MA’lumotlar bazasi xossalari


Download 62.88 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi62.88 Kb.
#159589


MA’LUMOTLAR BAZASI

XOSSALARI

FAYLLAR TO’PLAMI MANTIQIY KELISHUVINI QUVVATLAYDI

MA’LUMOTLAR USTIDA ISH YURITISH TILI BILAN TA’MINLAYDI

HAR XIL TO’XTALISHLARDAN SO’NG MA’LUMOTLARNI QAYTA TIKLAYDI

MODELLARI

INFOLOGIK

DATALOGIK

FIZIK

FUNKSIYALARI

TASHQI XOTIRADA BEVOSITA MA’LUMOTLARNI BOSHQARISH

TEZKOR XOTIRANI BUFER BILAN BOSHQARISH

TRANZAKSIYA BILAN BOSHQARISH

JURNALIZATSIYA

TURLARI

IYERARXIK

TARMOQLI

RELYATSION



BIR NECHA FOYDALANUVCHILARNING BIR PAYTDA ISHLASHIGA IMKON BERADI

2-Topshiriq. Aytaylik , biror dasturchi mening korxonam uchun ma'lumotlar bazasini ichiga olgan dastur yaratdi. Keyin men shu dasturni amaliyotda qo'lladim, lekin bu o'z samarasini bermadi. Men bu dasturning muomasini quyidagicha aniqlagan bo'lardim.

• U yaratgan dastur faqat bir ilova orqali ishlab, boshqasi orqali ma'lumotlar yuklab olinmasligini ko'rsatadi.

• Integratsiya jarayoni yaxshi kuzatilmasligi dastur va uning boshqaruv tizimining nofaolligini ko'rsatadi. Men bu dasturchiga quyidagicha muommolarni hal qilish uchun maslahat bergan bo'lar edim:

• Dasturning doimiy va uzluksiz ma'lumotlar bazasini yaxshilash uchun bu barcha shu sohaga oid ilovalar va programmalar uchun o'rinli bo'lishi kerak.

• Integratsiya jarayoni va kerakli ma'lumotlar bilan ishlash sxemasini takomillashtirish kerak.

3-Topshiriq. ORACLE Oracle (Ma'lumotlar Bazasini Boshqarish Tizimi) – katta hajmdagi ma'lumotlarni boshqarish, ulardan kerakli ma'lumotlarni so'rov orqali istalgan ko'rinishda chiqarib olish, ma'lumotlarning zahira nusxalarini olish, katta xajmdagi ma'lumotlarni siqish, qulay interfeysda baza ustidan nazorat o'rnatish, ma'lumotlar asosida hisobotlar hosil qilish va bulardan boshqa ma'lumotlar ustida juda katta ko'lamdagi ishlarni amalga oshiradigan dasturiy kompleksdir. Oracle dasturini server va klient ko'rinishida o'rnatish mumkin va berilgan ruxsat doirasida ishlatish mumkin. Bu dastur asosan katta xajmdagi ma'lumotlar bilin ishlaganligi uchun , asosan yirik korxonalarda ishlatiladi. Bu dasturning asosini ma'lumotlar bazasi tushunchasi tashkil etadi. Bazada saqlanayotgan ma'lumotlarni xafsizligini saqlash maqsadida Oracle(MBBT) da juda ko'p ishlar amalga oshirilgan, biz ularni keyingi maqolalarda ko'ramiz. Ma'lumotlar bazasini tashkil etgan fayllarni: ma'lumotlar bazasi fayllari va ma'lumotlar bazasiga tegishli bo'lmagan fayllar ko'rinishida ajratishimiz mumkin. Ma'lumotlar bazasi fayllarida ma'lumotlar saqlanadi, ma'lumotlar bazasiga tegishli bo'lmagan fayllarda har xil protokollar, sozlashlar kabi qo'shimcha ma'lumotlar saqlanadi. Bu ma'lumotlar bilan Oracle administratorlari ruxsat bergan foydalanuvchilargina ishlay oladi. Oracle ning juda ko'p utilitlari(Rman, Oracle Data Guard, Oracle Data Grid,… ) mavjud bo'lib, ular ham ma'lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay ko'rinishda taqdim etish(boshqarish, nazorat qilish) uchun ishlatiladi. Misol tariqasida Rman utilitasini oladigan bo'lsak, bu utilita bazani to'liq yoki qisman zahira nusxalarini juda katta xajmga kamaytirib(siqib) hosil qiladi va saqlash uchun o'zi chunarli bo'lgan kodlarga aylantiradi. Bazaga shikast etganda shu zahira nusha orqali bazani qayta tiklash mumkin bo'ladi. Oracle SQL kodlari orqali buyruqlarni qabul qiladi. Bu so'rov tili ma'lumotlar bazasini yuklash, uni to'xtatish, montirovka qilish, jadvallar yaratish, o'chirish, o'zgartirish, ma'lumotlar ichidan kerakligini chiqarib olish va boshqa vazifalar uchun ishlatiladi. Bu til juda ko'p Ma'lumotlar Bazasini Boshqarish Tizim lari uchun umumiy hisoblanadi. SQL kodlari bir yoki bir necha jadvallar ustida so'rovlarni amalga oshira oladi. Ma'lumotlarni boshqarishda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Oracle dasturi yaratuvchilari Oracle Enterprise Manager deb nomlangan web sahifa yaratishgan bo'lib, bu sahifa orqali butun Oracle ni boshqarish mumkin bo'ladi. SQL kodlarini bilmaydigan foydalanuvchilar ham bu web sahifa orqali barcha vazifalarni bajarishi mumkin, faqatgina kerakli "ссылка" larni bosish kifoya. Har bir ma'lumotlar bazasi uchun alohida-alohida Enterprise Manager sahifasi bo'ladi, har bir sahifa portlar orqali ajratiladi. Barcha brauzerlarda bu sahifa yaxshi namoyon bo'ladi va bazani xafsizligiga portlarni boshqarish yo'li bilan erishish mumkindir.

4-Topshiriq. 1. M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan)ma’lumotlarning nomlangan to‘plamidir.

2. Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin.

3. Fayl (jadval) -bu bir xil tuzilmaga ega bo‘lgan yozuvning nusxalar to‘plamidir. U o‘zicha har bir maydonda qiymatga ega. Masalan, biror bir korxonadagi xodimlar ro'yxatini ular oladigan maosh bo'yicha hamda ularning shaxsiy hujjatlari orqali jadval tuzish.

4.Maydon-bu ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishni elementar birligi bo‘lib, u axborotni eng kichik va bo‘linmas birligi bo‘lgan rekvizitga mos keladi. Maydonni tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan foydalaniladi: Maydon nomi, masalan, familiyasi, ismi, tug‘ilgan sana, lavozimi, ish staji, mutaxassisligi. 5. Yozuv –bu mantiqiy bog‘langan maydonlar to‘plami. Yozuv tuzilishi uchun uning tarkibiga kiruvchi maydolar tarkibi va joylashishi ketma-ketligi bilan aniqlanib, ularni har biri ichida elementar yozuvlarning nusxasi deb ataladi. Yozuv ob’ektning biror bir elementi haqida to‘liq ma’lumotni ifodalaydi.

6.Har bir spetsifikatsiya chizig'i bitta yozuv maydonining xususiyatlarini belgilaydi. Maydon nomi Fíld Name ustuniga o'rnatiladi. U 64 belgidan iborat bo'lishi mumkin va kirillcha harflar, bo'shliqlar va maxsus belgilarni o'z ichiga olishi mumkin, davrlar, undovlar va burchak qavslari bundan mustasno. Tabiiy cheklash bu bir xil nomdagi ikkita maydonning bir xil jadvalida bo'lishini taqiqlashdir.

7.Har bir MB jadvali o‘zining birlamchi kalitiga ega bo‘lishi mumkin. Birlamchi kalit deganda ezuvlar kaytarilmasligini ta’minlovchi maydon (polya) yoki maydonlar guruxi tushiniladi. Birlamchi kalit sifatida ishlatiladigan maydon eki maydonlar guruxi, bir xil yozuvga ega bo‘lmaslik shartini bajarishi kerak. Boshqa maydonlarida bir xil yozuvlar takrorlanishi mumkin. Shu sabab ular birlamchi kalit bo‘laolmaydi. Birlamchi kalit qisqa va sonli maydonlardan tashkil topishi maqsadga muvofiqdir. MB jadvaliga birlamchi kalitni kiritishdan maqsad, jadvaldagi ma’lumotlarni izlash, tartiblashtirish va tanlab olishda qulaylikni beradi. Birlamchi kalit kiritish yoki kiritmaslik foydalanuvchi tamonidan MB jadvali strukturasini tashkil qilishda aniqlanadi. Shu orqali asosiy ma'lumotlar tahrirlash.

8. Maydoning Sanasi taymer deb ataladi. Bu asosan ma'lumotlar bazasini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.



9. Lerarxik bazada ma'lumotlar daraxtga o'xshash tuzilishga joylashtirilgan. Har bir alohida ma'lumotlar maydonlarda saqlanadi va maydonlar o'z navbatida yozuvlarni hosil qiladi. Ushbu ma'lumotlarga ular orasidagi bog'lanishlar yordamida kirish mumkin. Ushbu tuzilishda barcha ma'lumotlar yozuvlari nihoyat bitta otaona yozuviga bog'langan. U shuningdek egasi yozuvi deb nomlanadi. Yozuvlar orasidagi aloqalar ko'pincha ota-ona va bola munosabatlari sifatida tasvirlanadi. Ierarxik ma'lumotlar bazasidan eng yaxshi foydalanish bu Dewey Decimal System yordamida nomlar yoki kitob raqamlarini saqlash uchun kutubxona tizimiga joylashtirilganligidir. Ushbu tizim bir xil ota-onalar sonini, so'ngra daraxtlar kabi novdalarni almashish orqali daraxt tuzilishiga o'xshaydi. Xuddi shunday, biz undan telefon nomlarini saqlash uchun foydalanishimiz mumkin.rarxik bazada ma'lumotlar daraxtga o'xshash tuzilishga joylashtirilgan. Har bir alohida ma'lumotlar maydonlarda saqlanadi va maydonlar o'z navbatida yozuvlarni hosil qiladi. Ushbu ma'lumotlarga ular orasidagi bog'lanishlar yordamida kirish mumkin. Ushbu tuzilishda barcha ma'lumotlar yozuvlari nihoyat bitta ota-ona yozuviga bog'langan. U shuningdek egasi yozuvi deb nomlanadi. Yozuvlar orasidagi aloqalar ko'pincha ota-ona va bola munosabatlari sifatida tasvirlanadi. Ierarxik ma'lumotlar bazasidan eng yaxshi foydalanish bu Deewey Decimal System yordamida nomlar yoki kitob raqamlarini saqlash uchun kutubxona tizimiga joylashtirilganligidir. Ushbu tizim bir xil ota-onalar sonini, so'ngra daraxtlar kabi novdalarni almashish orqali daraxt tuzilishiga o'xshaydi. Xuddi shunday, biz undan telefon nomlarini saqlash uchun foydalanishimiz mumkin.

10.M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i n i b o sh q a r i sh t i z i m i – bu ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni topish ishlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmui va til vositasidir.
Download 62.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling