Ma'lumotlar bazasini rejalashtirish, loyixalash va administratsiyalash reja


MB loyixasining hayot tsikli bosqichlari bosqichlarni amalga oshirishdagi mutaxassislar


Download 1.04 Mb.
bet3/13
Sana08.05.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1444980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
MB

2. MB loyixasining hayot tsikli bosqichlari bosqichlarni amalga oshirishdagi mutaxassislar

  • Analitiklar (predmet soxasini tadqiq qiluvchi mutaxassislar).
  • Foydalanuvchilar – at qo'laniladigan soha xodimlari.
  • Loyixalovchilar (ma'lumotlar bazasi ishlab chiquvchilar).
  • Administratorlar (tizim, ma'lumotlar bazasi, xavfsizlik va b.)
  • Dasturchilar (dasturiy ta'minot ishlab chiquvchilar).

3. ma'lumotlar bazasini ishlab chiqishni rejalashirish

Bu - ma'lumotlar bazasi ilovalari hayot tsiklini maksimal mumkin bo'lgan samaradorlik bilan amalga oshirishga imkoniyat yaratuvchi tayyorgarlik amallaridir.

Ma'lumotlar bazasini ishlab chiqishni rejalashtirish tashkilotning axborot tizimini ishlab chiqish strategiyasi bilan bevosita bog'langan bo'lishi kerak. bunday strategiyani ishlab chiqishda quyidagi asosiy masalalarni echish kerak:

  • Tashkilotning biznes reja va maqsadlarini, axborot texnologiyalariga bo'lgan talablarini aniqlash;
  • Kuchli va ojiz tomonlarini aniqlash maqsadida mavjud axborot tizimlarining ko'rsatgichlarini baholash;
  • Konkurentlarga nisbatan afzalliklarga erishish maqsadida axborot texnologiyalarini qo'llashdagi imkoniyatlarni baholash

3. ma'lumotlar bazasini ishlab chiqishni rejalashirish. texnik topshiriq.

Ma'lumotlar bazasini rejalashtirishdagi dastlabki muxim qadamlardan biri ma'lumotlar bazasining texnik topshiriqini yaqqol aniqlab olishdan iborat. texnik topshiriqda ma'lumotlar bazasi ilovalarining asosiy maqsadlari aniqlanishi kerak. Texnik topshiriqni ishlab chiqishda, qoidaga ko'ra, ma'lumotlar bazasi loyixasini tashabbuskorlari (masalan, direktor yoki tashkilot egasi) ishtirok etadi.

Texnik topshiriq ma'lumotlar bazasi loyixasining maqsadini va vazifasini aniqlashtirishga imkoniyat yaratadi va samarali ma'lumotlar bazasini yaraish yo'llarini belgilab beradi. texnik topshiriq tayyorlangandan keyin texnik talablarni aniqlash zarur. texnik talablar ma'lumotlar bazasi yordamida echiladigan aniq masalalarning ro'yxatidan iborat bo'ladi. Bu jarayonda shundan kelib chiqish kerak, texnik topshiriqdagi maqsadlarga ma'lumotlar bazasi yordamida texnik talablardagi masalalarni echish orqali erishiladi. texnik topshiriq va texnik talablarni asoslash uchun ma'lum qo'shimcha ma'lumot tayyorlanishi kerak. Bu ma'lumot umumiy xolda maqsadga erishi uchun qanday ishlar bajarilishi va qanday resurslar, jumladan moliyaviy resurslar kerakligini baholshga imkoniyat yaratadi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling