Malumotlar Bazasi
So`rovda ma`lumotlarni saralash
Download 467 Kb.
|
Malumotlar Bazasi. mustaqil ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zlashtirish va taqqoslash operatorlari
- Statistik funksiyalar
- So`rov natijalarini aks ettirish
- Parametrik so`rovlar
- So`rovni o`zgartirish
- So`rovlarni taxrirlash
So`rovda ma`lumotlarni saralash
So`rovlar bajarilishi davomida qatnashadigan yozuvlar Recordset dinamik ma`lumotlar to`plamida alfavit bo`yicha o`skuchi yoki kamayuvchi tartibida saralanishi mumkin. Bir paytning o`zida bir nechta maydon (10 tagacha) tashkil etuvchilari ustida saralash ishlarini bajarish mumkin. Saralashni bajarish uchun so`rov blankining maydon nomiga ega va saralash bajarilishi zarur bo`lgan ustuniga o`tiladi, Sortirovka satrida saralash usullari ko`rsatiladi. Bu qatorda sichqon bosilganda saralash usullari ko`rsatilgan ro`yxat maydoni paydo bo`ladi. Otsutstvuyet qiymati mazkur maydon bo`yicha saralashni bekor qilishni bildiradi. So`rovda maydonlarni aks ettirishni bekor qilish Zarurat tugilganda yozuvlarning natijaviy to`plamida maydonlarni aks ettirishni bekor qilish mumkin (xatto saralash bajarilayotganlar uchun xam). So`rov blankining mos ustunidagi Vivod na ekran qatoridagi indikator ochilganda (yoqilganda) maydonlar so`rov natijalari jadvalida aks ettiriladi. Aks ettirishni bekor qilish uchun indikatorni bosish (o`chirish etarli). So`rovlarda hisoblash Access da ifodalar Xar bir ifoda bitta yoki bir nechta operatorlardan va bitta yoki bir nechta o`zgarmaslar, identifikatorlar yoki funksiyalardan tashkil topishi mumkin. Operator xoshlagancha murakkab bo`lishi mumkin. O`zgarmaslar o`zgarmas qiymatlarni ifodalaydi. Ular asosan qiymatlarni oldindan aniqlashda va jadval maydonlarining qiymatlarini taqqoslash uchun ishlatiladi. O`zgarmasning qiymati foydalanuvchi tomonidan ifodalarni kiritishda aniqlanadi. (masalan 09, ishlab chiqaruvchi firma mamlakati Shvetsiya). Identifikatorlar Access dagi obyektlarning nomlari (masalan jadval maydonlari yoki so`rovlar). Identifikatorlar ifodalarni hisoblashda ularning joriy qiymatlari bilan almashinadi. (bu amalni aniqlashda odatda qiymat qaytariladi degan termin ishlatiladi). Masalan, maydon nomining identifikatori ifodaga belgilangan joriy yozuvdagi `ouse`old Inventory maydonning qiymatini qaytaradi. Ilovalar (VBA) uchun Visual Basic dasturlarida ishlatiladigan nomlangan o`zgarmaslar va o`zgaruvchilar xam identifikatorlar hisoblanadi. Identifikator vazifasini bajaruvchi bir nechta nomlangan ichki o`zgarmaslar mavjud: True, False, Yes, No va Null. Agar maydon yoki jadval nomlarida probellar uchrasa, ularning identifikatorlari ifodalarda kvadrat qavslarga olib yozilishi shart. Ifodalarni kiritishni osonlashtirish maqsadida jadval, jadval maydonlari nomlarida Access obyektlari nomlarida probellarni ishlatmaslik tavsiya etiladi. Funksiyalar ifodalarda funksiya nomlari o`rnida qiymatlarni qaytaradi. Identifikatorlardan farqli ravishda ko`pchilik funksiyalar qavs ichiga identifikatorlar yoki qism ifodalarning qiymatlaridan iborat argumentlarni yozishni talab qiladi. Masalan, joriy sanani qaytaruvchi Date () funksiyasi argumentlari ro`yxati bo`sh bo`ladi. Operatorlar -oddiy arifmetik amal belgilari va boshqa belgilar yoki abbreviaturalardir. Ularning ko`pchiligi Basic turidagi tradision dasturlash tillarining operatorlariga ekvivalent. Ba`zilari esa Access yoki SQL uchungina xosdir, masalan Betweyen yoki Like. Amallarda qatnashadigan o`zgarmaslar, identifikatorlar va Funksiyalar operandlar deyiladi. Accessda ifodalar xosil qilish uchun olti kategoriya operatorlar mavjud: arifmetik, o`zlashtirish operatori, mantiqiy operatorlar, konkatenatsiya, Funksiya va na`muna bilan taqqoslash operatorlari. Arifmetik operatorlar Arifmetik operatorlar, ularning nomidan xam ma`lumki, qo`shish, ayirish, ko`paytirish va bo`lish amallarini bajaradi. Arifmetik operatorlar faqat sonli kattaliklar ustida ish bajaradi va unar minusdan tashqari shollarda ikkita operandga ega bo`ladi.
O`zlashtirish va taqqoslash operatorlari Odatda oboyektlarga, o`zgaruvchilarga yoki o`zgarmaslarga qiymat o`zlashtirish uchun tenglik belgisi (=) ishlatiladi. Masalan, =Now() ifoda jadval maydoniga oldindan aniqlangan qiymatni o`zlashtiradi va bu holda tenglik belgisi o`zlashtirish operatori sifatida ishlatiladi. Ikkinchi tomondan = belgisi operandlarning tengligini aniqlovchi taqqoslash operatori hisoblanadi. Taqqoslash operatori ikkita operandni solishtiradi va taqqoslash natijasiga mos ravishda mantiqiy qiymatlarni qaytaradi (True-Rost yoki False-Yolon). Taqqoslash operatorlarining asosiy vazifasi qiymatlarga shart qo`yish, so`rovlarda yozuvlarni tanlash mezonlarini o`rnatish, makroslarning ishlashini aniqlash va VBA da dasturlarning bajarilishini kuzatish kabilardan iborat.
Agar operandlardan biri Null (bo`sh qiymat) qiymatga ega bo`lsa, u holda ixtiyoriy taqqoslash Null (bo`sh qiymat) qiymat qaytaradi. Mantiqiy operator Mantiqiy operatorlar ikkita va undan ko`p taqqoslash ifodalarini bir butun qilib birlashtirish uchun ishlatiladi: And konoyunksiya (mantiqiy I-YOKI); Or dizoyunksiya (mantiqiy ILI-VA); Not mantiqiy inkor; Xog ILI-VA ni rad etuvchi; Eqv mantiqiy ekvivalentnlik; Imp mantiqiy implikatsiya. Ular faqat True, False yoki Null mantiqiy qiymatlarini qaytaruvchi ifodalardan tashkil topishi mumkin. Aks holda bitlar bo`yicha taqqoslash bajariladi. Mantiqiy operatorlar, unar minusga ekvivalent bo`lgan Not- mantiqiy inkor operatoridan tashqari, `ar doim ikki operand ustida bajariladi. Satriy qaymatlarni birlashtirish operatori SQL ning konkatenatsiya operatori bo`lmish ampersant (&) belgisi plyus (qo`shish) (+) belgisiga nisbatan ancha maqulroq hisoblanadi. Aslida ularning `ar ikkalasi xam bir xil natijaga olib keladi, yaoni ikkita matn kattaliklarni yagona belgilar qatori sifatida birlashtiradi. Qo`shish (+) belgisining ishlatilishi dudmol (ikki maonoli) bo`ladi, uning asosiy vazifasi ikkita sonli operandlarni qo`shishdan iboratdir. Misol: "Visual " & "Basic" qo`shish "Visual Basic" natijani beradi. Birinchi so`zdagi qo`shimcha probelga eotibor bering, usiz natija quyidagi ko`rinishda bo`lar edi: "VisualBasic". Na`muna bilan taqqoslash operatorlari Na`muna bilan taqqoslash operatorlari so`rovlarda yozuvlarni tanlash uchun ifodalar yozishni soddalashtiradi. Bu operator operatorning spesifikasiyasi tanlangan maydondagi qiymatlarga mos ravishda True yoki False natijalarni qaytaradi. Qiymatlarning shartlarida bu operatorlarning kelishi qaytarilayotgan mantiqiy ifodaning qiymati True bo`lsa yozuvni so`rovga kiritadi, agar False bo`lsa bekor qiladi.
"*" belgisi ixtiyoriy sonli belgilarni bildiradi, "?" shablon belgisi esa faqat bitta belgini bildiradi. Shuning uchun xam Like "Iv*" operatori "Ivanov", "Ivao`yenko", "Ivolgin" qiymatlari uchun rost qiymatini beradi. "dbl" yoki "dbl00" qiymatlar uchun Like "db??" operatori False natija beradi, ammo shu operator "dbl0" va "dbXX" lar uchun True natija beradi. "*" va "?" shablon belgilari shablon qatorning ixtiyoriy joyida turishi mumkin, masalan: Like "*ms* . ?*" tanasida "ms" qism qator mavjid bo`lgan, undan so`ng (to`g`ridan to`g`ri yoki bir nechta belgidan so`ng) birinchisi nuqta (.) va kamida ikkita belgi qatnashadigan qiymatlar uchun True natijani qaytaradi; Like "?1???*" besh belgidan kam bo`lmagan va ikkinchi belgisi "1" bo`lgan qiymatlar uchun True natija qaytaradi. O`zgarmaslar Accessda o`zgarmaslar mavjud: sonli, satriy va sana va vaqt o`zgarmaslari. Sonli o`zgarmaslar deb raqamlar, zarurat bo`lganda sonning ishora belgilari (+) va (-), o`nli nuqta belgisi (.), sonlarning eksponensional ko`rinishdagi yozuvida tartib belgisi (YE) yoki (ye) lardan iborat ketma ketliklarga aytiladi. Musbat sonlar uchun (+) belgisini yozish shart emas. Sonli o`zgarmaslarga misollar: 12345; -12.345; -6.76YE-23. Satriy yoki matn o`zgarmaslar deb Chr$ (), Funksiyasi qaytaradigan ixtiyoriy belgilar va ularning kombinatsiyalariga aytiladi. Chr$ () Funksiyasi belgilarni Windows ishlatadigan ANSI kodlar jadvali kodirovkasida qaytaradi. Chop qilinadigan belgilardan tashqari (xarflar, raqamlar, punktuatsiya belgilari va klaviaturaning maxsus belgilari, masalan "@", "~" va boshqalar ) bu Funksiyaning natijasi boshqarish belgilari xam bo`lishi mumkin, masalan Quyidagi ifoda murakkab satr o`zgarmasga misol bo`lishi mumkin: Chr$(9) & "Otstup" & Chr${10)& Chr$(13)& "Yangi qator" Bu yerda Chr$ (9) Sana/Vaqt o`zgarmaslari Accessda # belgisi bilan ajratiladi. Barcha boshqa o`zgarmaslar bilan bo`lgan qatori, agar dastur so`rovlar blankiga sana va vaqtning Access standart formatida kiritilishini ajrata olsa, u holda bu belgilar avtomatik ravishda qo`shiladi. Sana va vaqt o`zgarmasiga misollar: #26/04/75#, #22-Маг-74#, #10:35:30#. Funksiyalar Funksiyalar identifikatorlar kabi chaqirish nuqtasiga qiymatlarni qaytarish uchun ishlatiladi. Qaytariladigan funksiyaning qiymati uning turi bo`yicha aniqlanadi, masalan, NOW() funksiya kompyuter soatining sana va vaqtini qaytaradi. Sintaktik funksiyalar uning identifikatoridan keyin keluvchi qavslar bilan ajratiladi. Ko`p funksiyalar argumentlar bo`lishini talab qiladi. Ular funksiyaga murojat paytida bu qavslar ichiga bir biridan vergullar bilan ajratilib yoziladi. Funksiyalar yangi ifodalar va funksiyalarni xosil qilishda ishlatilishi mumkin.
So`rovlar joriy jadval qiymatlarini umumlashtirib hisob-kitoblarni bajarish va xulosalar chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Bunday maqsadlar uchun Accessda SQL statistik funksiyalari nazarda tutilgan. Statistik funksiyalar sigma grekcha literli tugmani bosish bilan chiqadigan Gruppovaya operatsiya qatorida yoki Vid menyusining Gruppovqe operatsii buyrugi yordamida beriladi. Statistik funksiyalar yordamida so`rovning barcha maydonlarining qiymatlarini qayta ishlash mumkin. Qayta ishlash natijalari so`rov yozuvlarining natijaviy to`plamida paydo bo`ladi.
So`rov natijalarini aks ettirish Tayyor so`rov Konstruktor zaprosov uskunalar panelida joylashgan undov belgisi tasviri tushirilgan tugmani bosgandan so`ng bajariladi. So`rovni bajarish uchun ma`lumotlar bazasining Otkrqt tugmasidan yoki tanlangan so`rov nomida sichqonning chap tugmasini ikki marta bosishdan foydalanish mumkin. Access mijoz jadvalidan ko`rsatilgan mezonlarga mos ravishda ajratilib olingan natijaviy yozuvlar to`plamini ekranda aks ettiradi. Agar so`rov blankiga o`zgartirish kiritishzarurati tugilsa, u holda uskunalar panelida chapdan birinchi joylashgan tugma yordamida so`rovlar konstruktori holatiga o`tish yoki Vid menyusining Konstruktor opsiyasini o`rnatib bajarish mumkin. Boshqa tur so`rovlar yaratish Tanlanma so`rovdan tashqari Access da boshqa tur so`rovlar xam mavjud: taosirli (deystviya) so`rov, parametrik so`rov va qamrovchi (perekrestnoye) so`rovlar. O`zgartirishga so`rov O`zgartirishga so`rov jadvaldagi qiymatlarni yangilash uchun, yozuvlar gurushlarini qo`shish yoki o`chirish uchun xamda bitta yoki bir nechta jadvallar yordamida yangi jadval xosil qilish maqsadida o`zgartirish va ko`chirish uchun ishlatiladi. O`zgartirishga so`rovning to`rt xil turi mavjud: qo`shishga so`rov; o`chirishga so`rov; yangilashga so`rov; jadval yaratishga so`rov. Ko`shishga so`rov Qo`shishga so`rov yordamida bir jadvalning yozuvlarini (barchasini yoki so`rov bilan ajratilgan qismini) ikkinchi jadvalning oshiriga qo`shish mumkin. `ar ikkala jadval bitta yoki `ar xil ma`lumotlar bazasida joylashgan bo`lishi mumkin. Agar yozuvni boshqa ma`lumotlar bazasiga qo`shmoqchi bo`lsak, avvalo Fayl menyusining Vneshniye dannqe qism menyusidagi Svyaz s tablitsami buyrugi yordamida maqsad jadvali joylashgan bazaga manbaa jadval ulanadi. Qo`shiluvchi yozuvlarni ajratish uchun tanlashga so`rov tuzish kerak. So`ngra Vid menyusining Rejim tablitsq buyrugi yordamida jadval holatiga o`tib, tuzilgan so`rovni bajarish va natijani ba`olash zarur. Undan keyin konstruktor holatiga qaytiladi va Zapros menyusidan Dobavleniye buyrugi ishga tushiriladi. Natijada ochilgan Dobavleniye muloqot oynasida foydalanuvchi so`rov yozuvlarining natijaviy to`plamidan olingan natijalarni qo`shishni xo`lagan jadval nomining mos maydonlarini berishi zarur. Muloqot oynasini OK tugmasi yordamida yopganimizda Access so`rov blankiga Dobavleniye qatorini qo`shadi. Bu qatorga avtomatik ravishda (yoki foydalanuvchi tomonidan) so`rov maydoni nomi bilan mos keluvchi maqsad jadvalning maydon nomlari qo`yiladi. So`ngra uskunalar panelidagi Zapusk tugmasini bosib so`rovni bajarishga to`g`ri keladi. Access maxsus muloqot oynasida maqsad jadvalga nechta yozuv qo`shilishini ko`rsatadi va bu amalni bajarishni taokidlashni talab qiladi. O`chirishga so`rovlar Bu turdagi so`rovlar jadvaldan maolum tanlash mezonlariga mos yozuvlar guruxini o`chirish uchun xizmat qiladi. So`rov yordamida o`chirilgan yozuvlarni tiklab bo`lmaydi. Shuning uchun xam tanlash mezoni xar tomonlama tashkil qilinishi zarur. Avvalo Usloviye otbora satrida mezon ko`rsatilib o`chiriluvchi yozuvlarni tanlashga so`rov yaratilishi zarur. Berilgan mezonlarning to`g`riligini tekshirish uchun bu so`rov bajariladi va konstruktor holatiga o`tiladi. Undan so`ng Zapros menyusining Udaleniye buyrugini ishga tushurish kerek bo`ladi. Access so`rov blankiga Udaleniye qatorini qo`shadi va yacheykaga Usloviye ning qiymatini kiritadi. Bu foydalanuvchi qo`shimcha tanlash mezonlarini o`rnatish mumkinligini bildiradi. So`ng uskunalar panelidagi undov belgisi tushirilgan tugmani bosib, so`rovni bajarish kerak bo`ladi. Access maxsus muloqot oynasida jadvaldan nechta yozuv qo`shilishini ko`rsatadi va o`chirishni taokidlashni talab qiladi. Yangilashga so`rov Yangilashga so`rovdan foydalanib, foydalanuvchi maolum mezonlar asosida ajratib olingan yozuvlar guruxini o`zgartirishi mumkin. Yangilashga so`rovni tuzishda avvalotanlovga so`rov yaratiladi va tekshiriladi. So`ngra konstruktor holatida Zapros menyusining Obnovleniye buyrugi ishga tushiriladi. Natijada Access jadval maydonlarining yangi qiymatlarini ko`rsatish uchun mo`ljallangan Obnovleniye qatorini so`rov blankiga qo`shadi. Bu maqsadda hisoblanuchi ifodalarni xam ishlatish mumkin. Zapusk tugmasi bosilgandan so`ng Access maxsus muloqot oynasida jadvalning nechta yozuvi o`zgartirilishini va o`zgarishini taokidlashni talab qiladi. Jadval xosil qilishga so`rov So`rovning natijaviy yozuvlar to`plami asosida jadval xosil qilish so`rovi yordamida yangi jadvallar yaratish mumkin. Bunday jadvallar odatda eski yozuvlarni arxivlash uchun yoki jadvallarning rezerv nusxasini saqlash uchun ishdatiladi. Tanlovga so`rov tayyorlanishi zarur va so`rovning to`g`riligini tekshirib Recordset ma`lumotlarning dinamik to`plami xosil qilinadi. Agar yozuvlarning natijaviy to`plamlari sizning talablaringizga mos kelsa, konstruktor holatiga qayting va Zapros menyusining Sozdaniye tablitsq buyrugini tanlang. Access yangi jadvalning nomini kiritish uchun sozdaniye tablitsq muloqot oynasini ochadi. So`ngra uskunalar panelida undov belgisi shakli tushirilgan tugmani bosib so`rov bajariladi. Access maxsus muloqot oynasida yangi jadvalga nechta yozuv qo`shilishini ko`rsatadi va bu amalning bajarishni taokidlashni talab qiladi. So`rovlar bajarilishi natijalarining indikatsiyasi O`zgartirishga so`rov ma`lumotlarni o`zgartiradi yoki ularning nusxasini bir jadvaldan ikkinchisiga ko`chiradi. U jadval holatida ekranda aks etiriladigan Recordset yozuvlarining dinamik to`plamini xosil qilmaydi. O`zgartirishni ko`rish uchun o`zgartirishga so`rovni tanlovga so`rovga o`tkaziladi yoki so`rov natijalarining jadvalini jadval xosil qilish, qo`shish yoki o`chirish uchun ochiladi. Yangilashga so`rovning bajarilish natijalarini aks ettirish uchun so`rovni ishga tushiring, so`ngra konstruktor holatida tanlovga so`rov oynasini aks ettiring. Yangilangan yozuvlarni ko`rish uchun Vid menyusining rejim tablitsq opsiyasini o`rnating va jadval holatiga o`ting. qo`shishga, o`chirishga yoki jadval yaratishga so`rov bajarilish natijalarini aks ettirish uchun mos so`rov tanlanadi va F11 tugmasi bosiladi. Natijada ekranda ma`lumotlar bazasining oynasi paydo bo`ladi. Tablitsq qo`ilmasiga o`ting va ma`lumotlar bazasi jadvalining ro`yxatida yozuvlar qo`shiladigan yoki ular olib tashlanadigan jadval nomi sichqon yordamida ikki marta bosing.
Bazaviy so`rovning variantlari ko`rinishida berilgan va bir biridan tanlash shartidagi qiymatlari bilan farq qiladigan so`rovlar parametrik so`rovlar deyiladi. SPISOK UCHASHIXSYA jadvalidan berilgan gurushda bilim oluvchi o`quvchilarning familiyalarini tanlab olish uchun parametrik so`rov tuzaylik. Avvalo ma`lumotlarni tanlashga so`rov ishlab chiqaraylik. Unga «Nomer gruppq», «Nomer uchashegosya», «Kod uchashegosya», «FIO uchashegosya», «Telefon» maydonlarini kiritamiz. Usloviye otbora qator maydonini tanlashning konkret mezoni bilan emas, balki mezonni kiritish uchun foydalanuvchiga murojat qilish yordamida to`ldiramiz. So`rovni bajarish paytida bu murojat tanlash mezonini kirituvchi foydalanuvchiga yo`naltirilgan bo`ladi. Ushbu mezon asosida (so`rov spetsifikatsiyasida ko`rsatilgan boshqa mezonlarni shisobga olgan holda) yozuvlarni tanlash amalga oshiriladi. Murojatni qavs ichiga olib yozish zarur, masalan, [Gurush nomerini ko`rsating]. Zapros menyusining Parametri buyrugini ishga tushiring. Parametri zaprosa muloqat oynasining Parametr maydoniga so`rov spetsifikatsiyasining Usloviye otbora maydonida joylashgan matnni kiriting. Bu xolatda qavslarni ishlatish kerak emas. Tip dannix maydonidagi ma`lumotlarning turlari aniqlab, so`ngra OK tugmasini bosganimizdan keyin so`rov tayyor bo`ladi. Access Vvedite znacheniye parametra oynasida mezon qiymatini bering, deb sizga murojaat etadi. Parametrlarni kiritgandan so`ng parametrik so`rov bajarilishining natijalari olinadi. Qamrovli so`rovlar Qamrovli so`rovlar tanlangan kattaliklarni kompakt aks ettirish va bir jinsli ma`lumotlarni birlashtirish imkonini beradi. Qamrovli so`rovlar bajarilishining natijalari aks ettiriladigan jadvallar usta yordamida diagrammalar va grafiklar yaratish uchun qulay bo`ladi. Xar bir fan bo`yicha `ar xil o`qituvchilar uchun dars soatlari sonini aniqlaylik. Qamrovli so`rovlar ishlatilganda ma`lumotlarning natijaviy to`plamida o`qituvchilarning familiyalari faqat bir martagina qatnashadi, chunki Access barcha fanlar bo`yicha yozuvlarni birlashtiradi. Qamrovli so`rovlar mazkur o`qituvchiga mos yozuvlarning `ar biri ma`lumotlarning natijaviy to`plamiga kiritiladigan tanlashga so`rovdan ana shunisi bilan farqlanadi. Zapros menyusida Perekrestniy buyrugini ishga tushiring. Access so`rov blankasida Gruppovaya operatsiya va Perekrestnaya tablitsa qatorlarni akslantiradi. (NazvPredm) maydonining qiymati qator sarlavshasida paydo bo`lishi uchun Perekrestnaya tablitsa qatorini sichqon bilan bosing va ro`yxatdan Zagolovki strok qatorini tanlang. Gruppovaya operatsiya qatorida bu maydon uchun Gruppirovka standart o`rnatmasi saqlanilishi zarur. FIO Prepod maydoning qiymati ustun sarlavxasida xosil bo`lishi uchun Perekrestnaya tablitsa qatorini sichqon bilan bosib Zagolovki stolbsov qatorini tanlang. Bu holda Gruppovaya operatsiya qatorida Gruppirovka standart qo`yilmasi qoldirilishi zarur. Qamrovli jadvalda maydonning qiymatini (KolChas) qiymati sifatida aks ettirish uchun Perekrestnaya tablitsa qatorini sichqon bilan bosing va Znacheniye ni tanlang. Bu maydon uchun Gruppovaya operatsiya qatorida zarur bo`lgan Sum Funksiyasini kiriting. So`rovni loyhasilash holatida ochish uchun maolumatlar bazasi oynasidagi Zaprosi qo`yilmasiga o`tiladi, ro`yxatdagi zarur so`rov belgilanadi va Konstruktor tugmasi bosiladi. So`rovni jadval holatida ochish uchun yuqoridagi amallar bajariladi va oxirida Otkrqt tugmasi bosiladi. So`rovni o`zgartirish Yozuvlarni natijaviy to`plamida so`rovni o`zgartirish (masalan, ustunni ko`chirish) uning spesifikasiyasida aks ettirilmaydi. So`rov qayta bajarilganda ko`chirilgan ustun joriy pozitsiyasida paydo bo`ladi. So`rov parametrlarini konstruktor holatida o`zgartirish tavsiya qilinadi. So`rov konstruktori holatida quyidagi o`zgartirishlarni bajarish mumkin: yangi mezonlar berish; saralash usulini o`zgartirish; maydonni aks ettirishni bekor qilish yoki o`rnatish; hisoblanuvchi ifodalarni qo`shish,o`chirish yoki o`zgartirish; maydonlarni qo`shish, o`chirish yoki ko`chirish. Agar foydalanuvchi yangi yoki o`zgartirilgan so`rovni Access da ishlashning bir nechta seansida qo`llamoqchi bo`lsa, u holda u so`rovni Fayl menyusinig Soxranit buyrugi yordamida saqlab qo`yishi zarur. So`rovni birinchi bor saqlashda so`rovga nom berish uchun Soxraneniye obyekta muloqot oynasi ochiladi. So`rov shu nom bilan ma`lumotlar bazasi oynasidagi so`rovlar ro`yxatida paydo bo`ladi. Ko`p maydon, mezon va Funksiyalarga ega murakkab so`rovlarni saqlash tavsiya etiladi. Shunga eotibor berish zarurki so`rovning bajarilish natijalari emas, balki spesifikasiyasi saqlanadi. So`rovlarni yopishda ma`lumotlarning Recordset dinamik to`plami yo`qotiladi. Shuning uchun uni Fayl menyusining Soxranit buyrugi yordamida alohida saqlab qo`yish zarur.
So`rovlarni taxrirlash konstruktor holatida amalga oshiriladi. Bu holat ma`lumotlar bazasi oynasidagi Konstruktor tugmasini bosish orqali o`rnatiladi. So`rovga maydon qo`shish uchun uni konstruktor oynasining yuqori qismidagi maydonlar ro`yxatidan spesifikasiya sohasining uni qo`yish zarur bo`lgan ustuniga ko`chirib o`tkaziladi. Bu ustunda joylashgan maydon va undan o`ngda joylashgan barcha maydonlar bir ustun o`ngga suriladi. Maydonni o`chirish uchun u belgilanadi va [Del] tugmasi bosiladi yoki Pravka menyusining Udalit buyrugi bajariladi. Joylashishi o`zgartirilishi lozim bo`lgan maydon xam oldindan belgilanadi. Maydonni ko`chirishda oldindan tanlangan pozisiyada joylashgan maydon xamda undan o`ngda joylashgan barcha maydonlar o`ngga suriladi. Adabiyotlar:Karimov A Microsoft Access bilan dastlabki tanishuvTDYUI 2005 Anatoliy Xomokenno Microsoft Access 2002 Ekspress kurs Peterburg 2005. Uchebnik po Access Sostavitel. Djalilov M.L. TATU FF-2006 A. Xomokenno i dr. Baza dannix Uchebnik Sank-Peterburg 2004 www.ziyonet.uz Download 467 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling