Mamajonov nodirbek shuxratjon o’G’lining «k urs ishi. Rivojlantiruvchi Ta’lim Texnalogiyalari»


Download 204 Kb.
bet2/13
Sana09.01.2022
Hajmi204 Kb.
#263536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
MAMAJONOV NODIRBEK(1)

Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy sohada amalga oshirilayotgan keng islohotlar vatan taqdiri, xalq ravnaqi, mustaqil yurtning kelajakdagi boshqaruvchilari – yangi avlod tarbiyasiga qaratilmoqda. Mustaqillika erishgan birinchi kunimizdanoq, umuminsoniy va o’zbekona qadriyatlarni har tomonlama tiklash, ularga chuqurroq nazar tashlash uchun zamin yaratildi. Mustaqillik Vatanimizga har tomonlama yetuk, mukammal, axloqiy pok, yuksak ma’naviy hislatlarga ega, iymon – e’tiqodi butun, o’z xalqi, o’z ona Vataniga fidoiy, barkamol insonlarni tarbiyalash davlat siyosatida ustuvor masalalardan biri sifatida qarala boshladi.

0’zining mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'lini tanlab olgan 0‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasini ham qadama-qadam isloh qilib bormoqda. Ayniqsa, “T a’lim to'g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingach, bu boradagi ishlar keng ko’lamga erishdi. Ushbu hujjatlarning talablari asosida bilim va kasb-hunar egallashga bo‘lgan e’tibor kuchayib ketdi.Shu tufayli ta’lim-tarbiya tizimiga yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar kirib kela boshladi.Bu yondashuvlar, o‘z navbatida, o'quv jarayonining turli tashkiliy va metodik jamg'armalarida muayyan ijobiy o'zgarishlami sodir etadi, albatta. Ularning ko'pchiligi pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat bilan uzviybog’liq o‘zgarishlardir.

O’zbekistonda mustaqillik qo'lga kiritilgandan so'ng ta’lim sohasida bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi va uzluksiz ta’lim tizimi shaklan va mazmunan yangi rivojlanish bosqichlariga o'tdi ya’ni o‘qitish jarayoni takomillashish yo‘liga o ‘tdi. Shuni ta'kidlash joizki, o‘quv faoliyati har doim ham barkamol insonni voyaga yetkazishga, uning ma’naviy va moddiy madaniyatini shakllantirishga qaratiladi.

0’quv faoliyati o'z rivojlanishining hamma bosqichlarida ijtimoiy yo'naltirilgan maqsadga ega. Maqsadli amalga oshiriladigan jarayon hisoblangan o'quv faoliyati ko'p qirralidir. Uning asosini shaxsan o‘qitish jarayoni, ya’ni o'qituvchi tomonidan o'quvchiga bilim, malaka va ko‘nikmalar majmuasiga bevosita berish jarayoni tashkil etadi. “Ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish...” 1 zarurligi ta’kidlanadi. Bu esa ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish asosida yanada takomillashtirishga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalarning samarali echimini to‘liq ta’minlash maqsadida oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida Oliy ta’lim tizimini 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Dasturga muvofiq, 2017-2021-yillarda 48 ta oliy ta’lim muassasasida jami 180 ta o‘quv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalari ob’ektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shuningdek, 53 ta oliy ta’lim muassasasida 400 ta o‘quv laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta’lim muassasasida barcha oliy ta’lim muassasalari o‘zaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etiladi.Ushbu qaror uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, barcha hududlar va tarmoqlarni strategik jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarini hal qilish borasida oliy ta’lim tizimi ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi yana bir muhim amaliy qadamdir.

Ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazalari mustahkamlandi. Shuni qoniqish bilan aytish mumkinki, zamonaviy ta’lim tizimining joriy etilishi bugungi kunda ijobiy natijalar bermoqda. Endigi, pedagoglarning vazifasi zamonaviy texnik ta’minotga ega ta’lim muassasalarida talablar drajasida innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida yoshlarimizga ta’lim- tarbiya berishdan iborat bo‘lmog‘i lozim.

O’zbekiston Respublikasining mustaqilikka erishishi boshqa sohalar kabi ta‘lim tizimini yetuklikka isloh qilishni taqozo etmoqda. Bundan maqsad zamon talabiga mos yangicha fikrlovchi yosh avlodni tarbiyalash bo’lib, uni amalga oshirish yosh mutaxassislarni ma‘naviy yetuklikka va aqliy salohiyatini yanada oshirishdir. Respublikamizning Ta‘lim to’g’risidagi qonun mutaxassislar va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ham ta‘lim tizimi, jumladan, oliy ta‘lim tizimining bakalavriyat ta‘lim yo’nalishi talabalarini har tomonlama yetuk, barkamol insonlar-mutaxassislar qilib tarbiyalash masalasi qo’yilgan.

O’zbekiston Respblikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq uzluksiz ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta‘lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish bugungi kunda muhim vazifalar hisoblanadi. Jahon miqyosida shaxsning ta‘limiy-tarbiyaviy imkoniyatlarini rivojlantirishga imkon beruvchi o’quv-tarbiyaviy ishlar o’quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, kasbiy kompetensiyalarni o’qitishning zamonaviy texnologiyalari vositasida shakllantirishning yangi modellarini ishlab chiqish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o’qitishning an‘anaviy va zamonaviy usullaridan kompleks foydalanish, o’quvchilarni ijodiy ishlarga yo’naltirish, umuminsoniy va ta‘limiy-tarbiyaviy qadriyatlarning mohiyatini ochib berishda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O’quvchilarning ta‘limiy-tarbiyaviy qobiliyatini milliy va jahon ta‘lim tajribasiga asoslangan tashkiliy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish masalalari Harakatlar strategiyasining ustuvor yo’nalishlariga muvofiq maktabdan tashqari ta‘lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirishning asosiy vazifalari sifatida belgilandi.2

O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20.04.2017 yil 2909 “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi qarori e’lon qilindi. Ushbu farmonda Oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar etarli darajada olib borilmayapti.

Hayotimizning barcha sohalari kabi ta’lim tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Innovatsion ta’lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to‘liq mosligini ta’minlash yoshlarimizni bugungi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishning muhim omilidir. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimining tuzilmasi hamda mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajriba asosida takomillashtirishni ko‘zda tutadi. Buning uchun, avvalo, barcha ta’lim muassasalaridagi dars jarayonlarini ilg‘or, ilmiy-uslubiy jihatdan asoslangan zamonaviy uslubiyot bilan ta’minlash lozim. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishning maqsadi, vazifalari, mazmunini yangilash tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Barchamiz bugun chuqur anglab oldik-faqatgina zamonaviy asosda ta’lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlkatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko‘tarishga qodir bo‘ladi.

Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni yetishtirish uchun albatta malakali, o’z mutaxassisligini chuqur egallagan o’qituvchilar zarur. SHuning uchun xozirgi kunda o‘qituvchilar oldiga juda ko‘p vazifalar qo‘yilmoqda. SHu bilan birga talabalarga xam. Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan ta’limtarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida ta’kidlangan milliy model O‘zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) – komil inson va etuk mutaxassis qiyofasini o‘zida to‘laqonli aks ettiruvchi namunadir.



Download 204 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling