Mamalakat iqtisodiyotida transportning tutgan o’rni


Download 257.54 Kb.
bet6/11
Sana17.06.2023
Hajmi257.54 Kb.
#1533657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi

Havo transporti sohasida
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlar o‘rtasida havo qatnovi sohasida davlatlararo va hukumatlararo xarakterdagi 52 ta xalqaro shartnomalar imzolangan.
Xorijiy davlatlar bilan muntazam yo‘lovchi aviaqatnovlarini bosqichma-bosqich tiklash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda O‘zbekiston AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Misr, Hindiston, Gruziya, Tojikiston, Afg‘oniston, Eron, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Latviya, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, BAA, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Ummon va Xitoy davlatlari bilan muntazam havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni inobatga olib xorijiy davlat aviatsiya ma’muriyatlari bilan muzokaralar olib borildi. Jumladan, Rossiya, Turkiya, BAA, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Quvayt, Eron, Ozarbayjon va Belarus davlatlari bilan muntazam aviaqatnovlar hajmi oshirilishiga erishildi.
2022-yil 16-martdan boshlab O‘zbekistonga kelayotgan fuqarolardan koronavirus infeksiyasiga PZR-testi manfiy bo‘lishi haqidagi majburiy talab O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan bekor qilindi.
“Flaynas” aviakompaniyasiga Jidda-Toshkent-Jidda yo‘nalishida muntazam parvozlarni haftasiga 8 ta qatnov bilan amalga oshirish bo‘yicha tegishli ruxsatnomalar berildi. 2022-yil 15-sentabr kuni qayd etilgan yo‘nalishda birinchi qatnov amalga oshirildi;
“Flaynas” aviakompaniyasi havo kemalari uchun O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida yеr usti xizmatlari uchun chegirma berish masalasi ijobiy ko‘rib chiqildi hamda “Uzbekistan Airports” AJ bilan mazkur Saudiya Arabistoni aviakompaniyasi o‘rtasida tegishli shartnoma imzolandi.
Samarqand xalqaro aeroportini rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Transport vazirligi xorijiy aviakompaniyalar uchun 2022-yil 1-oktabrdan boshlab Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etib, ushbu imtiyozlar to‘g‘risida xorijiy davlat aviatsiya ma’muriyatlari xabardor etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari J.Choriyev 2022-yil 3-oktabr kuni Vengriyaning tegishli idora va kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasida havo va avto transportida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan bir qatorda 2022-yil 30-sentabr kuni “Wizz Air” aviakompaniyasining Prezidenti Robert Keri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, qayd etib o‘tilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan “Wizz Air” aviakompaniyasi o‘rtasida hamkorlik yuzasidan Anglashuv memorandumi imzolandi.
2022-yil davomida yo‘lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan Toshkent – Qozon – Toshkent va Toshkent – Novosibirsk – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘-yildi.
Yo‘lovchilar uchun ichki aviaqatnovlarning jozibadorligi va ommabopligini oshirish maqsadida, “Uzbekistan Airways” AJ bilan birgalikda “Toshkent-Nukus-Mo‘ynoq” va “Mo‘ynoq-Nukus-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 2022-yilning 26-mart kuni “Airbus – 320” havo kemasida birinchi aviaqatnov amalga oshirildi.
Shu bilan bir qatorda, “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan 2022-yil 12-sentabrdan “Toshkent – Nukus – Mo‘ynoq” hamda “Mo‘ynoq – Nukus – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 2 marta muntazam aviaqatnovlar joriy etildi.
2021-yil 12-dekabrdan Farg‘ona-So‘x-Farg‘ona yo‘nalishida AN-2 havo kemasida haftasiga 2 marotaba (dushanba va juma kunlari) yo‘lovchilar tashish bo‘yicha yo‘lga aviaqatnovlar soni 2022-yil 7-martdan boshlab haftasiga 4 taga yеtkazildi (dushanba, chorshanba, juma va yakshanba).
2022-yil aprel oyida Turkiya Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi arafasida ikki mamlakat aviatsiya hukumat idoralari hozirgi kunda mavjud yo‘nalishlarda (Toshkent-Istanbul 14+3, Samarqand-Istanbul 3+1, Farg‘ona-Istanbul 2+1, Urganch-Istanbul 1+1) bo‘yicha qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shuningdek, 2022-yil 15-maydan boshlab ikki davlat tashuvchilari uchun haftasiga 2 marotaba yangi
Buxoro-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni amalga oshirishga kelishildi va “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan amalga oshirila boshlandi.
2022-yil 21-maydan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ “Toshkent-Batumi-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 2 marotaba muntazam avia qatnovlarni amalga oshira boshladi.
2022-yil boshidan Parijga/dan haftasiga 2 marotaba mavsumiy aviaqatnovlar tiklandi, bundan tashqari avia tashuvlar soni London va Rigaga/dan haftasiga 2 marotaba, Frankfurt va Nyu-Yorkka haftasiga 3 tagacha oshirildi.
2022-yil yanvar oyidan boshlab ziyorat turizmi dasturi doirasida pandemiya sababli uzoq davom etgan tanaffusdan so‘ng, “Uzbekistan Airways” AJ Musulmonlar idorasi bilan birgalikda “Umra-2022” dasturi doirasida Jidda va Madina shaharlarida O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun kunlik reyslarni qayta tiklandi.
Jahon Banki ekspertlari bilan birga “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining biznes-modeli ishlab chiqildi va aholi mobilligini oshirish va aviachipta narxini pasaytirish maqsadida aviakompaniya gibrid biznes modeliga o‘tib, “Uzbekistan Express” yangi arzon transport xizmatlarini ishga tushirdi. Natijada tariflar boshqa yo‘nalishlarga nisbatan o‘rtacha 20 foizga arzonlashtirildi.
“Sharqiy Xab” dasturini amalga oshirish doirasida qo‘shni O‘sh shahri aeroportidan tez-tez uchuvchi Farg‘ona vodiysi aholisi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2022-yil fevralidan Namangan va Farg‘ona shaharlaridan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yildi:
Shuningdek, hozirda Farg‘ona-Sharja va Farg‘ona-Batumi yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlarni ochish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
2022-yil davomida aviaqatnovlarni amalga oshirish rejasiga asosan, Toshkentdan Praga va Batumi shaharlariga aviaqatnovlar amalga oshirilib kelmoqda.
Shuningdek, pandemiya davrigacha amalga oshirib kelgan o‘zining muntazam aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich tiklab kelmoqda. Xususan shu qatorda, Toshkent-Kuala-Lumpur-Toshkent muntazam aviaqatnovlarini tiklash hamda tashkillashtirish maqsadida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmoqda. Shu asosida, muntazam aviaqatnovlar 2022-yilning 2-noyabridan Toshkent-Kuala-Lumpur-Toshkent yo‘nalishida haftasiga ikki marotaba, ya’ni chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi mahalliy yo‘nalishlarida “Uzbekistan Airways”, “Qanot Sharq” hamda “Humo Air” aviakompaniyalari tomonidan muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.
2022-yil yanvar – dekabr oylari yakuni bo‘yicha rezident aviakompaniyalari tomonidan 29 800 ta reyslar amalga oshirildi, o‘tgan 2021-yilning shu davriga nisbatan o‘sish 11 948 ta reys yoki 166,9 foizni tashkil etadi.
Shuningdek, jami 4 412,2 ming nafar yo‘lovchi tashilgan bo‘lib, bu o‘tgan 2021-yilning shu davriga nisbatan 2 230,9 ming nafar yo‘lovchiga yoki 2 barobarga ko‘p. Shulardan mahalliy yo‘nalishlarda shaharlararo amalga oshirilgan aviaqatnovlar soni 6 994 ta (o‘sish 179,5%) ni, tashilgan yo‘lovchilar soni 884,3 ming nafarni (o‘sish 184,1%) tashkil etadi.
Jumladan, 2022-yil yanvar-dekabr oylarida “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan 28 140 ta reys amalga oshirildi, bu 2021-yilning shu davriga nisbatan 158,7 foiz, 4 226,8 ming yo‘lovchi tashildi, bu 2021-yilga nisbatan 195,1 foizni tashkil etdi, shuningdek, 64,3 ming tonna yuk (pullik bagaj va pochta aloqasini hisobga olgan holda) tashildi, bu 2021-yilning shu davriga nisbatan 120,0 foizni tashkil etdi.
"Qanot sharq" aviakompaniyasi asosiy faoliyati bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlarga erishdi:
2022-yil yanvar-dekabr oylarida aviakompaniya tomonidan jami 1 320 ta reys amalga oshirildi (2021-yilda 102 ta reys), shulardan uzoq xorij va MDH yo‘nalishlari bo‘yicha 1 175 ta reys va ichki yo‘nalishlarda 145 ta reys amalga oshirildi. Ushbu aviaqatnovlarda jami 182 ming yo‘lovchi tashildi, jumladan mahalliy yo‘nalishlarda 9,1 ming yo‘lovchi tashildi.
“Humo Air” aviakompaniyasi tomonidan 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida 340 ta reys amalga oshirildi va 3 397 ta yo‘lovchi tashildi.
Yanvar-dekabr oylari yakuni bo‘yicha rezident aviakompaniyalari tomonidan shaharlararo qatnovlarda aholi mobilligini oshirish maqsadida mahalliy borish-kelish aviaqatnovlar soni haftasiga 142 taga yеtkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-213-son Farmoniga muvofiq Transport vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida istiqomat qilayotgan yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun avia va temir yo‘l yo‘nalishlarida mazkur hududlardan/ga respublikamizning boshqa hududlariga/dan borish/kelish uchun qo‘llaniladigan maxsus tarif ishlab chiqildi va 2022-yil 15-sentabrdan amalga kiritildi.
Aeroportlar va infratuzilmalarni rivojlantirish, shuningdek 2022-yil yanvar-dekabr oylarida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-fevraldagi “Aviaspottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 43-son qarori tasdiqlandi.
Hozirgi kunda amaldagi “Ziyorat turizmi” dasturi doirasida yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xorijiy aviakompaniyalar havo kemalariga yеrda ko‘rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari uchun e’lon qilingan tariflarga 50 foizgacha chegirmalar joriy etilgan.
2022-yil 18-mart kuni Samarqand xalqaro aeroporti yangi aerodrom majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yangi aeroport majmuasi, harakatlanish imkoniyati cheklangan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish talablari inobatga olingan holda, xalqaro standartlar asosida qurilgan. Terminal o‘z ichiga 29 ta ro‘yxatga olish joyi, 8 ta samolyot sahniga chiqish yo‘lagi, 4 ta teleskopik traplar, 10 ta pasport nazorati kabinasi va jo‘nab ketayotgan yo‘lovchilar uchun 6 ta E-gate, shuningdek, uchib kelgan yo‘lovchilar uchun 15 ta pasport nazorati punktlarini o‘z ichiga olgan.
Yangi terminal muntazam qatnovlar sonini haftasiga 40 tadan 120 tagacha, perronni modernizatsiya qilish esa, samolyot turargohlari uchun o‘rindiqlar sonini 24 tagacha oshirish imkonini berdi.
Aeroport yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish rejasi 2030-yilgacha yo‘nalishlar sonini 30 tadan oshirish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-149-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy, ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yo‘l xaritasi”ning ijrosini ta’minlash maqsadida Xalqaro aeroportlarning kutish zallarida maxsus joy ajratilib targ‘ibot materiallarini joylashtirish uchun burchaklar tashkil etildi.
2022-yil yanvar-dekabr oylarida “Uzbekistan Airports” AJ tomonidan mamlakatimiz aeroportlarida 32 144 ta reyslarga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lib u 2021-yilga nisbatan 8991 ta reysga yoki 139 foizga, shuningdek, 7 894,4 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lib, bu 2021-yilga nisbatan 2 480,3 ming yo‘lovchiga yoki 146 foizga ko‘pdir.
2022-yilda O‘zbekistonga 31 ta xorijiy aviakompaniya 69 ta yo‘nalish bo‘yicha muntazam parvozlarini amalga oshirdi.
2022-yilda quyidagi yangi xorijiy aviakompaniyalarga O‘zbekistonga muntazam parvozlar uchun tegishli ruxsatnomalar berildi:
Salam Air, Air Arabia Abu Dhabi, Wizz Air Abu Dhabi, Qeshm Air.
2022-yilda quyidagi yangi yo‘nalishlarda xorijiy aviakompaniyalarga parvozlar uchun ruxsatnomalar berildi:
Jidda-Toshkent, Dubay-Samarqand, Quvayt-Namangan, Dubay-Namangan, Sharja-Namangan, Maxachkala-Toshkent, Maxachkala-Urganch, Минералные Воды-Urganch, Baku-Samarqand, Baku-Urganch, Baku-Farg‘ona, Istanbul-Buxoro, Istanbul-Farg‘ona, Maskat-Toshkent, Maskat-Namangan, Abu Dabi-Toshkent va Abu Dabi-Samarqand.
2022-yilda Fly Dubai, Jazeera Airways, Azal, Aeroflot aviakompaniyalarining quyidagi yo‘nalishlarda muntazam parvozlari soni oshirildi:
Dubay-Toshkent - haftasiga 6 tadan 7 taga;
Dubay-Samarqand - haftasiga 2 tadan 7 taga;
Dubay-Namangan - haftasiga 2 tadan 4 taga;
Baku-Toshkent - haftasiga 3 tadan 5 taga;
Moskva-Toshkent - haftasiga 14 tadan 18 taga;
Moskva-Urganch - haftasiga 3 tadan 4 taga;
Moskva-Buxoro - haftasiga 4 tadan 5 taga.
2021-yil 9-iyunda Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar davlati Hukumati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risida imzolangan bitimni kuchga kiritish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi va 2022-yilda tegishli Prezident qarori qabul qilindi.
Shuningdek, 2022-yil davomida Vengriya, Saudiya Arabistoni, Mongoliya, Bangladesh davlatlari ikki tomonlama hukumatlararo havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim loyihalari ishlab chiqildi hamda mazkur davlatlarning aviatsiya ma’muriyatlari bilan havo qatnovlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha offlayn/onlayn tarzida muzokaralar o‘tkazilib tegishli hujjatlar imzolandi.

Download 257.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling