O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
“KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI
“AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI
“Ma’lumotlar bazasi”
fanidan
1- HAFTA MAVZUSINI BAJARISHGA
NAMUNA
(2-kurslar uchun)
Mavzu: 1.1. Ma’lumotlar bazasini loyihalash, mohiyat – aloqa diagrammasini qurish
Fan o‘qituvchisi: Kat.o‘q. Kudratov R.B.
S a m a r q a n d _ 2022
Mavzu: 1.1. Ma’lumotlar bazasini loyihalash, mohiyat – aloqa diagrammasini qurish
Ishdan maqsad: Ma’lumotlar bazasini relyatsion loyihalashni, “Talaba” ma’lumotlar bazasi uchun mohiyat-aloqa diagrammasini qurishni o‘rganish.
Qo‘yilgan masala: Topshiriq variantida berilgan soha uchun ma’lumotlar bazasini loyihasini yaratish.
Ish tartibi:
Laboratoriya ishi nazariy ma’lumotlarini o‘rganish;
Berilgan topshiriqning loyihasini ishlab chiqish;
Access muhitida tizimni yaratish;
Natijalarni tekshirish;
Hisobotni tayyorlash va topshirish.
Nazariy qism
Ma’lumotlar bazasini yaratish jarayonida o’rganilayotgan predmet sohaga tegishli ma’lumotlarni yig’ish va ob’ektlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklarni aniqlash ma’lumotlar bazasini loyihalashning muhim omili hisoblanadi.
«Mohiyat-aloqa» modeli (ER - Entity-Relationship model) ma’lumotlar bazasini loyihalashning konseptual darajasidagi chizmalarini tavsiflash uchun ishlatiladi. Biz an’anaviy belgilash (tasvirlash) usullari bilan bir qatorda, loyihalash vositasi UML (Unified Model Language - yagonalashgan modellash tili) tilining belgilaridan ham foydalanamiz. Chunki loyihalash vositalarining tarkibiga «mohiyat-aloqa» modeli ham kiritilgan.
«Mohiyat-aloqa» modeli elementlari
«Mohiyat-aloqa» modelining asosiy elementlari — mohiyatlar, atributlar, identifikatorlar va aloqalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |