Mamalakat iqtisodiyotida transportning tutgan o’rni


Transport xizmatlarini rivojlantirishning xorijiy tajribalari


Download 257.54 Kb.
bet7/11
Sana17.06.2023
Hajmi257.54 Kb.
#1533657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi

2.2. Transport xizmatlarini rivojlantirishning xorijiy tajribalari
Jamoat transporti rivojlanishining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy maqsadi shaxarlarning xizmat bozorida transport xizmatlari sifati va hajmiga oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Jamoat transporti xizmati doimiy ravishda davlat tomonidan tartibga solinadi va transport xizmati sifatini oshirish bo‘yicha bir qancha chora-tadbirlar, yo‘l xaritalari va strategiyalar ishlab chiqiladi. Transport boshqa infratuzilma tarmoqlari qatori ijtimoiy, iqtisodiy, tashqi siyosiy maqsadlarga erishishning muhim vositasi bo‘lib, jamiyat hayotining asosiy sharoitlarini ta’minlaydi. Transport nafaqat yuk va odamlarni harakatga keltiradigan sanoat, balki, birinchi navbatda, hayot va boshqaruv sharoitlarini o‘zgartiruvchi tarmoqlararo tizimdir. Boshlangan islohotlar transportning ish sharoitlarini va transport xizmatlariga bo‘lgan talab xarakterini sezilarli darajada o‘zgartiradi. Mamlakatimizning transport strategiyasi transport tizimining ishlashi va rivojlanishining strategik maqsadi transport orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlash hamda aholining hozirgi va kelajak avlodlarining hayot sifatini yaxshilash va mamlakatning boshqa muhim milliy manfaatlarini belgilash kabi ustuvor vazifalar yotadi.
Jamoat transporti transport tizimining eng muhim elementi bo‘lib, u shahar aholisining uchdan ikki qismi uchun kundalik transport harakatini ta’minlaydi. Umumiy foydalanishdagi yo‘lovchi transporti shahar va shahar atrofi aloqalarida aholining ish va maishiy sayohatlarining 85% dan ortig‘ini ta’minlaydi va shahar infratuzilmasining muhim qismi hisoblanadi [1].
Jamoat transportini jahon iqtisodiy forumi (www.weforum.org) saytida 2022 yil taxlil natijalariga ko‘ra dunyo bo‘yicha jamoat transporti eng rivojlangan shaharlar e’lon qilindi. Tadqiqot davomida dunyoning 60 ta yirik shaharlarining transport tizimlari o‘rganildi. Bunda jamoat transportining mavjudligi, bekatlar, stansiyalar, shuningdek, shahar elektrichkalari uchun temiryo‘l infratuzilmasi kabi mezonlar hisobga olindi. Ushbu tadqiqotlar natijasiga ko‘ra dunyodagi eng yaxshi jamoat transporti tarmog‘i Gonkongda bo‘lib, 100 dan 77 foiz ball olgan. Stokgolm ikkinchi, Syurix uchinchi o‘rinni egallagan. Reytingda eng oxirgi o‘rinlarda Ar-Riyod (57-o‘rin), Nayrobi (59-o‘rin) va Jidda (60-o‘rin)da joylashgan.


Download 257.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling