Bilim ko‘rinishida ifodalangan axborotlarni xulosalashlar uchun qo‘llash mumkin. SHu qatorda axborotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri eslab qolish ham ishlatilishi mumkin bo‘lib, ular navbatdagi xulosalashlar, boshqa bilimlarni va faktografik ma‘lumotlarni hosil qilishda ishlatiladi.




Download 66.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling