Mamadjonov Shoirbek Erkinboy o‘g‘li Sotiboldiyeva Gulasal Shirinbek qizi


«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya


Download 43.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana10.11.2023
Hajmi43.19 Kb.
#1764508
1   2   3   4   5
Bog'liq
ZDIT2873

«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya 
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
texnikaviy tarozilardan foydalaniladi. Moddalar 0,0001-0,0002 g aniqlikda 
analitik tarozilarda tortiladi (22- rasm h ). 
Texno-kimyoviy va analitik tarozilarning tuzilishi prinsiplari bir xil. Texno-
kimyoviy tarozida (22-rasm a ) shayi deb ataladigan teng yoqali richag tayanch 
vazifasini о‘taydi, qolgan ikkitasi esa yuk kо‘tarish uchun xizmat qiladi, bu 
prizmalar yostiqchalarga о‘rnatilgan, yostiqchalarga esa halqa orqali tarozi 
pallalari osib qо‘yilgan. Tarozi pallasiga toshlar qо‘yishda yoki tarozi ishlamay 
turganda tebranishdan saqlash uchun о‘rtadagi prizmani yostiqchadan kо‘tarib 
qо‘yiladi. Buning uchun xizmat qiladigan moslama arretir deyiladi. 
Prizmaning yostiqchaga yotmaydigan holati tarozining arretirlangan holati 
deyiladi. Prizma va yostiqchalar qattiq pо‘latdan yasaladi. Analitik tarozilarda 
esa yostiqchalar agatdan tayyorlanadi. Shayining о‘rtasiga pastki tomoni uchli 
strelka о‘rnatilgan bо‘lib tarozi pallalari tebranib turganda bu strelkaning uchi 
pastki tomonga joylashtirilgan shkala bо‘ylab harakat qiladi. Shayi gorizontal 
holatda bо‘lsa strelka shkalaning nol belgisida turadi. Tarozida biron narsa 
tortishdan oldin uning tо‘g’ri ishlash va tо‘g’ri natija berishi tekshirib kо‘riladi. 
Buning uchun arretirn tushiriladi va strelkaning shkala bо‘ylab o’sishi kuzatiladi. 
Agar tarozi tо‘g’ri о‘rnatilgan va tо‘g’ri ishlayotgan bо‘lsa, strelka shkalaning 
о‘rtasidagi belgidan chap va о‘ng tomonga barobar og’adi, bu hol tarozi 
pallalarining muvozanatda ekanligini kо‘rsatadi. Agar strelka biron tomonga 
kо‘proq og’sa, shayning uchiga о‘rnatilgan pasangilardan birini yoki о‘nga yoki 
chapga burab, tarozi muvozanatga keltiriladi. 
Analitik tarozilar oldingi devorni yuqoriga kо‘tariladigan va eshikchalari bо‘lgan 
oynalangan shkafchalarda bо‘ladi. Shkafcha aniq tortishda chang va havo 
qarshiligidan saqlaydi. Tortish paytida va tarozi ishlatilmaydigan paytda 
eshikchalar berkitilib qо‘yiladi. Har bir analitik tarozi uchun maxsus toshlar 
ishlatiladi. Bu toshlar maxsus qutichadagi alohida uyachalarga joylashtirilgan. 
Odatda toshlarning og’irligi quyidagacha bо‘ladi: 
Gramlar - 50. 20. 10, 10, 5, 2,1. 
Milligramlar - 500, 200, 200, 100, 50, 20, 20, 10. 
Texno-kimyoviy tarozida tortish uchun yuqoridagidan osonroq toshlar ham 
ishlatiladi. 
Tarozi xarid qilmoqchi bo’lgan tashkilotingizda nafaqat narxlar oralig’iga, balki 
tovar va xizmatlar sifatiga ham e’tibor bering. Bizning tashkilotimiz 
O’zbekistonda tarozilarni sotish bilan 7 yil shug'ullanmoqda, va bunda biz 
yetakchi jahon ishlab chiqaruvchilaridan keng doiradagi sotiladigan 
mahsulotlar, a’lo darajadagi servis va keng doiradagi qo’shimcha xizmatlarni 
taklif etamiz. 



320 

Download 43.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling