Mamarasulov Asadbek Baxtiyor o’g’li, Sirdaryo viloyati Mirzaobod
Download 236.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Asadbek, Mamarasulov, Taklif DSQga
Mamarasulov Asadbek Baxtiyor o’g’li, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Tinchlik mahallasi Pillakor ko’chasi
Mening taklifim shundan iboratki, soliq organi xodimlari mahalliy yig'imlarni yig'ishadi. O'sha mahalliy yig'imlarni yig'gan xodimga bir oy mobaynida budjetga mahalliy tushumlarni qancha tushirganliklariga qarab hamda tushumning bir oylik miqdoridan kelib chiqib, oylik ish haqiga qanchadir bir qismini ustama sifatida berilsa, ya'nikim, bir oyda 30 mln so'm mahalliy yig'imlarni yig'sa, misol uchun 5% i ish haqiga qo'shib berilsa, 2 mln ish haqi+30mln*5%=3.5 mln so'm. Bunda xuddi DAN hodimlari jarimalar orqali qanchadir miqdorda qo'shimcha haq olishsa, soliq organi xodimlari mahalliy budjetga mahalliy yig'imlarni tushirib bergani uchun qo'shimcha haq oladi. Bu orqali mansab vakolatini suiste'mol qilmaslik, ish vaqtida faqat ish bilan shug'ullanish, davlat budjetiga tushadigan mablag'larni o'marmaslik, ish va budjetga mablag' tushishi (jumladan, o'z vaqtida tushishi) samaradorligini oshirish nazarda tutiladi. Qancha ko'proq ishlashsa, shuncha ko'p oylik maosh olishadi. Budjet mablag'larini, ya'ni mahalliy yig'imlarni to'g'ridan-to'g'ri bevostida budjetga yo'naltirilishi ham ko'zda tutiladi, ya'nikim, cho'ntakka kirib ketishini oldini olish, oylik maosh yaxshi bo'lgani, sitqidildan va mehr bilan ko'proq ishlasa yaxshigina maosh olishi bois yuqoridagi budjet mablag'lari o'g'irlanishi holatlari kamayishi (Ishga borib, mahalliy tushum uchun chiqib ketib, kunning yarmigacha dam olib falon pul tushirdim degan holatlar yo'qolishi, o'shanda dam olishni emas faqatgina o'z vakolati doirasida ish faoliyati bilan shug'ullanishni xodim o'z oldiga maqsad qilib qo'yishi). Qo'shimcha haqning qancha miqdorda qo'shib berilishini esa budjet mablag'lari taqsimotidan kelib chiqib belgilashingizni taklif qilaman. Download 236.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling