Ma'lumotlarning relyatsion modeli (mrm)


Download 114.3 Kb.
bet4/7
Sana05.01.2022
Hajmi114.3 Kb.
#226672
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-Ma'lumotlarning relyatsion modeli

Munosabat kaliti – qiymatlari kortejni tasniflaydigan yoki identifikasiyalaydigan atribut (atributlar guruhi). Masalan, TALABALAR munosabatidagi GURUHI atributi qiymati OTM ning barcha talabalari orasida ma'lum bir guruh talabalarini ajratib olishga imkon beradi. Agar kalit bir nechta atributlardan iborat bo'lsa, u tarkibiy kalit deyiladi. Agar munosabatlar ustunida kalit qiymatlari noyob bo'lsa, unda bunday kalit potentsial kaliti deb ataladi. Bir nechta potentsial kalitlar bo'lishi (yoki bo'lmasligi) mumkin, lekin munosabat uchun bitta asosiy kalit - birlamchi kalit ajratiladi. Birlamchi kalit mohiyat nusxasini identifikasiyalaydi, uning qiymati noyob va majburiy bo'lishi kerak. Noyob bo'lmagan kalitlar ikkilamchi kalitlar deb ham ataladi.

RMM guruhiy munosabatlarini qo'llab-quvvatlamaydi (CODASYL versiyasiga muvofiq). Tashqi kalitlari munosabatlar o'rtasidagi aloqalar uchun ishlatiladi. Tashqi kaliti - bu ajdod (ota) munosabatlarining birlamchi kaliti yoki noyob kalitining nusxasi bo'lgan tobe (avlod) munosabatlarining atributi (Masalan, TALABALAR munosabati bilan BAHOLAR munosabati Reyting daftari nomeri tashqi kalitlari bilan bog'langan, 2-rasm).




Download 114.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling