Mamalakat iqtisodiyotida transportning tutgan o’rni


II-bob Iqtisodiyotda transport xizmatlari ko’rsatishning hozirgi xolati


Download 257.54 Kb.
bet4/11
Sana17.06.2023
Hajmi257.54 Kb.
#1533657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi

II-bob

Iqtisodiyotda transport xizmatlari ko’rsatishning hozirgi xolati

2.1.

Transport turlari bo’yicha ko’rsatilgan xizmatlat taxlili

2022-yil yanvar-dekabr oylarida temir yo‘l, havo, avtomobil transportlarida jami yuk tashuvlari hajmi 1,34 mlrd tonna (o‘tgan-yilning mos davriga nisbatan 98,6 foiz), yuk aylanmasi 45,5 mlrd tonna/km.ni (103,5 foiz) tashkil etdi.
Barcha transportda yo’lovchi tashish hajmi 6,17 mlrd yo’lovchi (102,3 foiz), yo‘lovchi aylanmasi 144,7 mlrd yo‘lovchi/km.ni (105,6 foiz) tashkil etdi. Jami xalqaro yuk tashuvlari hajmi (eksport, import va tranzit) – 53,6 mln tonnani yoki o‘tgan-yilning mos davriga nisbatan 108,2 foizni tashkil etdi. Bunda, eksport yuklari – 15,4 mln tonna (o‘tgan-yilning mos davriga nisbatan 98,0 foiz), import – 26,0 mln tonna (108,6 foiz) va tranzit – 12,2 mln tonnani (123,2 foiz) tashkil etdi.
Avtomobil transporti sohasida
2022-yil yanvar-dekabr oylari yakuni bilan  hududlarda respublika bo‘yicha 827 ta yangi avtobus va mikroavtobuslar xarid qilindi. Xususan, 455 ta avtobus va 372 ta yangi mikroavtobuslar xarid qilinib yo‘lovchi tashish yo‘nalishlariga joylashtirildi.
Andijon viloyati Andijon shahrida 1 ta avtostansiya rekonstruksiya qilindi va Buloqboshi tumanida 1 ta avtostansiya qurildi, Buxoro viloyatining Olot va Buxoro tumanlarida 2 ta yangi zamonaviy oxirgi to‘xtash bekatlari qurildi, Jizzax viloyati Forish tumanida 1 ta avtostansiya qurildi, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida 1 ta avtostansiya qurildi va Yangibozor tumanida 1 ta avtostansiya rekonstruksiya qilindi, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida 1 ta avtostansiya rekonstruksiya qilindi, Xorazm viloyati Urganch shahrida 1 ta avtostansiya rekonstruksiya qilindi hamda yo‘lovchilar uchun foydalanishga topshirildi. (Respublika bo‘yicha jami 9 ta avtostansiyada ishlar tashkillashtirildi)
Buxoro viloyatining Olot va Buxoro tumanlarida vazirlik tomonidan 2 ta yangi zamonaviy oxirgi to‘xtash bekatlari qurilib, yo‘lovchilar uchun foydalanishga topshirildi hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan qurilgan 5 ta avtostansiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, Respublika bo‘yicha jami 792 ta avtobus bekati qurildi va rekonstruksiya qilindi.
Aholiga jamoat transporti xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan tashuvchilarning tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab -quvvatlash maqsadida 2022-yil yanvar-dekabr oylarida hududlarda norentabel bo‘lgan shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida ko‘rgan zararlari o‘rnini qoplash uchun mahalliy byudjet mablag‘laridan 8 330,4 mln so‘m subsidiya ajratildi hamda shahar yo‘nalishlarida fuqarolarning ayrim toifalarini bepul tashilishi natijasida ko‘rilgan zararlarni o‘rnini qoplash uchun 4 469,57 mln so‘m, shahar yo‘lovchi transportida cheklangan tariflar natijasida ko‘rilgan zarar bo‘yicha 2 763,6 mln so‘m mablag‘lar jami 7 233,17 mln so‘m subsidiyalar qoplab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashishda yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 948-sonli qaroriga muvofiq, bugungi kunda “Avtomatlashtirilgan transport to‘lov tizimi operatori” MChJ (ATTO) tomonidan dastlab viloyat markazlaridagi Guliston, Qarshi, Urganch, Nukus, Samarqand, Andijon shaharlaridagi avtobus va mikroavtobuslariga 706 ta validator va 44 ta mobil validatorlar o‘rnatildi hamda avtomatlashtirilgan to‘lov tizimiga o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qaroriga muvofiq, tenderlar bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi. 2022-yil yakuniga qadar 730 ta yo‘nalishlar tashuvchilarga biriktirildi. Elektron tender yakunlari bo‘yicha QR kodli shartnomalar va guvohnomalar axborot tizim orqali tashuvchilarga taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–111-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ning 3-bandiga muvofiq Toshkent shahri tajribasi asosida viloyatlar markazlarini jamoat transporti tizimini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Transport vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi va Rossiya Federatsiyasining SIMETRA (“А+С Транспроект”) kompaniyasi tomonidan hamkorlikda Samarqand shahri transport tizimi va uning infratuzilmasini rivojlantirish modeli ishlab chiqildi. 

Download 257.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling