Mamalakat iqtisodiyotida transportning tutgan o’rni


Download 257.54 Kb.
bet5/11
Sana17.06.2023
Hajmi257.54 Kb.
#1533657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi

Daryo transporti sohasida
Hisobot davrida kemalarni ro‘yxatga qo‘yish va texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida 117 ta kema egasi bilan shartnomalar tuzildi, 46 ta kema ro‘yxatga olindi, 7 ta kema qayta ro‘yxatga olindi, foydalanishda bo‘lgan 139 ta kema texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
Kemalarga 53 ta Kema guvohnomasi, 60 ta Klassifikatsiya guvohnomasi, 60 ta suzishga yaroqli ekanligi to‘g‘risida guvohnomalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyuldagi “Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
421-sonli qarori va Transport vazirligining 2020-yil 8-iyuldagi 138-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyatining kema haydovchisi kursini tugatgan 57 kishi attestatsiyadan o‘tkazilib, ularga kema boshqarish huquqini beruvchi kema haydovchisi guvohnomalari berildi.
Shuningdek, daryo transportida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022-yil 7-aprelda 167-son qarori bilan “Daryo transportida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlandi.
 
Temir yo‘l transporti sohasida
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ, “
Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ bilan birgalikda “Yo‘lovchi vagonlarini rekonstruksiya (rejaviy ta’mir, modernizatsiya) qilish bo‘yicha 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqildi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoniga asosan temir yo‘l orqali keladigan tovarlar bo‘yicha ma’lumotlarni oldindan elektron almashish tizimi to‘liq yo‘lga qo‘yildi.
Davlat Bojxona qo‘mitasiga temir yo‘l transportida tashilayotgan tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish jarayonida ortish-tushirish xarajatlarini bevosita yuk jo‘natuvchilar (yuk qabul qiluvchilar) tomonidan to‘lash mexanizmini joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlanib, o‘rnatilgan tartibda taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti rahbarining topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi metropoliten еr usti liniyasining Do‘stlik – Qo‘yliq va Olmazor – Sergeli yo‘nalishlarida joylashgan 19 ta bekatni nomlash, tashkiliy masalalarni muhokama qilish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi tashkillashtirildi, metro bekatlarini nomlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlandi hamda qaytadan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” va “Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshovar” temir yo‘lini qurish loyihalari doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda ishtirok etildi.
“Mozori-Sharif – Qobul – Peshovar” temir yo‘li qurilishi loyihasining ortofotorejasi va relefning raqamli modelini yaratish va moliyalashtirish manbaini aniqlash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.
Toshkent metropolitenining Toshkent shahrida yеr usti metro yo‘lining II bosqich “Qo‘yliq – Qipchoq (Quruvchi)” qismida qurilish ishlari holatini monitoringi olib borildi.
2022-yil yanvar-dekabr oylarida jami 80 ta (10 tasi kamchiliklarni bartaraf etib qaytadan kiritgan) temir yo‘l shoxobcha yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishish uchun arizalar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 78 tasi o‘rnatilgan tartibda kelishildi hamda 2 tasiga O‘zbekiston Respublikasi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”dagi O‘RQ-701-son Qonuni talablari buzilganligi sababli rad javobi berildi.
Shuningdek, Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha 2022-yil yanvar-dekabr oylarida jami 15 ta mahalliy yo‘nalishlarda yuklarni tashish huquqini beruvchi litsenziyalar olish uchun arizalar kelib tushdi, arizalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha 12 ta tadbirkorlik subyektlariga litsenziyalar taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 21-fevraldagi 80-son 2022-yil 1-martdan va “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarorlariga muvofiq, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali “Litsenziya” axborot tizimi orqali qabul qilinmoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga quyidagi onlayn xizmatlar elektron shaklda amalga oshirilmoqda.
Jumladan,
– elektron chiptalarini onlayn tarzda sotib olish va 100 foiz mablag‘i plastik kartaga qaytarish;
– yo‘lovchi poyezdlar qatnovlarini onlayn jadvalida kuzatish;
– “Afrosiyob” poyezdlarida intranet xizmatlaridan foydalanish;
– yuk tashish jarayonida tadbirkorlar tomonidan yuk vagonlariga onlayn buyurtma berish;
– yuk tashish tariflarini onlayn tarzda hisoblash;
– vagon va konteynerlarni qidirish va hokazolar.
Yo‘lovchilarni tashish, ularga zamonaviy servis xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan raqamlashtirish yo‘nalishida qator va samarali ishlar ham amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Elektron chiptalarni sotish axborot tizimining yangi talqini va mobil ilovalari ishga tushirildi. Hozirgi kunda elektron chiptalar ulushi 30 foizdan oshdi. Bundan tashqari mazkur tizim 4 ta milliy to‘lov tizimlariga hamda Master Card, Visa, PayPal va boshqa xalqaro elektron pul to‘lash tizimlari bilan integratsiya qilindi.
Xususan, yuk egalari uchun loyiha quyidagi onlayn imkoniyatlarni taqdim etadi:
– transport hujjatlarining va yukning bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish;
– mintaqaviy temir yo‘l uzellari hamda “ТехПД”lar bilan kerakli shartnoma va bitimlarni onlayn tarzda elektron raqamli imzo orqali imzolash;
– yuklarni temir yo‘l transporti orqali tashish uchun yuk to‘lovlarini va qo‘shimcha yig‘imlar hisoblash;
– tashish va qo‘shimcha yig‘imlar uchun to‘lovlarni o‘tkazish.
“Qozog‘iston temir joli” AJ bilan jahon standartidagi UN EDIFACT shaklidagi elektron yuk xati orqali almashishga kelishildi, hamda bu borada axborot tizimiga kerakli qo‘shimcha modullar ishlab chiqilib, hozirgi kunda test tariqasida amalga oshirilmoqda.
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida 2020-2023-yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJni raqamli transformatsiya qilish to‘g‘risida 14 ta loyiha bajarib kelinmoqda. Bugungi kunda 14 ta loyihadan 13 tasi to‘liq bajarilgan, 1 tasi bajarilish jarayonida.

Download 257.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling