Мамадалиева Сайёра
Download 0.63 Mb.
|
МАМАДАЛИЕВА САЙЁРА
3.2.1-jadval
Oilada maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ma`naviy-axloqiy sifatlarini shakllanganlik darajasi (foiz hisobida)
Dissertatsiyaning 1.1.-faslda bayon qilgan maktabgacha katta yoshdagi tarbiyalanuvchilarda shakllanishi lozim bo’lgan asosiy tayanch fazilatlar sifatida «mehnatsevarlik», «insonparvarlik», «do’stlik», «mas`uliyatlilik»ni belgilab oldik. O’z navbatida har bir tayanch fazilat uchun xos bo’lgan ma`naviy-axloqiy sifatlarni aniqladik: 1) mehnatsevarlilik – ishtiyoqlilik, qiziquvchanlik, sabrlilik, irodalilik; 2) insonparvarlik – do’stlariga yordam berishga shaylik, kamtarlik, xushmuomalilik, odoblilik, saxiylik, beozorlik; 3) do’stlik – soflik, halollik, g’amxo’rlik, rostgo’ylik; 4) mas`uliyatlilik – tartiblilik, ozodalik, o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini nazorat qilish. Biz tajriba-sinov ishlari jarayonida ana shu ma`naviy-axloqiy sifatlarni o’sish va rivojlanish darajasini aniqlab bordik. Buning uchun tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarning o’z-o’ziga baho berish va bolalarning o’zaro bir-biri sifatlarini baholash metodidan foydalanib, yil davomida ikki marotaba baholash shaklasidan foydalanishdi: unda mehnatsevarlilik (A), insonparvarlik (B), do’stlik (V), mas`uliyatlilik (G) kabi axloqiy fazilatlarni baholashda besh ball bilan ifodalash tavsiya etildi. Olingan natijani tahlil etishda matematik metoddan foydalandik. Bunga muvofiq har bir guruhning ma`naviy-axloqiy sifatlarga olgan o’rtacha balini chiqarish uchun, har bir fazilatga bolalarning to’plagan umumiy bahosini tarbiyalanuvchilar soniga bo’lish natijasida guruhning shu sifatga to’plagan o’rtacha bahosi aniqlanib, rivojlanish darajasi belgilandi. Tajriba avvali va tajriba so’nggidagi sifatlarga bergan tarbiyalanuvchilarning ballarini matematik metod yordamida hisoblab, quyidagi javdallarda ifodaladik: Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling