Mamadmusa mamadazimov


Download 320.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/26
Sana20.07.2017
Hajmi320.92 Kb.
#11685
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
11685

O'ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY  VA  0 ‘RTA  MAXSUS  TA’LIM
VAZIRLIGI
MAMADMUSA  MAMADAZIMOV
UMUMIY 
ASTRONOMIYA
O 'zbekiston  Respublikasi  O liy  va  o 'rta   m axsus  t a ’lim  vazirligi 
5140200  -   Fizika  va  astronom iya  ixtisosligi  bo ‘yicha  tahsil 
olayotgan  talabalar  uchun  darslik  sifatida  tavsiya  etilgan
Toshkent 
«Yangi asr avlodi» 
2008

«Umumiy astronomiya» darsligi pedagogika universiteti va institutlarining «Fizika 
va  astronom iya»  ixtisosliklari  uchun  m o'ljallangan  kurs  b o'lib ,  u  «Sferik 
astronomiya»,  «Osmon  mexanikasi  va  nazariy  astronomiya  asoslari»,  «Astrofizika 
metodlari  va  kuzatish  asboblari»,  «Quyosh  sistemasi  jismlarining  fizik  tabiati», 
«Yulduzlar»,  «Bizning  Galaktikamiz  tuzilishi  va  tarkibi»,  «Tashqi  galaktikaiar», 
«Kosmogoniya va kosmologiya elementlari» bo'limlarini o'z ichiga olgan. Pedagogika 
oliy o'quv yurlarining «Fizika», «Fizika va astronomiya» ixtisosliklari talabalari uchun 
«Umumiy astronomiya» kursidan o'quv materiallarini o'rganishda ham undan muhim 
o'quv  vositasi  sifatida  foydalanish  mumkin.
TaqrizchDat:
SH.A.  EGAMBERDIYEV, 
fizika-matematika  fanlari  doktori,  professor 
I S. SATTOROV, 
fizika-matematika  fanlari  doktori,  professor
ISBN 978-9943-08-361-S
©  Mamadazimov  Mamadmusa  «Umumiy  astronomiya». 
«Yangi asr avlodi», 2008-yil

SO'ZBOSH I
U m u m iy   astronom iya  kursi  talabalarda  aso sa n   ilm iy  d u n yoq arash n i 
shakJlantirishni k o ‘zda tutgan holda, ularga Koinotning tuzilishi va evolyutsiyasi 
t o ‘g ‘risidagi ilmiy tasavvum i, osm on jismlari va ularning sistem alarining fizik 
tabiatlari haqida tushunchalami shakllantirishni  hamda astronom iyaning inson 
o ‘z hayotid a foydalanib kelgan va foydalanayotgan ayrim am aliy tom onlarini 
k o ‘rsatish, tushuntirishni m aqsad qiladi.
A stro n o m iy a   kursi  shuningd ek  talab alard a,  o sm o n   jism lari,  ularning 
sistem alarida  kechadigan  barcha  hodisalarning  fizik  m ohiyatini  ilmiy  talqin 
etish ga va bu hodisalarning kechishida hech qanday g ‘ayri-tabiiy kuchlarning 
о ‘m i   yo'qligiga  shuningdek,  ular  tabiatning  mavjud  qonunlari  asosida  ro ‘y 
berayotganligi borasida to ‘g ‘ri m a ’lumotlarni  beradi.
Z a m o n a v iy   astronom iya  elektrom agnit  t o iq in la r   shkalasinin g  deyarli 
barcha diapazonlarini zabt etib, bu to iq in la rd a  Yerdan va Y er atm osferasidan 
tashqarida t o i a  kuzatish olib boradi.
O xirgi  yillarda  quvvatli  teleskoplarning  ishga  tushirilishi,  o'nlab  su n ’iy 
y o id o s h la r   yordamida  elektrom agnit  to iq in la r   shkalasining  qisqa  to iq in li 
diapazonlarda olib borilayotgan kuzatishlar, insonning k o ‘rish chegarasini bir 
necha  milliard  y o r u g iik  yiliga  teng  m asofaga  qadar ch o'zish ga  im kon  berib, 
K o in o t q a ’rida k o ‘z ko'rib,  quloq  eshitm agan  behisob g ‘aroyib hodisalar va 
k o ‘plab juda quvvatli obyektlarning kash f etilishiga olib keldi.  Bu obyektlarda 
(neytron yulduzlar, kvazarlar va boshqalar) kechadigan fizik jarayonlar, k o ‘p 
h ollarda  jum boqliligi  bilan  nazariyotchi  va  am aliyotchi  fiziklam i  hayratga 
solm oq d a.  Bu hodisalar sirlarini  bilish,  oqibatda  insoniyatga  plazm a fizikasi, 
yadro fizikasi va energetika muamm olarini hal qilishda katta yordam  bera olishi 
k o ‘z d a   tutilm oqda.  Shu  bois  K o in o t evolyutsiyasi  va  undagi  fizik jarayonlar 
bilan  X X I  asr  talabalarini  tanishtirish,  ularni  global  m asshtabda  fikrlash  va 
tafakkur qilishni o'rgatish astronom iya predmetining o ‘z oldiga q o ‘ygan muhim 
vazifalaridan  hisoblanadi.
Bakalavriatning «fizika-astronom iya» ixtisosligiga m o ija lla n g a n  um um iy 
astronom iya kursi 210 soatga m o'ljallangan b o iib , o ‘quv dasturida keltirilgan 
m a te r ia lla r n i  t o i i q   o ‘z  ich ig a   o la d i.  D a r slik d a   b a y o n   q ilin g a n   o ‘q u v 
materiallarining m a’lum qismi, talabalar tom onidan bilim larni chuqurlashtirish 
m aqsadida, mustaqil o ‘qish uchun tavsiya etiladi.  D arslik m azm uni negizida, 
o ‘quxdasturL b o ‘yicha_rnpijallanggin-astronomiyadan am aliy va laboratoriya 
in a sh g ‘u l o t l ^ g ^ ^ £ ^ ( ^  qiyinchifik jarsiz t o iiq  bajarish im koni m avjud.
ji 
>•  . oH esurs  markazi j 3 

___j 
cl
43
/£f

KIRISH
l-§ .  Astronomiya  fanining  predmeti  va  uning  vazifalari
«Astronomiya»  yunoncha  so‘z  bo‘lib,  «astron»  -   yulduz,  «nomos»  -  
qonun degan m a ’noni  bildiradi. Astronomiya osmon jismlari v a ularning 
sistemalari  harakatini,  tuzilishini  va  rivojlanishini  o ‘rganadigan  fandir.
A stronomiya  tabiat fanlari ichida eng qadimiysi hisoblanadi.  Kishilar 
juda  qadim   zam onlardayoq  osmon  jismlari,  jumladan,  Quyosh,  Oy  va 
sa y y o ra la r  h a ra k a tla rin i  o ‘rg an ib ,  yil  fasllari,  Oy  fa z a la ri,  h atto  
tutilishlarini  ham   oldindan  ayta  oladigan  darajaga  erishganlar.
Boshqa  tabiat  fanlari vakillaridan  farqli  o ia ro q ,  astronom lar  osmon 
jismlari bilan bevosita tajribalar o'tkazish imkoniga ega emaslar (hozircha 
Yer,  Oy  va  say yoralarini  hisobga  olm aganda).  Shuning  u ch u n   ham 
astronom iya  kuzatish  fani  deyiladi,  chunki  osmon jismlarining  tabiatiga 
tegishli  b a rc h a   x u lo salar  asosan  kuzatish   m ateriallarin i  o 'rg a n is h  
yordam ida  q o ‘lga  kiritiladi.
Osmon jism larini  o ‘rganishda,  astronomiya  fani,  o'z  oldiga  yechilishi 
ta lab   etilad ig an   quyidagi  uchta  asosiy  vazifani  q o ‘yadi  d eb   qarash 
mum kin:
1) osmon jism larining fazoda ko'rinm a holat va harakatlarini, so'ngra 
bu  m a ’lu m o tla r  asosida  ularning  h arak atlarini  o 'rganish,  ulargacha 
bo‘lgan  m asofalar,  o'lchamlari,  massalari  va  shakllarini  aniqlash;
2)  osmon  jism larining  kimyoviy  tarkibi  ichki  va  sirtiga  tegishli  fizik 
s h a ro itn i  (te m p e ra tu ra ,  zich lik ,  bosim   va  bosh q a  shu  k a b i  fizik 
kattaliklarni)  aniqlash;
3)  osm on  jism lari  va  sistemalarining  kelib  chiqishi,  evolyutsiyasi  va 
kelajak  taqdirini  o'rganish.
4

Astronomiyaning birinchi vazifasiga tegishli m asalalar juda qadimdan 
o'rganiladi.  Ayniqsa,  osmon  mexanikasining asosiy qonunlari  Kepler va 
N y u to n   tom onidan  ochilgandan  so‘ng  bu  sohada  k a tta   yutuqlarga 
erishildi.
O sm on jismlarining  fizik  tabiatlarini  tadqiq  etish  esa  nisbatan  qisqa 
d av r ichida amalga oshirildi, asosan oxirgi bir necha o ‘n yillar mobaynida 
bu  so h a d a  bir  necha  yangi  m etod lar  va  quvvatli  jihozlarning  ishga 
tushirilishi  evaziga  muhim  va  salmoqli  natijalar  q o ig a   kiritildi.
Astronomiyaning  uchinchi  vazifasi  oldingi  har  ikkala  vazifalaridan 
h am   murakkab  bo‘lib,  uning  yechilishi  bir  necha  yuz  yillar,  hatto  ming 
y illar  davom ida  yig'ilgan  m ateriallarni  o ‘rganish,  tahlil  qilish  bilan 
b o g 'liq .  Shu  bois  hozircha  bu  sohaga  tegishli  bilim larim iz  farazlar, 
taxm inlar  va  gipotezalar  bilangina  cheklanadi.
2-§.  Astronomiya  fanining  bo‘limlari
H ozirgi  zamon  astronom iya  fani  o ‘zaro  bog‘liq  bir  necha  asosiy 
bo lim lardan   tashkil  topgan.  Quyida  shu  bo‘limlar va  ularning predmeti 
keltirilgan:
L.  Astrometriya  kosmik jism lam ing  fazodagi  ko'rinm a  vaziyatini  va 
harakatini  tekshiradi.  Vaqtni  o'lchash  masalalari  bilan  shug‘ullanadi. 
A strom etriya  o ‘z  navbatida:  a)  sferik  astronom iya,  b)  fundamental 
astronomiya,  d)  amaliy  astronom iya  kabi  bo'limlarga  bo'linadi.
2.  Nazariy  astronomiya  va  osmon  mexanikasi  butun  olam  tortishish 
q o n u n i  va  K epler  q o n u n la ri  aso sid a  osm on  jism la rin in g   h aq iq iy  
harakatlari  va  orbita  elementlarini  o ‘rganadi.
3.  Astrofizika,  samo jismlarining tuzilishi,  fizik tabiatlari va kimyoviy 
tarkibini  o'rganadi.
4 .  Y u ld uzlar  astro n o m iy asi  y u ld u z lar,  u la rn in g   sistem alari  va 
yulduzlararo materiyaning fazoda taqsimlanishi va harakatlarini, ularning 
fizik  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  tadqiq  etadi.
5. Kosmogoniya osmon jism lari va ular sistemalarining paydo  bo'lishi 
va  evolyutsiyasi  qonuniyatlarini  o ‘rganadi.
6.  Kosmologiya  esa  K oinotning  tuzilishi  va  rivojlanishining  umumiy 
qonuniyatlarini  o'rganish  bilan  shug'ullanadi.
5

3-§.  Astronomiya  fani  shakllanishining  qisqacha  tarixi
Astronomiya  ham  boshqa  barcha  fanlar  singari jam iyatning  amaliy 
ehtiyojlari  asosida  vujudga  kelgan.  Astronomiya  fani  kurtaklari  Bobil, 
Misr, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlarda bundan bir necha ming 
yil  avval  mavjud  b o ‘lgan.  M asalan,  Misr  kohinlari  m iloddan  3  ming 
y ilcha  avval  N il  d ary o si  to s h q in in in g   b o sh lan ish in i  a s tro n o m ik  
kuzatishlar  asosida  oldindan  aytib  berganlar.  Bunda  osmon  shimoliy 
yarim sharining eng yorug*  yulduzi Siriusning sharqda, ertalabki Quyosh 
shafaqlari bilan birinchi ko‘rinadigan vaqtda va Nil daryosi toshqinining 
boshlanishi  orasida  bog ianish   borligi  aniqlangan.  K o‘p  yillik  bunday 
kuzatishlar  tropik  yilning  uzunligini  aniqlash  imkonini  berdi.
Qadimda  yunon  astronom lari  izchil  kuzatishlar  asosida,  kuzatilgan 
astro no m ik   ho d isalarn in g   kelib  chiqish  sabablarini  a n iq la sh g a   va 
tushuntirishga  ham  harakat  qilganlar.  Xususan,  Pifagor (mil.a'vv.VI  asr) 
birinchilardan  b o iib   Yerning  sharsimon  shaklda  ekanligi  haqida  fikr 
berdi,  Aristotel  (mil.avv.  IV  asr)  esa  Olam  markazida  harakatsiz  Yer 
joylashgan  degan  geosentrik  sistem aga  asos  soldi.  A leksandriyalik 
Eratosfen  (mil.avv.III  asr)  birinchilardan  b o iib   Yer meridiani  yoyini  va 
keyinchalik,  shu  asosda  sayyoram izning  radiusini  o ic h ad i.  M ashhur 
yunon  olimi  va  faylasufi  Gipparx  (mil.avv.  II  asr)  yuzlab  yulduzlarning 
koordinatalarini  o ‘zida  aks  ettirgan  birinchi  yulduzlar  katalogini  tuzdi 
va pretsessiya hodisasini kashf qildi.  Milodning II asrida m ashhur yunon 
astronomi Klavdiy Ptolemey  «Megale sintaksis» («Buyuk tuzilish»)  nomli 
asarida  yunon  astronomiyasi  yutuqlarini  umumlashtirib,  sayyoralarning 
k o 'rinm a  sirtm oqsim on  h arak atlarin i  tushuntira  oladigan  v a   asosida 
A ristotel-G ipparxlarning  geosentrik  nazariyasi  yotgan,  O lam   tuzilishi 
haqidagi  yangi  ta iim o tn i  yaratdi.  Bu  taiim o tg a  k o ‘ra,  o ‘sh a  paytda 
m a iu m   b o ig a n   beshta  sayyora  (M erkuriy,  Venera,  M ars,  Y upiter  va 
Saturn)  epitsikl  deyiluvchi  ay lanalar  bo'ylab,  mazkur  epitsikllarning 
m arkazi  esa,  Yer  atrofida  deferent  deyiluvchi  katta  aylanala.r  bo'ylab 
ay lan a d i.  G arch i  g eo sen trik  n a z a riy a   Olam  tu z ilish in in g   haqiqiy 
m anzarasini  aks  ettirm agan  b o is a -d a ,  biroq  u  salkam  o ‘n  besh  asr 
davomida  tan  olib  kelindi.
U muman  olganda,  III-V  asrlargacha  astronomlar  erishgan  yutuqlar 
shulardan  iborat  b o iib ,  keyinchalik  VI-XII  asrlarda  Yevropa.da  feodal 
tuzumning yemirilishi, o ‘zining qoloq agrar xo‘jaligini va savdo a.loqalarini
6

yo‘lga  qo‘yishda,  astronomiyadan  amaliy  bilimlarga  k atta  ehtiyoj  seza 
boshladi.  Bu  davrda  mavjud  barcha  dinlar  uchun  Yer  Olam  markazida 
jo y lash gan  degan  teologik  q arash   h u k m ro n   edi.  Shu  bois  bunday 
qarashga  shak keltiradigan  har qanday  boshqa qarashlam ing mualliflari 
din  'vakillari  tomonidan  qattiq jazoga  mustabid  edi.
A yni  davrda  sharqda  vujudga  kelgan  yirik  teo k ratik   davlat  islom 
xalifaligida  fan  va  madaniyat  taraqqiyoti  uchun  qulay  sharoit  vujudga 
keldi.  Ayniqsa,  IX-XV  asrlarda,  Yaqin  va  O lrta  sharq  ham da  Markaziy 
Osiyo mamlakatlarida yirik astronom ik rasadxonalar barpo etildi. Ularda 
A l-Battoniy,  A l-F arg‘oniy,  A l-X orazm iy,  A bul-V afo  Buzjoniy,  Abu 
M ahm ud  Hamid  al-Xo‘jandiy,  A bdurahm on  as-So‘fiy  va  ibn  Yunus 
k a b i  m a sh h u r  o lim lar  ijo d   q ild i.  X u su sa n ,  A l-B a tto n iy   yu n on  
astronomiyasi  erishgan  yutuqlarni  umum lashtirib,  Oy  harakatiga  doir 
b a ’zi  m a ’lum otlarlarni  aniqladi.  Buyuk  vatandoshim iz  A l-F arg‘oniy 
yozgan «Astronomiya asoslari» nomli asar o ‘sha davr astronomiyasining 
o‘ziga  xos  qomusiy  kitobi  xizm atini  o ‘tadi.  Oy  va  uning  harakatlari 
to ‘g ‘risidagi  kashfiyotlari,  Yer  meridiani  uzunligini  o ic h a sh   b o ‘yicha 
ishlari  bilan  Abu-al-Vafo dunyoga  tanildi.  X-XI  asrda  yashab ijod etgan 
ulug‘  o ‘zbek  allomasi  Abu  Rayhon  Beruniyning  astronom iyaga  oid  40 
dan  ortiq  asarlari  bizgacha  yetib  kelgan.  Uning  «Xronologiya»  asarida 
Yevropa va  Osiyodagi  deyarli  barcha  xalqlarning  turli  davrlarga  tegishli 
taqvim tizimlari batafsil yoritilgan b o iib , ularda bu taqvimlarning asoslari 
va  biridan  ikkinchisiga  o‘tish  y o ilari  to iiq   bayon  qilinadi.
Beruniyning  «Geodeziya»,  «Qonuni  M as’udiy»  va  «Yulduzlar  ilmi» 
asarlari  toialigicha  astronomiyaga  bag‘ishlangan  b o iib ,  ularda  Quyosh, 
Oy  va  Sayyoralarning  h arak atlarig a  doir  k o 'p la b   m a iu m o tla r,  Yer 
radiusini  oichashning  o‘sha  zamonda  m a iu m   b o ig a n   bir  necha  usullari 
keltirilgan. Beruniynng izdoshi U m ar Hayyom ham koinot haqida bir qator 
falsafiy fikrlar bildirib, nihoyatda katta aniqlikka ega b o ig an , ayni paytdagi 
quyosh-hijriy taqvimining asosi b o ig a n  Quyosh kalendarini  ishlab chiqdi.
X V   asrda  sharq  astronom iyasining  yana  b ir  buyuk  nam oyandasi 
U lug'bek  Sam arqandda  dunyoda  eng  yirik  astro no m ik  rasadxonani 
b arp o  etdi.  R asadxonaning  bir  necha  o ‘n  yillik  faoliy ati  davom ida 
Qozizoda  Rumiy,  G iyosiddin  Jam shid  Koshiy  va  Ali  Qushchi  hamda 
boshqa  taniqli  olimlardan  iborat  astronomiya  m aktabi  shakllandi.
Astronomiyaning  keyingi  ravnaqi  Yevropada  bir  q ato r  olimlarning 
astronom iya  sohasidagi  fundam ental  kashfiyotlari  bilan  b o g iiq .  Bu

borada  polshalik  astronom  N .Kopernik  (1473-1543),  italiyalik  J.Bruno 
(1548-1600)  va  Galiley  (1564-1642),  nemis Iogann Kepler (1572-1630) va 
ingliz  Isaak   N y u to n   (1643-1727)  larning  ijodiy  faoliyatlari  ayniqsa 
barakali  b o id i.  XVI  asrdan  XX  asrning  boshlarigacha  tabiatshunoslik 
yo‘nalishida  qilingan  asosiy  kashfiyotlar  va  qonuniyatlarning  aksariyati 
yuqoridagi  olim larning  nomlari  bilan  bogiiq.  Shuningdek,  b u   davrda 
taniqli  olim lardan  О.  K.  Remer,  E.  Galley,  J.  Bradley,  I.  G.  Galle,  V. 
Y a.  S tru v e,  F .  V.  Bessel  va  b o sh q alarn in g   astro n o m iy a  fan in in g  
rivojlantirishda  xizmatlari  katta  b o id i.
XX asr o ‘rtalarida spektral analizning kashf etilishi va astronomiyada 
fotografiyaning  qo ilan ilishi  natijasida  astronom iyaning  yangi  ufqlari 
ochildi.  Bu osmon jismlarining fizik tabiatlarini  o ‘rganish borasida katta 
im k o n iy atlarn i  vujudga  keltirdi.  O q ibatd a  osm on  jism lari  va  ular 
sistemalarining  fizik  tabiatlarini  o ‘rganish  bilan  shug‘ullanadigan  yangi 
fan -   astrofizikaga  asos  solindi.
Ayni  p ay td a  m am lakatim izda  ham   yirik  astronom ik  m arkazlar  -  
0 ‘z b e k isto n   R e s p u b lik a s i  F A   A stro n o m iy a  I n s titu ti  v a   u n ing 
Qashqadaryo  viloyati  Kitob  tum anida  Ulug‘bek nomli  X alqaro  kenglik 
stansiyasi va  Qamashi  tumanida  M aydanak Balandtog*  observatoriyalar 
kompleksi  filiallari  hozirga  qadar  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  M azkur  ilmiy 
dargohlarda  bir  qator  taniqli  o ‘zbek  olimlari  astronomiya va  astrofizika 
m uam m olari  bo'yicha  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  olib  borishmoqda.
Savol va topshiriqlar
1. Astronomiya fani nimani o‘rganadi?
2.  Astronomiya  boiimlari va ularning predmeti haqida gapirib
bering.
3.  Astronomiyaning fan  sifatida  shakllanishida  O 'rta  Osiyo va
Yevropa olimlarining hissasi haqida gapirib bering.
8

I  BOB.  SFERIK  ASTRONOMIYA  ASOSLARI
l-§.  Yoritgichlarning  ko‘rinma  holatlari.  Yulduz  turkumlari
K u z a tu v c h i  Y er  sirtin in g   q aysi  n u q ta s id a n   tu rib   q a ra m a s in , 
yorltkichlar  (Quyosh,  Oy,  sayyoralar  va  yulduzlar)  go‘yo  undan  bir  xil 
masofada, m a’lum sferaning ichki qismida joy olgandek tuyuladi. Odatda 
bunday  sfera  osmon  deb  yuritiladi.  Bulutsiz  tunda  osmonda  yulduzlar 
b ila n   birga  biz  Oyni,  sayyoralarni,  ayrim   tu m anlik larn i  va  b a ’zan 
kometalarni  ko‘ramiz.
G archi  bir  qarashda,  yulduzlarning  son-sanog‘i  yo'qdek  tuyulsa-da, 
aslida  oddiy  k o ‘z  bilan  qaraganda  ularning  soni,  osmonning  m a ’lum 
yarim   sferasida  uch  mingdan  ortmaydi.
Yulduzlarning o ‘zaro joylashishi juda sekinlik bilan o ‘zgaradi, maxsus 
o'lchashlarsiz, oddiy kuzatishlar asosida bunday o ‘zgarishlarni bir necha 
o ‘n ,  hatto  yuz  yillardan  keyin  ham  sezib  bo'lm aydi.  Bunday  hoi  Yer 
sirtida yulduzlarga qarab oriyentir (m o‘ljal)  olish uchun ju d a qo‘l  keladi 
va  shu  bois,  ju d a   q ad im   z a m o n la rd a y o q   sa y y o h la r  «yulduz 
kompas»lardan  keng  foydalanganlar.
Qadim gi sharqda  oriyentir olish uchun  osmonning yorug*  yulduzlari 
alohida to ‘dalarga ajratilib, ularga yulduz turkum lari deb nom berilgan. 
Y ulduz  turkum lari,  hayvonlar  (K atta  Ayiq,  Oqqush,  Arslon,  Ajdaho, 
K it  va  hokazo),  yunon  afso n alarin in g   q a h ra m o n la ri  (K assiopeya, 
A ndrom eda,  Pegas  va  boshqalar)  va  b a ’zan  ularning  yorug1  yulduzlari 
birgalikda qaralganda eslatadigan geometrik shakl yoki predmetlarning 
(U chburchak,  Tarozi)  nom lari  bilan  yuritiladi.
3CVII  asrda  h ar  bir  yulduz  tu rk u m ig a  kiruvchi  bir  necha  yorug* 
yulduzlar  yunon  alifbosining  harflari  ( a ,   P,  y,  5,  va  hokazo)  bilan 
belgilandi. Shuningdek,  130 ga yaqin yorug* yulduzga xususiy nom berildi. 
Jum ladan,  K atta  Itning  a   si  -   Sirius,  A ravakashning  a   si  -   Kapella, 
Liraning  a   si  -   Vega,  Orionning  a   si  -   Betelgeyze,  Perseyning  a   si  -  
A lgol  va  hokazo  nomlar  bilan  yuritila  boshlandi.  Keyinchalik  xiraroq 
yulduzlarni tartib raqami bilan belgilash qabul qilindi va u hozirgi paytda 
aso san  xira  yulduzlar  uchungina  ishlatiladi.
1922-yiIda  yulduz  turkum larini  chegaralovchi  egri  chiziqlar  to ‘g ‘ri 
chiziqlar  bilan  almashtirilib,  ayrim  k atta  maydonli  yulduz  turkum lari
9

bir necha  yulduz  turkum lariga  ajratildi.  Hozirgi  kunda  osmon  sferasi  88 
uchastkaga,  ya’ni  yulduz  turkumiga  boiingan.
M a ’lum  yulduz  turkum iga  kiruvchi  bir  necha  yorug*  yulduzlar  shu 
tu rk u m ig a   (yoki  b a ’zan   q o ‘shni  yulduz  tu rk u m ig a)  k iru v ch i  xira 
yulduzlarni  topishda  yaxshi  oriyentir  bo'lib  xizmat  qiladi.
Osmonda m a’lum yulduz turkumi yoki yulduzni topish uchun dastlab 
yulduz  xaritalari  va  atlaslari  bilan  yaxshilab  tanishmoq  va  so‘a g ra   k o ‘p 
m a rta   m ashq  qilm oq  zarur.  Ayniqsa  osm onning  surilm a  x aritasid an  
foydalanishni o'rgangan kishi uchun osmonda m a’lum yulduz yoki yulduz 
turkum ini  topish  ortiqcha  qiyinchilik  tug‘dirmaydi.
2-§.  Quyosh,  Oy,  sayyoralar  va  yulduzlarning  ko‘rinma 
harakatlari
Agar tunda m a’lum bir joydan turib, bir necha soat davom ida tinimsiz 
yulduzlar  kuzatilsa,  butun  osmon  sferasining  yulduzlari  kuzatuvchidan 
o'tuvchi faraziy o‘q atrofida aylanishini ko‘rish mumkin. Bunday aylanish 
davom ida  ixtiyoriy  yoritgich  o ‘z  vaziyatini  gorizont  (ufq)  tom onlariga 
nisbatan o'zgartiradi va ularning aylanish davri bir sutkani tashkil qiladi. 
Shuning  uchun  yoritgichlarn ing   bunday  h arak a ti  ularning  sutkalik 
k o ‘rinm a  h a ra k a ti  deyiladi,  boshqacha  aytg an d a,  bunday  aylanish 
Yerning  o ‘z  o ‘qi  atrofida  aylanishi  tufayli  sodir  b o iad i.
Agar yoritgichlarning sutkalik harakatlari Yerning shimoliy qutbiga juda 
yaqin  b o im ag an   -   o ‘rta  geografik  kengliklardan  turib  kuzatilsa, janub 
tomonga qarab turgan kuzatuvchiga yoritgichlar chapdan o'ngga, y a ’ni soat 
strelkasi  yo‘nalishida  harakatlanayotgandek  k o ‘rinadi.  B unda  m a iu m  
yoritgich, sharq tomonda, har doim m a’lum bir nuqtadan ko'tarilib, g'arbda 
esa  aniq  bir  nuqtada  botadi.  Uning  gorizontdan maksimal  balandligi  ham 
(janub  tomon  yo'nalishida)  kunlar  o ‘tishi  bilan  o'zgarmaydi.
A gar kuzatuvchi shimol tomonga qarasa,  bir qism yulduzlar sharqdan 
chiqib g‘arbga botayotgani holda,  boshqa bir qismi m a iu m  qo‘ zg‘almas 
nu qta  atrofida  konsentrik  aylanalar  chizishini  ko‘rish mumkin  Bu  q o ‘z g ‘alm as  n u q ta   -   o lam n in g   shim oliy  q u tb i  deb  y u ritila d i. 
Olamning  shimoliy  qutbi,  Kichik  Ayiq  yulduz  turkumining  (K atta Ayiq
-   Yetti  qaroqchiga  q o ‘shni  yulduz  turkumi)  eng  yorug*  yulduz:i  -     si 
yaqinidan  (orasi  tax m inan  Г)  joy   olgan  b o iib ,  Kichik  A yiqning  bu 
yulduzi  Q utb  yulduzi  deb  ataladi.
10

Q uyosh  va  Oyning  sutkalik  k o 'rin m a 
harakatlari  ham  sharqdan  g'arb g a  tom on 
k u z a tilib ,  y u ld u z lard a n   fa rq li  o 'la r o q , 
ularning chiqish va  botish nuqtalari  ham da 
m aksim al  balandliklari  (janub  tom onda) 
kun sayin o'zgarib boradi. Xususan, Quyosh 
N a v ro 'z d a ,  y a ’ni  21  m artda,  aniq  sharq 
nuqtasidan ko'tarilib,  aniq g 'arbda botgani 
holda bundan keyin uning chiqish va botish 
nuqtalari  shimol  tomonga  siljib  boradi  va 
bu  hoi  22  iyungacha  davom  etadi.  So'ngra 
bu  nuqtalar,  aksincha,  gorizontning janub 
tom oniga  siljiy  boshlaydi.  Shuningdek,  bu 
davrda,  Quyoshning  tush  paytdagi  baland­
ligi  ham pasaya borib, kunduzi qisqarishga, 
tun  esa  aksincha,  uzayishga  boshlaydi.
Sayyoram izning  y o 'ld o sh i  -   Oy  ham  
sutkalik ko'rinm a  harakatda  ishtirok  qilib, 
sharqdan g'arbga yulduzlar bilan birga siljib 
b o rad i.  Biroq  k o 'p   vaqt  ta la b   etm aydigan  k u zatish lard an o q ,  Oyni 
yulduzlarga  nisbatan  osm onning  sutkalik  h arak atig a  qaram a-qarshi 
yo' nalishda  ham   siljib  borishini  sezish  m um kin.  Bu  u n in g  haqiqiy 
h arak a ti  bo'lib,  Oy  yulduzlarni  oralab   g 'a rb d a n   sharqqa  tom on  har 
sutkada taxminan  13 gradusdan siljib boradi va 27,32 sutkada Yer atrofmi 
bir  m arta  to'liq  aylanib  chiqadi.
Quyoshning  bir  necha  oy  davom ida  sistemali  kuzatilishi  oqibatida, 
Oy  kabi  Quyosh  ham,  yulduzlarga  n isbatan  g 'a rb d a n   sharqqa  siljib 
borishi  m a’lum  b o iad i.  Quyoshning  bunday  ko'rinma  harakati  tufayli 
sutkalik  siljishi,  Oynikiga  nisbatan ju da  kichik  bo'lib,  atigi  1  gradusga 
yaqin  yoyni  tashkil  qiladi  va  bir  yilda  bir  m arta  t o i a   aylanib  chiqadi.
Q uyosh  va  Oyning  osm onni  bir  t o i a   aylanib  chiqadigan  yo'llari 
bir-biriga  ju d a  yaqin  b o 'lib ,  ular  kesib  o 'ta d ig a n   yulduz  turkum lari 
Z o d iak   yulduz  turkum lari  (y u n o n ch a  «zoo»  -   h ay v o n lar)  deyiladi. 
M azkur  yulduz  turkum lari  12  ta  b o'lib,  ular  H ut,  H am al,  Savr,  Javzo, 
Saraton,  Asad,  Sunbula,  M ezon,  A qrab,  Qavs,  Jaddi  va  Dalv  degan 
n o m la r  b ilan  atalad i.  B u la rd a n   b irin ch i  u c h ta sin i  Q uyosh  b a h o r 
oylarida,  navbatdagi  uchtasini  yozgi  oylarda,  qolganlarini  esa,  mos

Download 320.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling