Mamajonova Dilafro’z 15-raqam. Keys


Download 9.18 Kb.
Sana27.10.2023
Hajmi9.18 Kb.
#1727842
Bog'liq
keys KM


Mamajonova Dilafro’z 15-raqam.
KEYS:
1.Tassavur qiling, siz yirik aksiyadorlik korporatsiyasining boshqaruvchisisiz.
Qaror qabul qilish jarayonida siz kompaniya egalarining daromadlarini maksimallashtirishga harakat qilgan bo’lardingizmi yoki o’zingizning daromadlaringizni ko’paytirishgami?
Menejerlar kompaniya egalarining daromadlarini ko’paytirish uchun aktsionerlar tomonidan qanday chora-tadbirlar ko’rilishi lozim?
Menejerlar kompaniya egalarini daromadlarini ko’paytirishlariga undaydigan yana qanday omillar mavjud?
Kompaniya menejerlari kompaniyaning boshqa hamkorlariga(kompaniya obligatsiyalari egalariga) ziyon yetkazgan holda kompaniya egalarining daromadlarini oshirishlari kerakmi?
JAVOB:

  • Agarda men yirik aksiyadorlik korporatsiyasining boshqaruvchisi bo’lsam birinchi navbatda kompaniya egalarining daromadlarini ko’paytirishga e’tibor qaratgan bo’lar edim chunki har qanday kompaniyalar boshqaruvchilari uchun asosiy vazifa kompaniya egalarining daromadini maksimallashtirish deb hisoblayman. Agar kompaniya egalari daromadi kopaydi degani bu o’sha aksiyadorlik korporatsiyasining daromadi ham yuqori degani.Shuning uchun kompaniya boshqaruvchisi kompaniya egalarining daromadini maksimallashtirishga harakat qilsa bu kompaniyaning daromadi ham yildan yilga oshib borishini anglatadi.

  • Menejerlar birinchi navbatda kompaniya boshqaruvchilari daromadlarni ko'paytirish uchun aktsionerlar tomonidan qabul qilingan qo'shimcha kapitalni jalb etish, turli xil sarmoya qo'shish bundan tashqari boshqa investorlar bilan shartnoma tuzish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirishlari kerak deb hisoblayman. Aktsionerlar, kompaniya egalarining daromadlarini ko'paytirish uchun turli xil chora-tadbirlarni amalga oshirishi mumkin.Birinchi navbatda Aktsionerlar qarzlardan foydalanish orqali kompaniyaning yangi loyihalarini amalga oshirish yoki jamoatchilikdan yoki aktsiyadorlardan qo'llanmaga chiqqan zararlarini to'lash uchun ishlatilishi mumkin.Bundan tashqari daromadni ko’paytirish uchun investitsiya qilish yoki investitsiyalarni ko’paytirishi mumkin.Kompaniya daromadini oshirishni yana boshqa usullariga kelsak aktsionerlar yangi kapitalni kompaniyaga ta'minlash uchun yangi aktsiyalarni chiqarish orqali sarmoya ko'tarishni amalga oshirishi mumkin. Bu, hozirgi aktsiyalarni sotish yoli bilan kompaniyaga sarmoya kiritish va yangi aktsiyalar sotishni qo'llab-quvvatlashi mumkin va daromadini oshishiga olib keladi.Undan tashqari aksionerlar xarajatlarni imkon qadar minimallashtirishi lozim.

  • Menejerlar kompaniya egalarining daromadlarini ko'paytirishlariga undaydigan turli xil omillar mavjud bo'lishi mumkin. Bu omillarni tahlil qilish va kompaniya strategiyalarini yangilash orqali kompaniya egalarining daromadlarini ko'paytirishlari mumkin.Daromadlarni ko'paytirishga olib keladigan omillar har xil bo’lishi mumkin. Masalan, yangi bozorda bo'lgan sotuv va xaridlar, iste'molchi talablari, maxfiylik va reklama xarajatlari va boshqalar.Shuningdek, kompaniya menejerlari kompaniyaning boshqa hamkorlari masalan, kompaniya obligatsiyalari egalari yoki investorlar bilan hamkorlik qilishadi. Bu hamkorlar daromadlarni oshirish, yangi bozorlarga kirish, sarmoya qo'shish va boshqa bu kabi imkoniyatlarni taqdim etish orqali daromadlarni maksimallashtirishga yordam berishi mumkin. Bundan tashqari Menejerlar innovatsiya va yangiliklarga qaratilgan investitsiyalar orqali yangi mahsulotlar yoki xizmatlarni o'rnatish mumkin. Bu yangiliklar va innovatsiya kompaniya bozori bo'ylab rivojlanish va ishtirokchilar tomondan ko'proq talab qilinishiga olib kelishi mumkin.Kompaniya menejerlari bozoriga kirish va bozor o'rnatish strategiyalarini amalga oshirish orqali kompaniya daromadlarini oshirishga xissa qo’shishi mumkin. Bozor kengayishi, yangi bozor segmentlariga kirish yangi xaridorlar va mijozlar talabiga javob beruvchi tovar va xizmatlarni taklif qilish, kompaniya daromadlarining ko'paytirilishiga olib kelishi mumkin. Menejerlar aktsionerlar bilan maslahatlashib yangi hamkorliklarning qo'shilishiga imkonyaratishi lozim chunki bir nechta kompaniyalar birlashtirish yoki boshqa kompaniyalar bilan hissa almashish orqali yangi bozorlar, xizmatlar, yoki texnologiyalar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini oshirish mumkin. Menejerlar kompaniya egalarining daromadini oshirish uchun xalqaro bozorlarga kirish imkoniyatini ko’paytirishi mumkin. Bu xalqaro bozorlarda yangi mijozlar va bozor segmentlariga kirish uchun marketing strategiyalarini rejalashtirish, hamkorliklar tuzish, eksport-import muomalalarni osonlashtirish kabi chora-tadbirlar orqali amalga oshirilishi kerak.

  • Kompaniya menejerlari kompaniyaning boshqa hamkorlariga ya’ni kompaniya obligatsiyalari egalariga ziyon yetkazgan holda kompaniya egalarining daromadlarini oshirishlari kerak emas chunki agar kompaniya shunday davom etadigan bo’lsa kompaniya chiqargan obligatsiyalarni sotib olgan shaxslar kompaniyani sudga berishi va kompaniyaning obro’sini tushishiga olib kelishi mumkin.Buning o’rniga menejer yuqorida aytib o’tilgan turli xil usullar orqali kompaniya egalari daromadini oshirishi mumkin. Agar biror bir muammolarga duch kelinsa, menejerlar kompaniyaning hamkorlari bilan muzokaralar olib borishi kerak lekin agarda kompaniyaning istiqbolli bo’lishini hohlasa ziyon yetkazishi kerak emas .

Download 9.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling