Мамадалиева Сайёра
Ikkinchi bob bo’yicha xulosa
Download 0.63 Mb.
|
МАМАДАЛИЕВА САЙЁРА
Ikkinchi bob bo’yicha xulosa
Oila sharoitida tarbiya jarayonining samarali kechishida ota-onalarning ta`sirchan pedagogik vositalardan foydalana olishlari ham muhim ahamiyatga ega. Muammoni nazariy va amaliy jihatdan tahlil etish natijasida oilada ma`naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirishda quyidagi tarbiyaviy vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligiga ishonch hosil qilindi: 1) xalq pedagogikasi g’oyalari; 2) xalq og’zaki ijodi namunalari (ertaklar, topishmoqlar, maqollar, afsonalar, dostonlar, xalq qo’shiqlari, pand-nasihatlar, o’gitlar); 3) taniqli kishilarning hayoti va faoliyatiga oid ibratli misollar; 4) oilaviy an`analar, udumlar (oila a`zolari uchun ahamiyatli bo’lgan sanalarni nishonlash, o’tganlarni yod etish va hokazolar); 5) sulola uchun qadrli bo’lgan moddiy ashyolar (yodgorliklar, kitoblar, sulola vakillarining kasb-koriga dahldor bo’lgan buyumlar, binolar, inshootlar (jumladan, tegirmon, ustaxona) va boshqalar); 6) sulola haqida ma`lumot beruvchi shajara; 7) sulola vakillarining kasb-korlariga oid hayotiy lavhalar, xotiralar; 8) keksa avlod vakillari, ota-onalar hamda katta yoshli oila a`zolarining shaxsiy namunasi; 9) oila va oila tarbiyasiga oid ilmiy, ilmiy-ommabop va ommabop asarlar; 10) vaqtli matbuot materiallari va hokazolar. Ezgu g’oyalarni targ’ib etuvchi hikoya bolaning ma`naviy kamolotini ta`minlashda muhim o’rin tutadi. Shu bois har bir oilaning kitob javonida ertaklar to’plami bo’lsa, juda yaxshi bo’ladi. Keyingi vaqtlarda O’zbekistondagi nashriyotlardan ko’pgina qiziqarli, ezgu g’oyalarni targ’ib etuvchi to’plamlar chop etildi. Yosh bolalarga aytib beriladigan ertaklarning ko’pini qisqartirish, tilini o’zgartirish, ertakni to’la tushunarli qilib berish kerak. Bolalar xayolini boyitish va turmush bilan kengroq tanishtirish uchun suratlar ko’rsatib turish juda katta ahamiyatga egadir. Buning uchun faqat bolalar jurnallaridan olingan rasmlardan foydalanibgina qolmay, balki istagan rasmlar yoki gravyuralar yoxud fotorasmlarning ko’chirmasidan foydalanish mumkin, faqat ular mazmun jihatdan muvofiq bo’lishi kerak, xolos. Televizor, video, kino faqat bolalarnigina emas, balki kattalarni ham tarbiyalovchi eng qudratli omildir. Har bir kinofilm davlat kinostudiyalarida yaratilsa, tomoshabin bolalarga ko’p foyda keltiradi. Mustaqillik yillarida yaratilgan kinofilmlarning ko’pi badiiy jihatdan yuksak bo’lib, tarbiya ishlarida juda yaxshi vositadir. Shunday bo’lsa ham, aslo bundan, bolalarning kino-teatrlarga borishlarini cheklamaslik va nazoratsiz qo’yib berish mumkin ekan, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Oilada ma`naviy tarbiyaning kundalik xotira daftarlari yuritish, do’stlar bilan xat yozishib turish, bolalarning sayr guruhlarida ishtirok etishlari, mahalla, hovlini obod qilish ishlarida bolalarning ishtirok etishlari, hovlidagi bolalarni uyushtirish, uchrashuvlar, o’yinlar, sayrlar tashkil qilish kabi shakllarni qo’llash mumkin. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling