Mamalakat iqtisodiyotida transportning tutgan o’rni


Download 257.54 Kb.
bet10/11
Sana17.06.2023
Hajmi257.54 Kb.
#1533657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi

Xulosa va takliflar.
Turli xildagi shaharlarning jamoat transporti turlari, ulardan foydalanish metodlari, to‘lov tizimlari xilma-xilligi bilan ajralib turibdi.
Shahar tiqilishi rivojlangan davlatlar oldida turgan eng katta muammolardan biridir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Avstraliya shaharlarida tirbandlik tufayli yillik jami xarajatlar 12,9 milliard dollarni tashkil etadi. Agar transport tizimlari yaqin kelajakda modernizatsiya qilinmasa, bu xarajatlar 20 milliard dollargacha yetishi mumkin. Jamoat transporti yo‘lda mashinalar sonini sezilarli darajada kamaytiradi. Bu avtotransport vositalarining chiqindilaridan kamroq ifloslanishni anglatadi. Avtotransport vositalarida ishlab chiqariladigan tutun nafas yo‘llarining kasalliklariga olib kelishi mumkin. Yo‘lda kam sonli mashinalar bu xavfli kasalliklar ehtimolini kamaytiradi. Toza muhit hayot darajasini oshiradi va iqtisodiyotga katta foyda keltiradi.
Yuqorida o‘rganib chiqilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib shaxar jamoat transportini rivojlantirish, undan foydalanuvchilar sonini oshirish, sifatli xizmatni taklif qilish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim:
• Shaxarda xizmat ko‘rsatuvchi avtobuslarni zamonaviy (ekologik toza mahsulotdan foydalanuvchi) sonini oshirish;
• Shaxarda tramvay xizmatini joriy qilish;
• Jamoat transportidagi tirbandliklarni kamaytirish;
• Jamoat transporti xarakat vaqtini doimiy ravishda bir xillashtirish (a punktdan b punktga borish uchun sarflanadigan vaqt doim bir xil bo‘lishi lozim);
• Yangi to‘lov tizimlarini amaliyotga tadbiq etish kerak;
• Yo‘l bo‘ylarida yengil avtomobillar to‘xtashini taqiqlash tizimini joriy qilish;
• Shaxar axolisi orasida marketing tadqiqotlarini o‘tkazib axoli xoxish-istaklarini o‘rganish va shunga qarab jamoat transportini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
• Ommaviy axborot vositalari yordamida jamoat transportining afzalliklari va shaxsiy avtomobillarning shaxar axolisi uchun qanchalik darajadagi zararliligi to‘g‘risida targ‘ibot ishlarini yanada jadallashtirish kabi muhim sanalgan jixatlarga e’tibor qaratish kerak.


Download 257.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling