Mamalakat iqtisodiyotida transportning tutgan o’rni


-rasm. 2022 yilning top-10 talik jamoat transporti rivojlangan shaharlar


Download 257.54 Kb.
bet8/11
Sana17.06.2023
Hajmi257.54 Kb.
#1533657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi

1-rasm. 2022 yilning top-10 talik jamoat transporti rivojlangan shaharlar
1. Gonkong. Gonkongdagi jamoat transporti juda xilma-xilligi (quruqlik, er osti va suv), foydalanish qulayligi, va hamma joyda mavjudligi bilan ajralib turadi. Piyodalar uchun har joyda qaysidur transport turining to‘xtash joyi mavjudligini metro, shaharlararo va shaharlararo poezdlar, avtobuslar, parom (shaharning oroli va materik va unga qo‘shni orollar o‘rtasida), tramvaylarni ko‘rishimiz mumkin. Har bir jamoat transporti bekatida va metro bekatida marshrutlardan o‘tish uchun tariflar haqida ma’lumot mavjud. Yo‘l haqi masofaga, tashuvchi kompaniyaga va transport qulayligiga qarab belgilangan. Jamoat transporti uchun to‘lovning uch turi mavjud:
1. Bir martalik yo‘l xaqi uchun chipta-yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi barcha kassa va avtomatlardan xarid qilish mumkin;
2. Haydovchiga beriladigan naqd pul – qaytim qaytarilmaydigan belgilangan aniq summa;
3. Octopus nomli karta bilan to‘lov
To‘lov tizimi chiqishda va tushish jarayonida amalga oshiriladi. Chiqayotganda va tushayotganda bilet turniketdan o‘tkaziladi va shu tariqa to‘lov amalga oshiriladi.
Octopus karta - kontaktsiz plastik karta bo‘lib, u barcha transport turlarida, jumladan taksilarda (agar u maxsus o‘quvchi bo‘lsa) yo‘l haqini to‘lash va hatto ba’zi do‘konlarda (7-Eleven yoki Circle K), dorixonalarda kichik xaridlar, muzeylar, kinoteatrlar, tez ovqatlanish restoranlari, avtoturargohlar va h.k.uchun to‘lashda ishlatish mumkin. Bundan tashqari, ko‘pincha Octopus karta egalari o‘sha kun ichida qaytib kelishlariga 50% chegirma olishlari ham mumkin bo‘lgan aksiyalar mavjud. Octopus kartani yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi barcha kassa xarid qilish mumkin. Kattalar uchun karta 18,966 $ turadi (12,644 $ - siz sarflashingiz mumkin bo‘lgan miqdor va 6,322 $ depozit). Kartani qaytarib bergandan so‘ng, sizga foydalanilmagan qoldiq va depozit minus 1,137 $ qaytariladi. 3 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar va 65 yoshdan oshganlar uchun karta – 8,850 $ (shundan 6,322 $ depozit). Gonkong metrosida chiptasiz sayohat qilish yoki chiptani yo‘qotish 63 dollar miqdorida jarima solinishiga olib keladi. Shuning uchun, har doim chiptangizni sayohat oxirigacha saqlang [4].
2. Stokgolm. Yevropaning eng qulay rivojlangan transport sistemasi hisoblanadi. Shahardagi barcha jamoat transporti avtobuslar, metro, tramvaylar va shahar atrofi poezdlari Storstockholms Lokaltrafik davlat kompaniyasi tomonidan boshqariladi. Stokgolmdagi jamoat transporti qat’iy jadval asosida harakatlanadi.
6 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yoshlar, shuningdek, 65 yoshdan oshganlar uchun chegirmali chiptalar mavjud. Jamoat transporti uchun chegirmali chipta sotib olish uchun imtiyozlar huquqi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi kerak. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kattalar hamrohligisiz transportda yurish taqiqlanadi. Agar yo‘lovchi 18 yoshdan oshgan bo‘lsa, u juma kuni tushdan boshlab va dam olish kunlari davomida o‘zi bilan 12 yoshgacha bo‘lgan 6 nafargacha bolani o‘z chiptasida yoki sayohat talonida bepul olib yurishga haqli. Ushbu qoida davlat bayramlari va quyidagi vaqtlarda amal qiladi:
• davlat bayramlari dam olish kuni arafasida yarim tundan dam olish kunidagi yarim tungacha;
• Avliyo Ioann bayramidan bir kun oldin va bayramning o‘zida peshindan yarim tungacha;
• 23 dekabr yarim tundan 6 yanvarga qadar.
2023 yilda chipta sotib olish uchun tariflar:
• 26,4 dollar - umumiy;
• 17,6 dollar - imtiyozli.
Mobil ilova orqali:
• 19,1 dollar - umumiy;
• 12,7 dollar - imtiyozli.
Chipta 75 daqiqa davomida amal qiladi hamda amal qilish muddati u sotib olingan vaqtdan boshlanadi [5].

Download 257.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling