Мамадалиева Сайёра


Download 0.63 Mb.
bet19/25
Sana09.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1467215
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
МАМАДАЛИЕВА САЙЁРА

3.1.2-jadval.


Ota-onalarning ma`naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish ko’nikma va malakalarga egalik darajasi

Guruhlar

Tajriba avvalida

Tajriba yakunida

Yuqori

O’rta

Past

Yuqori

O’rta

Past

Tajriba guruhi
Jami42 nafar

4

9

29

15

25

2

Nazorat guruhi
Jami42 nafar

7

10

25

8

14

20


Ота-оналарнинг маънавий-ахлоқий тарбияни ташкил этиш кўникма ва малакаларга эгалик даражаси диограммаси.





    1. Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirishga doir tajriba-sinov ishlari natijalari

Pedagogik eksperimentda olingan ma`lumotlar bizga maktabgacha yoshdagi bolalarda ma`naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish bo’yicha ularning kelajakdagi rivojlanish dinamikasini kuzatish maqsadida ma`naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajasi mezonlarini belgilash imkonini berdi.


Quyidagi hollarda maktabgacha yoshdagi bolaning maktabgacha ma`naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajasi yuqori hisoblanadi:
- agar bola ma`naviy merosga oid o’zbek xalqining (an`analari, urf-odatlari, tarixi va afsonalari) Yetarlicha keng bilimga ega bo’lsa, agar unda yaqinlariga, kattalarga va qarindoshlariga nisbatan hurmat, ona tabiatga va hayvonlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish shakllantirilgan bo’lsa.
Quyidagi hollarda bola o’rta darajada ma`naviy-axlooqiy tarbiyalangan deb hisoblanadi:
- agar ma`naviy merosga oid ma`lum bilimlarga ega bo’lsa, biroq har doim ham atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lavermasa, har doim ham e`tiborli va atrofdagilarga hurmatda bo’lmasa.
Ma`naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajasi past bo’lgan bolalar o’zbek xalqining ma`naviy merosi haqida cheklangan bilimga ega ekanliklari, ona tabiatga loqaydliklari, ramzlari haqida tasavvurga ega emasliklari bilan ajralib turar edilar.
O’tkazilgan tajriba natijasida tarbiyalanuvchilarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllanganlik darajasini aniqlash uchun ishlab chiqilgan mezonga ko’ra, kuzatish, bolalar bilan suhbatlashish, tarbiyachining, o’rtoqlarining va har bir bolaning o’z xulqidagi ma`naviy-axloqiy sifatlarga baho berish metodlaridan foydalandik.
Biz uchun tarbiyalanuvchi xulqi va munosabatlarida ma`naviy-axloqiy sifatlarni tashkil etuvchilarning qanday ro’y berishi, tarbiyalanuvchi qanday talablarga rioya qilishi va qaysi talablarni chetlab o’tganligini aniqlash muhim deb bildik. Eng muhimi, ma`naviy-axloqiy sifatlarning o’zaro bog’liqligini, bu tarbiyalanuvchilarning umumiy axloqiy hissida qanday ifodalanishi, qay darajada uning ma`naviy-axloqiy fazilatiga aylanganligini aniqlash kerak edi.
Shuning uchun o’quv yilining yarim yilligida tarbiyalanuvchilar bilan anketa yuzasidan og’zaki va yozma javoblar olib bordik. O’zimiz va tarbiyachilar tomonidan o’kuvchilarning turli vaziyatlar sharoitida xulqini va o’zaro munosabatini muntazam kuzatib bordik. Shuningdek, mashg’g’ulotdan tashqari ishlarning xilma-xil turini uyushtirish orqali tarbiyalanuvchilarni bu faoliyat jarayoniga jalb etib bordik va bajarayotgan ishlarida vujudga kelgan ma`naviy-axloqiy sifatlarni aniqlab bordik.
Shu yo’l bilan tajriba va nazorat guruhlari bo’yicha olingan natijalarni aniqlab, o’rganib, taqqoslab bordik. Suhbat, tekshirish, kuzatish, anketa materiallari bilan to’ldirib borildi. Olingan natijalar hamisha tajriba guruhlari uchun yuqori ko’rsatkich bilan ifodalandi.
Ertak va rivoyatlardan foydalanish orqali tarbiyalanuvchilarning ma`naviy-axloqiy fazilatlarini shakllanganligini aniqlash uchun o’lchov mezonini ishlab chiqdik va uch darajani asos qilib oldik.
Yuqori daraja uchun o’lchov mezonini ko’rsatkichlari:
1. Ma`naviy-axloqiy sifatlarni tashkil etuvchilardan qancha va qaysilari haqida tasavvurga ega.
2. Ertak va rivoyatlardagi ma`naviy-axloqiy sifatlarni ajratishga intiladi va izohlay oladi.
3. O’zi va o’rtog’i xulqi va munosabatidagi yaxshi yoki yomon tomonni baholay oladi.
4. Ma`naviy-axloqiy munosabatlarda ifodalanadigan axloqiy talablarga amal qiladi, ma`naviy-axloqiy sifatlar xulqida ko’rinadi.
O’rta daraja uchun o’lchov mezonini ko’rsatuvchilar:
1. Ma`naviy-axloqiy sifatlarni tashkil etuvchilari haqidagi tasavvuri yuzaki va to’la emas, xulqida to’liq ko’rinmaydi.
2. O’rtoqlarining ma`naviy-axloqiy sifatlarini baholashda, u bilan o’zi o’rtasidagi vujudga kelgan munosabat ahvolini hisobga olib, noob`ektivlik qiladi.
3. Ma`naviy-axloqiy sifatlarni izohlay olmaydi, faqat nomlaydi.
4. Ma`naviy-axloqiy sifatlar talablariga hamisha amal qilmaydi.
Quyi daraja uchun o’lchov mezoni ko’rsatkichlari:
1. Ma`naviy-axloqiy sifatlarni tashkil etuvchilarini bilmaydi.
2. O’rtoqlari xulqini baholay olmaydi, yaxshi-yomon deydi-yu, lekin nimasiligini ko’rsata olmaydi.
3. Ma`naviy-axloqiy sifatlarning mohiyatini tushunmaydi.
4. Ma`naviy-axloqiy talablarga doir odatlari shakllanmagan.
Ana shu darajalar orqali tajriba natijasini ifodaladik.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling