Maǵlıwmatlar bazasında pútinlikti támiynlew boyınsha túsinigińiz


Maǵlıwmatlar qáwipsizliginiń tiykarǵı terminleri hám túsinikleri


Download 31.84 Kb.
bet5/17
Sana05.01.2022
Hajmi31.84 Kb.
#217720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Maǵlıwmatlar bazasında pútinlikti támiynlew boyınsha túsinigińiz

Maǵlıwmatlar qáwipsizliginiń tiykarǵı terminleri hám túsinikleri

Axborot xavfsizligi deganda tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan ta’sirlardan axborot va uni qo‘llab-quvvatlab turuvchi infrastukturaning himoyalanganligi tushuniladi. Bunday tа’sirlar ахbоrоt sоhаsidаgi munоsаbаtlarga, jumladan, axborot egalariga, axborotdan foydalanuvchilarga va axborotni muhofaza qilishni qo‘llab quvvatlovchi infrastrukturaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Axborot xavfsizligi – ko‘p qirrali faoliyat sohasi bo‘lib, unga faqat tizimli, kompleks yondashuv muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Ushbu muammoni hal etishda huquqiy, ma’muriy, protsedurali va dasturiy-texnik choralarni qo‘llaniladi. Bugungi kunda axborot xavfsizligini ta’minlaydigan uchta asosiy tamoyil mavjud:

–ma’lumotlar butunligi axborotni yo‘qotilishiga olib keluvchi buzilishlardan, shuningdek ma’lumotlarni mualliflik huquqi bo‘lmagan holda hosil qilish yoki yo‘q qilishdan himoya qilish;

–axborotning konfedensialligi. Axborot va uning tashuvchisining holatini belgilaydi va unda axborot bilan ruxsatsiz tanishishning yoki uni ruxsatsiz hujjatlashtirishning (nusxa ko‘chirishning) oldini olish ta’minlangan bo‘ladi;

–foydalanish huquqlariga (mualliflikka) ega barcha foydalanuvchilar axborotdan foydalana olishliklari.


Axborot xavfsizligi tarkibiy elementlariga mos tahdidlar qarshi turadi. Axborot xavfsizligiga tahdid deganda axborot xavfsizligiga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan kompyuter tizimida amalga oshirilgan yoki oshiriluvchi ta’sir tushuniladi. Tahdidlami axborot xavfsizligini buzuvchi (buzg'unchi) amalga oshiradi yoki amalga oshirishga urinadi. Axborot xavfsizligiga u yoki bu tahdidlami amalga oshirish bo‘yicha buzg'unchi imkoniyatlari kompleksining formallashtirilgan tavsifi yoki ifodasi buzg'unchining (niyati buzuqning )modeli deb ataladi.


  1. Download 31.84 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling