Ma’lumotlar bazasi
Download 81.27 Kb.
|
IAKT Amaliy mashg'ulot-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-topshiriq.
- 3-topshiriq.
- 4- topshiriq. Malumotlar bazasi
- Fayl nomi STUDENT Maydon
- To‘liq nomlanish (rekvizit) Tip Uzun- ligi
- Maydon
- yozuvlarning nusxasi
- Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi
4-amaliy mashg’ulot Ma’lumotlar bazasi Ma’lumotlar banki MB modellari saqlash uzatish yangilash to’plash oddiylik Unumdor-lik tayyorlik relyatsion tarmoqli iyerarxik MBBT migratsiya Bajarish-lilik yaxlitlik Minimal takrorlanishlik xavfsizlik tavsifi ishlashi Interpreta-tor Kompilya-tor 1-topshiriq.< Ma’lumotlar bazasi > mavzusida keng qamrovli Klaster yaratish. 2-topshiriq. 1. Bu holatda quyidagi muammolar uchrashi mumkin. Avvalo Ma’lumotlar banki (MB) yaratilmagan yoki qisman tashkil etilgan bo’lishi mumkin, ya’ni MB mavjud bo’lmasligi mumkin.Bunda AT ma’lumotlarni izlash, saqlash, to’plash, uzatish kabi bir qator xususiyatlardan mahrum boladi yoki qisman tashkil etilganda shu xususiyatlardan ayrimlari mavjud bo’lmaydi. Bunda esa ma’lumotlarni qayta ishlash qiyinlashadi. MBBT tashkil qilinmagan bo’lishi mumkin. Bunda kiritilgan buyruqlar to’g’ri yoki belgilangan ketma-ketlikda bajarilmaydi.Buyruqlar ustidan nazorat yo’lga qo’yilmaydi. Natijada MB kerakli vazifalarni bajarmaydi, ishlash sekinlashadi, ish samaradorligi kamayadi. Yoki ma’lumotlar xotirda to’liq saqlanmaydi, kiritilgan ma’lumotlar vaqt o’tishi bilan yo’qolib qolishu mumkin. MBBT ni tashkil etganda kamchiliklarga yo’l qo’yish mumkin. Bunda bir nechta holatlar vujudga keladi: ma’lumki MB da ma’lumotlarni izlash so’rovlar yordamida amalga oshiriladi, yo’lga qo’yilgan kamchilik sababli AT ning so’rovlarga javob berishi sekinlashadi, ya’ni, xozirjavoblik funksiyasi bajarilmaydi; ma’lumotlarning ko’p takrorlanishi – bu ham izlashni sekinlashtiradi; yana bir holat bu ma’lumotlar xavfsizligi ta’minlanmagan bo’lishi mumkin, bunda oshkor bo’lmasligi zarur bo’lgan ma’lumotlar yoki mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari ularning ruxsatisiz tarqalib ketishi mumkin. Maslahat: dasturchi so’ralgan dasturni yaratayotganda avvalo e’tiborli bo’lishi kerak,yuqorida keltirilgan bir qator kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik kerak, so’ngra kerakli bilim-ko’nikmaga ega bo’lishi, buyurtma qilingan dastur qanday bo’lishi kerakligini to’liq anglashi juda muhim. Dasturni yaratayotganda ketma-ketlikka amal qilishni ham tavsiya etaman, ana shunda turli xil chalkashliklarga duch kelmaydi. 3-topshiriq. Oracle Oracle (Ma'lumotlar Bazasini Boshqarish Tizimi) -katta hajmdagi ma'lumotlarni boshqarish, ulardan kerakli ma'lumotlarni so'rov orqali istalgan ko'rinishda chiqarib olish, ma'lumotlarning zahira nusxalarini olish, katta xajmdagi ma'lumotlarni siqish, qulay interfeysda baza ustidan nazorat o'rnatish, ma'lumotlar asosida hisobotlar hosil qilish va bulardan boshqa ma'lumotlar ustida juda katta ko'lamdagi ishlarni amalga oshiradigan dasturiy kompleksdir. Bu dastur asosan katta xajmdagi ma'lumotlar bilin ishlaganligi uchun , asosan yirik korxonalarda ishlatiladi. Ma'lumotlar bazasi fayllarida ma'lumotlar saqlanadi, ma'lumotlar bazasiga tegishli bo'lmagan fayllarda har xil protokollar, sozlashlar kabi qo'shimcha ma'lumotlar saqlanadi. Bu ma'lumotlar bilan Oracle administratorlari ruxsat bergan foydalanuvchilargina ishlay oladi. Oracle SQL kodlari orqali buyruqlarni qabul qiladi. Bu so'rov tili ma'lumotlar bazasini yuklash, uni to'xtatish, montirovka qilish, jadvallar yaratish, o'chirish, o'zgartirish, ma'lumotlar ichidan kerakligini chiqarib olish va boshqa vazifalar uchun ishlatiladi. Ma'lumotlarni boshqarishda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Oracle dasturi yaratuvchilari Oracle Enterprise Manager deb nomlangan web sahifa yaratishgan bo'lib, bu sahifa orqali butun Oracle ni boshqarish mumkin bo'ladi. SQL kodlarini bilmaydigan foydalanuvchilar ham bu web sahifa orqali barcha 53 vazifalarni bajarishi mumkin, faqatgina kerakli "сылка" larni bosish kifoya. 4-topshiriq. Ma'lumotlar bazasi -–bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma'lumotlar majmuasi bo’lib u ko’rilayotgan ob'yektlarni xususiyatini, holatini va ob'yektlar ortasidagi munosabatni ma'lum sohada tavsiflaydi. Ma'lumotlar bazasi turlari: 1.Daraxtsimon (iyerarxik) yoki pog’onali modellar. 2Tarmoqli (turli) modellar. 3.Relyatsion modellar. 4.Obektga yo’naltirilgan relyatsion. Fayl (jadval) -bu bir xil tuzilmaga ega bo‘lgan yozuvning nusxalar to‘plamidir. U o‘zicha har bir maydonda qiymatga ega. Misol . STUDENT faylidagi (jadvalidagi) yozuvlarning mantiqiy strukturasini tavsiflashga doir misolda ko‘rsatilgan. STUDENT faylidagi yozuvning tuzilishi chiziqli bo‘lib, u o‘zgarmas uzunlikdagi yozuvlardan iborat. Yozuv maydonlari takrorlanuvchi qiymatlar guruhiga ega emas. Maydon qiymatiga murojaat uning nomeri bo‘yicha amalga oshiriladi.
Maydon-bu ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishni elementar birligi bo‘lib, u axborotni eng kichik va bo‘linmas birligi bo‘lgan rekvizitga mos keladi. Yozuv –bu mantiqiy bog‘langan maydonlar to‘plami. YOzuv tuzilishi uchun uning tarkibiga kiruvchi maydolar tarkibi va joylashishi ketma-ketligi bilan aniqlanib, ularni har biri ichida elementar yozuvlarning nusxasi deb ataladi. Yozuv ob’ektning biror bir elementi haqida to‘liq ma’lumotni ifodalaydi. Keltirilgan faylning yozuvlarini aynan bir maydon bo'yicha tartiblansa, shu maydon aosiy maydon bo'ladi. Masalan, Student nomli fayl talabalarning ism-sharifi bo'yicha tartiblansa, shu maydon ism-sharif maydoni asosiy bo'ladi. MBBT da chiziqli va zanjirli ro‘yxat, tartiblashmagan va tartiblashgan qidirish usullaridan foydalaniladi. Chiziqli ro‘yxat-MB ni fizik tashkil qilishning eng oddiy usuli hisoblanadi. Bunda MBning fayllari bog‘lanmagan holda bo‘ladi va tegishli yozuvlarni qidirish ma’lum bir algoritmlar asosida amalga oshiriladi. Chiziqli usul orqali xotirada samarali foydalanish mumkin, lekin ma’lumotlarni qidirish uchun boshqa usullarga qaraganda ko‘p vaqt sarf qiladi. Zanjirli ro‘yxat usulida hosil qilingan faylda har bir yozuv boshqa yozuv bilan bog‘langan bo‘ladi. Bunda aloqa vositasi sifatida ko‘rsatkichlar ro‘yxatidan foydalaniladi. Ko‘rsatkichlar ro‘yxati yozuvning qo‘shimcha maydonlarida ko‘rsatiladi va ular orqali kerakli ma’lumotlarni olish tartibi o‘rnatiladi. Iyerarxik -bunda ma'lumot yozuvlari grafning uchlarini ifodalaydi va har bir yozuv oldingi pog`ona uchlariga bog`langan bo`ladi. Bunday tuzilishidagi MBdan tеgishli axborotlar hamma vaqt bitta yo`nalish bo`yicha qidiriladi va uning joylashgan o`rni to`liq ko`rsatiladi. Masalan, «Talaba» to`g`risidagi ma'lumotlarni olish uchun «Fakultеt», «Kurs», «Guruh» yozuvlari ko`rsatilishi lozim. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi – bu ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni topish ishlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmui va til vositasidir. Download 81.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling