Mamadova dildoraning zoologiya fanidan tayyorlagan


Ko’l baqasining tuzilishi va rivojlanishi Yashash muhiti va hayot kechirishi


Download 158.77 Kb.
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi158.77 Kb.
#1585208
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAMADOVA DILDORA ZOOLOGIYA

4.1. Ko’l baqasining tuzilishi va rivojlanishi Yashash muhiti va hayot kechirishi.
Ko‘l baqasi yer yuzida keng tarqalgan, faqat sovuq shimoliy mintaqalarda va baland tog‘li hududlarda uchramaydi. Yilning iliq mavsumlarida uni sernam joylarda, chuchuk suv havzalari va ular yaqinida uchratish mumkin. Hayotining ko‘p qismini quruqlikda o‘tkazsa-da, suvdan hech qachon nari ketmaydi. Baqa ariqlar tubidagi balchiqqa ko‘milib yoki suv ostidagi o‘simliklar orasida, daraxtlar ildizi yaqinidagi kovaklarda qishki uyquga ketadi.
Ko‘l baqasi kunduz kunlari qirg‘oq yaqinida ov qiladi. U qo‘ng‘iz, pashsha, chivin, o‘rgimchak kabi mayda umurtqasiz hayvonlar. Ovga chiqqan baqa qimirlamay o‘ljani poylab yotadi. Baqalar faqat harakatlangan o‘ljanigina payqaydi. Baqa og‘zidan uzun yopishqoq tilini chiqarib, o‘ljani tili bilan yopishtirib oladi. Tashqi tuzilishi. Baqaning gavdasi yapaloq, katta yassi boshi tanasiga chegarasiz qo‘shilib ketganligidan bo‘yni bilinmaydi.
Boshi tanasiga harakatchan birikkanligi bilan baliqlardan farq qiladi. Bo‘yni qisqa bo‘lsa ham, baqa boshini har tomonga buradi va ega oladi. Boshining ikki yoniga bo‘rtib chiqqan ko‘zlarini yuqoridan va pastdan harakatchan qovoqlar himoya qiladi. Qovoqlar ko‘zni namlab, uni qurib qolishdan saqlaydi. Bir juft burun teshigi ko‘zlarining oldida joylashgan.
Burni hid bilish va havo o‘tkazish vazifasini bajaradi. Burun bo‘shlig‘i og‘iz bo‘shlig‘i bilan tutashgan. Baqa va boshqa suvda hamda quruqlikda yashovchilar atmosfera havosi bilan nafas oladi. Havo burun teshiklari orqali o‘pkaga o‘tadi. Burni va ko‘zlari boshining ustki qismida joylashgan. Baqa faqat burni va ko‘zini suvdan chiqarib, atrofni kuzatib turadi.
Baqa suv ostiga sho‘ng‘iganida maxsus klapanlar uning burun teshigini bekitib, nafas yo‘liga suv o‘tkazmaydi. Baqa ko‘zining orqa tomonida joylashgan nog‘ora pardasi eshitish organi hisoblanadi. Erkak baqalar boshining ikki yonida tovushni kuchaytiradigan kulrang pufaklar – rezonatorlar bo‘ladi. Baqalar urchish davrida vaqillagan ovoz chiqaradi.
Baqa va hamma quruqlikda yashovchi xordalilarning ikki juft yurish oyoqlari rivojlangan. Oldingi oyoqlari yelka, bilak va panja; orqa oyoqlari son, boldir va tovon bo‘limlariga bo‘linadi. Baqaning oldingi oyoqlari to‘rt barmoqli bo‘lib, beshinchi barmog‘i rivojlanmagan. Orqa oyoqlarining besh barmoqlari orasida tarang tortilgan . Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfi suzgich pardasi bor. Orqa oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatan uzun va baquvvat bo‘ladi.
Quruqlikda baqa orqa oyoqlariga tayanib sakraydi, suvda esa orqa oyoqlarini dam-badam bukib va yozib suzadi. Baqaning terisida shilimshiq suyuqlik ishlab chiqaruvchi bezlar uning terisini namlab, qurib qolishdan saqlaydi. Skeleti va muskullari. Baqa skeletining asosiy bo‘limlari zog‘orabaliqnikiga o‘xshash suyaklardan iborat .
Biroq quruqlikda hayot kechirishga moslashishi va oyoqlarining paydo bo‘lishi tufayli skeleti tuzilishida qator o‘ziga xos xususiyatlar yuzaga kelgan. Xususan, umurtqa pog‘onasi bo‘yin umurtqasi orqali kalla suyagi bilan harakatchan qo‘shilgan. Baqaning qovurg‘alari rivojlanmaganidan ko‘krak qafasi ham bo‘lmaydi.
Dum umurtqalari birlashib, bitta uzun dum suyagini hosil qiladi. Baqaning oldingi va orqa oyoqlari skeleti kamar suyaklari orqali umurtqa pog‘onasi bilan tutashgan. Oldingi oyoqlar skeleti bittayelka, ikkita bilak va bir qancha panja suyaklaridan iborat. Ular yelka kamari: ikkitadan ko‘krak tirgak, o‘mrov va kurak suyaklari orqali umurtqa pog‘onasiga birikadi. Kamar suyaklarining ikkinchi uchi to‘sh suyagiga tutashgan.
Orqa oyoqlar son, boldir, tovon, panja suyaklaridan iborat. Orqa oyoqlar kamarini o‘zaro harakatsiz birikkan uchta chanoq suyaklari hosil qiladi. Chanoq suyaklari orqa oyoqlar uchun tayanch bo‘ladi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar oldingi va orqa oyoqlarining barcha suyaklari o‘zaro bo‘g‘imlar orqali harakatchan birikkan; muskullari nisbatan kuchli rivojlangan. Shuning uchun ularning harakati baliqlarnikiga nisbatan xilma-xil va murakkab bo‘ladi.2
Hazm qilish sistemasi. Baqaning hazm qilish organlari baliqlarnikiga juda o‘xshash bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon va ichakdan iborat .Og‘iz bo‘shlig‘ida harakatchan tili va jag‘lari bor. Yuqori jag‘i va tanglayida konussimon tishchalari bo‘ladi. Baqa orqa ichagining keyingi qismi kengayib, kloakani hosil qiladi. Nafas olish sistemasi. Baqa o‘pka va terisi yordamida atmosfera havosidan nafas oladi.
O‘pkasi sodda tuzilgan bir juft xaltachadan iborat. Xaltacha devorida va terida juda ko‘p kapillyarlar bor. Kapillyarlardagi qonga atmosfera havosidan kislorod o‘tib turadi. Nafas olayotgan baqaning tomog‘i pastga tortilib va ko‘tarilib turadi. Tomoq pastga tortilganida havo burun teshigi va og‘iz bo‘shlig‘i orqali o‘pkaga o‘tadi. Tomoq ko‘tarilganida o‘pkadagi karbonat angidrid gaziga to‘yingan havo yana og‘iz bo‘shlig‘i va burun teshigi orqali tashqariga chiqib ketadi. Qon aylanish sistemasi.
Baqaning qon aylanish sistemasi organlari yurak, arteriya, vena va kapillyar qon tomirlaridan iborat. Yurak bitta qorincha va ikkita bo‘lmadan iborat. Yurak qorinchasi bo‘lmalarning ketma-ket qisqarishi tufayli qon tomirlar bo‘ylab harakatlanadi. Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon aylanish doirasidan iborat. Katta qon aylanish doirasi bo‘ylab qon yurak qorinchasidan arteriyalar orqali hamma tana organlariga boradi. U yerda qon to‘qimalarga kislorodni berib, karbonat angidrid gazi bilan to‘yinadi va yurakning o‘ng bo‘lmachasiga qaytib keladi. Kichik qon aylanish doirasi bo‘ylab qon yurak qorinchasidan o‘pka arteriyalari orqali o‘pka va teriga keladi.
O‘pka va teridagi kapillyarlardan qon karbonat angidridni havoga beradi va kislorod bilan to‘yinib, yurakning chap bo‘lmasiga quyiladi. Shunday qilib, yurakning chap bo‘lmasida kislorodga boy arteriya qoni, o‘ng bo‘lmasida esa karbonat angidrid bilan to‘yingan vena qoni bo‘ladi. Ikkala bo‘lmaning baravar qisqarishi tufayli arteriya va vena qonlari bir vaqtning o‘zida yurak qorinchasiga tushib, qisman aralashadi.

Ayirish sistemasi. Baqaning ayirish sistemasi baliqlarnikiga o‘xshash ikkita uzun tasmasimon buyrakdan iborat. Buyraklar qorin bo‘shlig‘ida, umurtqa pog‘onasining yon tomonlarida joylashgan. Har qaysi buyrakdan bittadan ingichka naycha – siydik yo‘llari chiqib, kloaka bo‘shlig‘iga ochiladi. Siydik kloaka orqali tashqi muhitga chiqib ketadi. Moddalar almashinuvi. Baqalar baliqlar singari sovuqqonli hayvonlardir. Ularning organizmida moddalar almashinuvi sust kechganidan tanasining harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq, ya’ni havo isiganda tana harorati ko‘tariladi, soviganida esa pasayadi. Sovuq tushganida baqalar kam harakat bo‘lib qoladi. Qishda ular biror pana joyga kirib olib karaxt bo‘lib yotadi. Nerv sistemasi. Baqaning bosh miyasi baliqlarnikiga nisbatan yaxshiroq rivojlangan, unda ikkita bo‘rtmachadan iborat yarimsharlar hosil bo‘ladi. Baqa baliqlarga nisbatan sekin harakatlanishi, tanasining yer yuzasiga yaqin joylashganligi tufayli ular harakatini va tana muvozanatini boshqarib turadigan miyachasi kuchsiz rivojlangan. Baqa sezgi organlarining tuzilishi quruqlik muhitiga moslashgan. Ikkita qovog‘i ko‘zlarini himoya qiladi va namlab turadi. Eshitish organlari ichki va o‘rta bo‘limdan iborat. O‘rta quloq ko‘zningorqasida joylashgan nog‘ora pardadan boshlanadi. Tovush to‘lqinlari nog‘ora pardani tebratganida tebranish o‘rta quloqda joylashgan eshitish suyakchalari orqali ichki quloqqa uzatiladi.




Download 158.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling