Мамадалиева Сайёра


Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishda milliy tarbiya metodlaridan foydalanish yo’llari


Download 0.63 Mb.
bet12/25
Sana09.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1467215
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
МАМАДАЛИЕВА САЙЁРА

Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishda milliy tarbiya metodlaridan foydalanish yo’llari

Barcha millat vakillariga xos xususiyat bo’lgani kabi har bir o’zbek oilasida ham uning a`zolari tomonidan tashkil etilayotgan harakat maishiy jihatdan farovonlikka erishishga yo’naltiriladi. Oilalarning moddiy ta`minotini yaxshilash uning a`zosi sanalgan sub`ektlarning ijtimoiy faolligi, mehnat samaradorligigina bog’liq bo’lmay, balki ko’proq mustaqil O’zbekistonda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda qo’lga kiritilayotgan yutuqlarga ham bog’liqdir.


Har bir oila a`zosi nafaqat oila xo’jaligi, shuningdek, respublika ishlab chiqarishining faol ishtirokchisi ham sanaladi. Shu bois bugungi kunda oila muhitida tarbiyalanayotgan bolalarni oila xo’jaligi bilan birga jamiyat iqtisodiy hayotini yo’lga qo’yuvchi shaxs etib tarbiyalash dolzarb ijtimoiy vazifalardan biri sifatida kun tartibiga qo’yilmoqda.
Bozor munosabatlari bolalarga oila hamda ta`lim muassasalarida puxta iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyatni tashkil etish, shu jumladan, oila xo’jaligini yo’lga qo’yish ko’nikma va malakalarini shakllantirishni taqozo etadi. Iqtisodiy sohada olib borilayotgan islohotlar mavjud sharoitda bolalarning ma`naviy-axloqiy jihatdan Yetuk bo’lishinigina emas, ayni vaqtda ro’zg’orda tejamkor, xo’jalikni yuritishda tadbirkor bo’lishlariga erishishdek pedagogik vazifaning ham ijobiy hal etish maqsadga muvofiqdir.
Oila muhiti bolalarni tadbirkor, ishbilarmon, tejamkor qilib tarbiyalashga imkon beruvchi maskan hisoblanadi. Jamiyatda bozor munosabatlarini qaror toptirish masalalarini tadqiq etish tadqiqot maqsadi bo’lmaganligi bois, bozor iqtisodiyoti talablarini birma-bir keltirish shart emas. Shu sababli, ayni o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ilgari surilgan hamda ta`limiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan iqtisodiy qarashlar to’g’risida so’z yuritish maqsadga muvofiqdir.
Oila tarbiyasini yo’lga qo’yish jarayonida tadbirkorlik hamda xo’jalikni oqilona boshqarish asosida bolalarda insonparvarlik, tejamkorlik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, uddaburonlik, ziyraklik, mas`uliyatlilik va tadbirkorlik kabi fazilatlarning tarbiyalanishiga erishish mumkin. Quyida ushbu xislatlarning har biri yuzasidan alohida to’xtalib o’tiladi.
Millatparvarlik. Oddiy qilib aytganda, millatparvarlik kishining o’z xalqi, jamiyat bilan birdamligidir. Millatparvarlikning aksi xudbinlik – individualizmdir. Ba`zi oilalarda ota-onalarning bu masalalarga jiddiy e`tibor bermasliklari tufayli bolalarda xudbinlik illati shakllanadi. Agar bola oila ehtiyojlari uchun zarur mablag’ning yaratilish omilini bilmasa, faqat o’z ehtiyojlarini qondirishgagina odatlanib, oilaning boshqa a`zolari ham muayyan ehtiyojlarga ega bo’lishlarini anglamasa, qanoatli inson bo’lib voyaga Yetmasa, demak, uning qiyofasida ko’zga tashlanuvchi xislat xudbinlikdir. Xudbinlik nafaqat shaxsning o’zi uchun, shu bilan birga jamiyat uchun ham zarar keltiradi. Ba`zi ota-onalar o’zlari ham sezmagan holda farzandlarida xudbinlikning tarbiyalanishiga zamin yaratib beradilar.
Bunday ota-onalar bolalarining barcha moddiy ehtiyojlarini to’laqonli qondirishga urinadilar. Turli yo’l va omillardan foydalanish evaziga ularning istaklarini qondirishga harakat qiladilar. Bolalarga nisbatan me`yoridan ortiq mehr-muhabbat bo’lgan oilalarda tarbiyalanayotgan farzandlar aksariyat hollarda ota-onalarning qanday kasb faoliyat bilan shug’ullanishlari, uning mashaqqatlari to’g’risida ma`lumotlarga ega bo’lmaydilar. Bu holat shundan dalolat beradiki, ular ijtimoiy mehnatning o’ziga xos qiyinchiliklarini tasavvur qila olmaydilar.
Bunday yo’l pedagogik jihatdan noto’g’ri bo’lib, uning oqibatlaridan ko’proq ota-onalarning o’zlari aziyat chekadilar. Bolani millatparvar qilib tarbiyalashgina milliy tarbiya nuqtai-nazaridan to’g’ri bo’ladi. Ota-onalar bu o’rinda quyidagi shartlarning amal qilinishiga erishishlari zarur:

  1. bolaga mumkin qadar ertaroq ota-onasining qanday kasbiy faoliyat bilan shug’ullanishlari, uning ijtimoiy ahamiyati, oila byudjetini yaratishdagi o’rni, faoliyatning o’ziga xos qiyinchiliklari to’g’risida ma`lumotlar berish zarur. Ota-onalarning imkoniyat topib, bolalarining ishxonalari hamda hamkasblari bilan tanishtirishlari, shuningdek, tashkil etiladigan kasbiy faoliyatning ahamiyati to’g’risida so’zlab berishlari bolalarda millatparvarlik fazilatini shakllantirishda ta`sirchan vosita bo’lib xizmat qiladi. Bolalar ulg’ayib borganlari sari oila davrasida ularga respublika iqtisodiyoti, O’zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan hamkorlik yo’nalishlari, hamkorlikning jamiyat ravnaqini ta`minlashdagi o’rni, e`tiborga loyiq yutuqlarga erishayotgan korxona, firma, xo’jalik hamda korporatsiyalarning faoliyati haqidagi suhbatlarni tashkil etish kutilgan natijalarni kafolatlaydi. Agar ona uy bekasi bo’lsa, bolalar tomonidan mazkur yumushning ham ahamiyatini to’g’ri anglanishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Binobarin, uy bekaligi ham insondan jismoniy kuch, iroda va sabotni talab qiladi.

  2. bolalarni oila byudjeti, uni yaratish yo’llari borasidagi ma`lumotlardan xabardor qilish. Bolalar ota-onalarining ish haqi, oilaviy ehtiyojlar uchun sarflanadigan mablag’ hajmi, qo’shimcha daromad topish yo’llari (tomorqa xo’jaligini yaratish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish, qo’shimcha ravishda kasbiy faoliyatni tashkil etish (ikki smenada ishlash) va boshqalar) to’g’risidagi ma`lumotlarga ega bo’lsalar, ularda ota-onalari, shuningdek, oilaning boshqa a`zolari amalga oshirayotgan faoliyat, mehnatni qadrlash hissi tarbiyalanadi. Oila sarmoyasini bolalarga oshkor qilmaslik pedagogik jihatdan to’g’ri emas. Shu bois ularni oilaning moliyaviy holati hamda kelgusi rejalarni muhokama qilish jarayoniga jalb etish zarur. Bolalarni oilaviy ehtiyojlar, ularni qondirish yo’lidagi muammolar, bu boradagi mavjud qiyinchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari haqidagi ma`lumotlardan ogoh etib borish lozim. Ana shunda ular oilaning boshqa a`zolari ehtiyojlarini qondirish yo’lida ba`zan shaxsiy ehtiyojlardan kechishga odatlana boradilar24.

  3. moddiy jihatdan to’kis bo’lgan oila boshliqlari bolalarining boshqalar oldida bu holatni ifodalovchi vositalar (hashamatli uy, qimmatbaho kiyim-kechak, xorij avtomobil hamda «uyali» telefon kabilar) bilan g’ururlanishlariga yo’l qo’ymaslik zarur. Bolalar oilaning moddiy to’kisligi bois o’zgalar oldida g’ururlanishlari maqsadga muvofiq emasligi, shuningdek, bu holat mashaqqatli mehnatning mahsuli ekanligi, uni asrash va ko’paytirish yo’lida mehnat qilish o’zining oila a`zolari oldidagi burchi ekanligini tushunib Yetishlari lozim. Binobarin, mol-davlatga egalik tufayli shaxs ma`naviy-axloqiy jihatdan Yetuk bo’lib qolmaydi. Oila ehtiyojlarini to’laqonli qondira olish imkoniyatiga ega bo’lgan ota-onalar ortiqcha mablag’ni bolalarning ma`naviyatini shakllantiruvchi hamda ularni komil inson bo’lib tarbiyalashga imkon beruvchi vositalarni (xususan, kitoblar, kompyuter sotib olish yoki uyda kichik tadqiqotlarni olib borishga imkon beruvchi uy-laboratoriyalarini yaratish) sotib olishga qaratishlari zamonaviy kishilarga xos yondashuv bo’lgan bo’lar edi.

  4. oilada moddiy Yetishmovchiliklar mavjud bo’lsa, bolalarda boshqa oilalarga nisbatan hasad emas, aksincha, havasni uyg’otishga erishish zarur. Bolalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida oila hayotini tashkil etish, xo’jalik (ro’zg’or)ni mo’`tadil yurgiza olish uchun ongli ravishda mehnat qilish, o’z xatti-harakatlarini to’g’ri baholash, shuningdek, hisob-kitobni puxta olib borish kerakligini tushuna olishlari uchun ota-onalarning qayg’urishlari talab etiladi. Bu yo’lda tarbiyani tashkil etishda ota-onalar muayyan harakatlarni amalga oshirishdan ehtiyot bo’lishlari zarur. Ya`ni:

  • bolalar oldida moddiy qiyinchiliklarni fojia darajasiga ko’tarish;

  • moddiy qiyinchiliklardan nolish;

  • «omadsizliklari»ni ro’kach qilmaslik;

  • oiladagi mavjud muammolar uchun bolalarni ayblash;

  • bolalar oldida ota yoki onaning obro’sini to’kmaslik va boshqalar.

Bunday vaziyatlarda ota-onalarning oilaviy farovonlikning yaxshilanishiga ishonch bildirishlari, bolalarda kelajakka umid bilan qarash tuyg’usini shakllantirishlari, eng muhimi, oilaviy moddiy muammolarni hamjihatlik asosida birgalikda bartaraf etishga ularni rag’batlantira olishlari kelgusida o’zining ijobiy natijasini beradi. Bu o’rinda, yana shuningdek, oila byudjetining yaratilishiga hissa qo’shish omili bo’lgan har bir harakatning alohida ta`kidlanishiga erishish bolalarda o’z kuchlariga nisbatan ishonchni qaror toptiradi, ularni samarali ishlashga rag’batlantiradi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling