Mamasoli jumaboyev
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Oyog‘in dikillatib.
Jimirib qulog‘ini, Òig‘latib tirnog‘ini, Qochmoqchi edi nari, Òez ayon bo‘ldi bari. Sobir mahkam ushladi, Yosh ko‘nglini xushladi. U talpinar har yoqqa, Qochmoq bo‘lib uzoqqa. Sobir erkalab, qiynab, Shum fe’li yana aynab. 17— Bolalar adabiyoti 258 Qulog‘ini chimchilar, Jonivor ko‘p chiyillar. Qandni tiqar og‘ziga, Hatto uning bo‘g‘ziga Solmoqchi bo‘lar barmoq, Olmaxon dumi baroq. Qo‘rqinchdan qaltiraydi, Ko‘zlari yaltiraydi. Shu zamon kelib qoldi, Sobirni tutib oldi Bir barvasta oqsoqol, Yuzi-ko‘zida malol. — Bolam, kimsan? Ne uchun Uni qilasan tutqun? Nega berasan azob? Sobir qilolmas javob, Chol so‘zladi tutoqib, Hatto ko‘zdan yosh oqib. Bu tabiat sen uchun Umring bo‘lsin deb uzun, Yaratilgan azali, Bu dunyoning go‘zali O‘rmon, daryo, ko‘llardir. Ularda yashayotgan, Rizqini oshayotgan Jonivorlar oz qoldi, Bu ish xatarga soldi. Aynidi zamin, samo, Olmaxon ham ko‘p emas, Ular soni xo‘b emas. U jonivor a’zosi, Òabiatning bolasi. Seni onang suyganday, Dilga mehrin tuyganday. Uni sevar tabiat, Shunchun qilar tarbiyat. Odamlar bilib qo‘ysin, Sendayni tiyib qo‘ysin. 259 Ha, sendayin bolalar, Keyin qilar nolalar. Sen qushlarga in yasa, Don ber agarda yesa. Olmaxonni o‘ynabsan, O‘ynab ancha qiynabsan. Sen-chi, unga mag‘iz ber, Yong‘oq, pista, mayiz ber. Quvnab yursin o‘rmonda, Sen qolmagin armonda. Sobir o‘rmon oralab O‘zin o‘zi qoralab, Chopib ketdi yo‘lida, Qandi qoldi qo‘lida. 260 Òaniqli bolalar shoiri Òursunboy Adashboyev 1939- yilda Qirg‘izistonning O‘sh viloyatiga qarashli Olabuqa tumanidagi Safed Bilol qishlog‘ida tug‘ilgan. U Òoshkent davlat universi- tetini hamda Moskvadagi Jahon adabiyoti institutini bitirgan. „Kamolning olmasi“ deb nomlangan birinchi kitobi 1967- yilda talabalik chog‘idayoq nashr etilgan. Keyinchalik Òoshkentdagi „Yosh gvardiya“, Bishkekdagi „Mektep“ nashriyotlarida „Biz sayohatchilar“, „Ola-Òovlik bo‘laman“, „Arslonbob sharsharasi“, „Surnay“, „Nur daryo“, „Gul- dasta“, „Olatog‘-lolatog‘“, „Oqbo‘ra to‘lqinlari“, „Sovg‘a“, „Arslonbob afsonasi“, „Sichqonning orzusi“, „Uch bo‘taloq va sirli qovoq“ to‘plamlari bosilib chiqqan. Òursunboy Adashboyevning kulgiga boy, hazil-mutoyiba bilan yo‘g‘rilgan asarlari boshqa xalqlar tillariga ham o‘girilgan. Masalan, „Ïåñíÿ Æàâîðîíîê“, „Måëüíèöà“, „Ïîäàðîê“, „Olti oyoqli xo‘tikcha“, „Olatog‘ ohanglari“ singari bir talay asarlari rus, latish, qozoq, tojik tillarida chop etilgan. Eng sara she’rlari esa qirg‘iz va o‘zbek bolalar she’riyati antolo- giyalaridan o‘rin olgan. Kichkintoylarga qisqa va lo‘nda qilib she’rlar yozish, qissadan hissa chiqarish Òursunboy Adashboyev ijodining eng muhim fazilatlaridan biridir. Ijodkorning „Sumalak“ sarlavhali she’ri shu jihatdan xarakterli: Boychechaklar nish urib, Òo turguncha o‘rnidan. Bahor qishni tarnovga, Osib qo‘ydi burnidan. Òursunboy Adashboyev (1939- yilda tug‘ilgan) 261 Yoki bolalarning cheksiz xayoloti bilan bog‘liq bo‘lgan „Òugma“ deb nomlangan mashqi ziyrak kuzatuvchanlikning mahsulidir: Ruzvon xola qo‘shniga Chiqqanida elakka. Kamzulining tugmasi, Òushib qoldi yo‘lakka. Chumolilar to‘planib, Majlis qurar shoshilib: — Bir, ikki, uch ko‘tardik, Òegirmonning toshini... Shoir quyosh botishini kuzatib, ufqning loladay qizarib turishidan hayron bo‘lgan Kozimning taassurotini shunday bayon qiladi: Kun botishi Kozimni Juda hayron etibdi. — Dada, quyosh dumalab, Òog‘ boshiga yetibdi. Yiqilibdi, shekilli, Burni qonab ketibdi... Iqtidorli shoirning ravon she’rlarini o‘qir ekanmiz, ijod- kor quvnoq, yengil kulgi vositasida kichkintoylar dunyosiga xos murakkab holatlarni ochib berishga har doim katta e’tibor berishini ko‘ramiz. Chunonchi, „Ahil do‘stlar“ she’rida Suhrob bilan Jahongir ismli ikki do‘st bitta bog‘chaga qatnab, hatto muzqaymoqni ham teng bo‘lib yeyishadi. Bu ikki oshna-og‘ayniga to‘p sovg‘a qilinadi. Ko‘ngilxiralik bo‘lmasligi uchun ular koptokni ham ikki bo‘lakka yorib o‘ynaydilar: Sovg‘aga kelgan to‘pni, Yotsiramay olishib, Òeng sherikka bo‘lishdi Shart ikkiga yorishib... Kitob va daftarning qadr-qimmatiga yetmaydigan, xususan, daftarni isrof qiladigan bolakaylar ko‘p uchrab turadi. Shoir „O‘n ikki varaq daftar“ she’ri orqali ana shunday o‘quvchilarni qattiq hajv ostiga oladi: 262 O‘n ikki varaq daftar Xolis xizmat etmadi. „Lo-la, osh, o-l“ so‘zini Yozish uchun yetmadi... Òursunboy Adashboyev jahon bolalar she’riyati vakillari- ning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish borasida ham faol ish olib borayotir. Uolter De Lamer, Yan Bjexva, Korney Chukovskiy, Samuil Marshak, Musa Jong‘oziyev, Qodir Mirzaliyev, Og‘ageldi Allanazarov, Kanibek Junushev, Say- dali Ma’mur, Leons Briyedis, Yesken Yelubayev she’rlarini yosh kitobxonlar Òursunboy Adashboyev tarjimasida sevib o‘qishadi. ÒELEFONDAGI SUHBAÒ — Allo-allo, Hakimjon, Sinfdoshing Ro‘ziman. Futbol qalay, dam oldingmi? — Endi keldim o‘zimam. — Nima bo‘ldi, chiqardingmi Yuzinchi masalani? — Òashvish qilma, Nizom aytdi, Ishlabdi Hasanali... MAYIZ — Oting nima, qizaloq? — Menmi, tog‘a, Lolaman. — Ol mayizdan bir hovuch. — Yo‘q, odobli bolaman. Hovuchingiz kattaroq, Siz bersangiz olaman... YALAYAPMAN — Karimaxon, qayga ketding? — Kel, sochimni tarayapman. — Qatiqni tez olib chiq. — Hozir, opa, qarayapman. — Ozroq edi, ichib qo‘yma. — Ichganim yo‘q, yalayapman... 263 ROSÒDANMI? Salim ota tamshanib, Novvot so‘rar kavshanib. Aylantirar lunjida, Nabirasi pinjida Boqar hayron, lol bo‘lib. — Ha, qaridik chol bo‘lib. — Òishingizga ne bo‘lgan? — Bari tushgan, to‘kilgan. — Unday bo‘lsa, — Hakim der: — Sizda tursin nokim, — der. BAQALAR — Havo aynib, birdaniga Yomg‘ir quysa paqirlab. Nima uchun baqalar Suvga qochar vaqirlab? Obidjondan Zaynullo Shuni so‘ragan edi. Obid biroz o‘ylanib, Do‘stiga shunday dedi: — Yomg‘irdan qochmasami, Ust-boshi ivib qolar. Shuning uchun anhorga Sho‘ng‘ib ketar baqalar. YALQOV Ko‘rganlar aytar, yoshmas, Sho‘xlikdan vaqti oshmas. Bu qilig‘i yarashmas, Haddan ortiq. Ish buyursang uqmaydi, Qo‘lda kitob uxlaydi. Sal sovuqda „uflaydi“, Burnin tortib. „Òo‘rt“ qayoqda, „uch“ olmadi, Shu ahvolda kuch olmadi, 264 Bu yil yana ko‘cholmadi, O‘sha Ortiq. NOVVOÒ Xayri xola qog‘ozga Bir bo‘lak novvot o‘rab, Òortmaga berkitdi-da, Nishonboydan gap so‘rab Dedi: — Bugungi ishni Ertaga qoldirmagin. Darslaringni tayyorla, Jag‘imni toldirmagin. Nishonboy boshin qashib: „Hozir, oyi“, deb qo‘ydi. Kampir suv keltirguncha U novvotni yeb qo‘ydi. Onasi buni bilgach, O‘z ko‘ziga ishonmay So‘radi: — Novvot qani, Ko‘rmadingmi, Nishonboy? — Bugungi ishni kechga Qoldirmayin deb qo‘ydim. Shuning uchun, oyijon, Men novvotni yeb qo‘ydim... QO‘G‘IRCHOQNI AVAYLAB Ariqdan o‘tayotib, Gulnora toyib ketdi. Muncha anqaydim deya, O‘zini koyib ketdi. O‘rnidan turib darhol, Ko‘ylaklarini qoqdi. So‘ngra qo‘g‘irchog‘iga Mehr-la kulib boqdi: — Voy, qattiq yiqildingmi, Ko‘zlari munchoqqinam? Boshing toshga tegdimi? Yig‘lama, oppoqqinam. 265 KAPADA Sanjar bobosi bilan Qovun poylar kapada. Ko‘kda yulduz marjoni, G‘ir-g‘ir esar shabada. Nabirasi bidillab, Cholni tutar so‘roqqa. Yarmi kemtik oy chiqdi O‘xshab oltin o‘roqqa. — Bobo, qarang, tunov kuni Butungina oy edi. Birov uni sindirib, Qo‘yganmi, deb koyidi... HALI YOSH-DA — Doskaga chiq, Mukambar, Bo‘rni ol-chi, xo‘sh, qani. Bitta misol ishlaymiz, Uchga uchni qo‘sh, qani? Lekin oddiy misolni Yecholmadi Mukambar. Sodiq aka so‘rab qoldi: Ayt-chi, qancha ukang bor? — Oltita. — Ular birdan konfet yesa, Bo‘lar nechta? — Beshta. — Hech-da! Shoshilmasdan o‘yla boshda. — Bitta ukam konfet yemas. Hali yosh-da... ÒUPROQ Ajdodlardan meros bo‘lib, Qolgan tuproq. Bobolarning qon va teri Òomgan tuproq. Qizg‘aldoqlar ochilganda, Qilmay kanda, 266 Qir, adirlar gulxan bo‘lib Yongan tuproq. Òo‘kin-sochin dasturxonni Solgan tuproq. Dori-darmon, sinovlardan Òolgan tuproq Qotilni ham, botirni ham Sukut saqlab, Ehtiyotlab, o‘z bag‘riga Olgan tuproq. Bobolarning qon va teri, Òomgan tuproq... QIYOSI YO‘Q Sen tug‘ilgan, O‘sh, Buxoro, Qutlug‘ xona. Samarqandim. Aziz diyor, Qiyosi yo‘q, Pok ostona. Bu yagona. So‘lim o‘lka, Sen-u menga, Kesh, Farg‘ona, Vatan — Ona. Qadim Urganch, Shunday go‘zal, Shu durdona Ulug‘ yurtkim. Ko‘rkam Òoshkent, Òuprog‘ini, Asal-qandim. Ko‘zga surtgim. 267 Shoir, adib, olim, tarjimon, jurnalist, rahbar Muham- mad Ali (Ahmedov Muhammadali) Andijon farzandi. U 1942-yilda Bo‘z tumanida tavallud topgan. O‘rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlagan Muhammad Ali O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining tavsiyasi bilan Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil oladi. U o‘z mehnat faoliyatini G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrirlikdan boshlaydi. So‘ngra shu nashriyotda bosh muharrir; O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasida Markaz raisi; Xalqaro „Oltin meros“ jamg‘armasi raisi; ayni pallada esa xalqaro Amir Òemur jamg‘armasining raisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bolalik haqida asar yozmagan qalamkash bo‘lmaydi. Muhammad Ali ham aslida kattalar adabiyotining vakili bo‘lishiga qaramay, bolalarni samimiy sevadi, e’zozlaydi va o‘zining bir qator asarlarini ertamiz kelajagi bo‘lgan kichkin- toylarga bag‘ishlagan. Bolalar uchun ijod qiladigan qalamkash ularning dunyoqarashlarini, pedagogik-psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak. Boshqacha ibora bilan aytganda, bolalar mavzusini yoritish, bolalar uchun asar yozish ijodkordan katta mas’uli- yatni talab qiladi. Bunday xususiyatlar Muhammad Alida bor. Adib o‘zining tarixiy mavzuga bag‘ishlangan „Boqiy dunyo“ (she’riy roman), „Ulug‘ saltanat“, „Sarbadorlar“, „Abadiy sog‘inchlar“ nomli romanlarida bolalarning yorqin obrazlarini chizib berdi. Ayniqsa, bu „Ulug‘ saltanat“ tarixiy asarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biz unda Muhammad Sulton, Xalil Sulton, Mirzo Ulug‘bek singari shahzodalarning bolalik davrlari tasvirlangan sahifalarni ko‘ramiz. „Boqiy dunyo“ she’riy Muhammad Ali (1942- yilda tug‘ilgan) 268 romanida esa qahramon yigit Farhodning bolaligi tasvirlari, ayniqsa, uning ismi ma’nosining yangicha talqinda berilishi juda qiziqarli va ibratlidir. Shoirning bolalarga bag‘ishlangan she’r va afsonalari ham mavzularning rang-barangligi bilan ajralib turadi. Adib bolalar uchun asar yozganda bolalar xarakterining o‘ziga xosligini unutmaydi. Bolalar har narsaga hayrat bilan boqadilar, hamma narsa ularga qiziq tuyuladi. Ular har bir narsani ilk bor ko‘radi, har bir narsaga qarab dunyoni o‘zicha ilk bor kashf eta boradi, bundan beqiyos quvonadi. Shoir ana shu kashfiyotni tasvirlashga harakat qiladi. „Bo‘taloq“ she’rida bo‘talog‘iga boqib quvongan, atrofida parvona bo‘lgan bolakay obrazi chiziladi. Bolaga, ayniqsa, bo‘taloqning lo‘k-lo‘k etib chopishi, unga „cho‘k-cho‘k!“ deyish juda yoqadi, uning o‘zi ham birga chopishga tayyor. Bo‘taloq ham bolaning mehrini sezadi. She’rda „lo‘k-lo‘k, cho‘k-cho‘k“ so‘zlarining takrorlanishi she’rga ajoyib ruh bag‘ishlagan. She’r juda jozibali va hayotiy chiqqan: Bo‘talog‘im yayraydi, Yantoq bersam, chaynaydi. Yam-yashil o‘tloqlarda Lo‘k-lo‘k chopib o‘ynaydi. Bo‘talog‘im, lo‘k-lo‘k, Lo‘killama, cho‘k-cho‘k! Bo‘talog‘im to‘ysin deb Barra o‘tlar tutaman. Agarda qasd qilsam-chi, Undan o‘zib ketaman! Bo‘talog‘im, lo‘k-lo‘k, Lo‘killama, cho‘k-cho‘k! Muhammad Ali o‘z she’rlariga ko‘p hollarda tabiat man- zaralarini, hayvonot olamini, o‘t-o‘lanlarni mavzu qilib oladi. Bu esa she’rlarga tabiiylik baxsh etadi. „Shudring“, „Zub- turum“, „Kungaboqar“, „Qo‘zichoq“ kabi she’rlar ana shundaylar sirasiga kiradi. Bu she’rlarda dastavval onasining gapiga kirmay, kasal bo‘lib qolgan, keyin peshanasiga zub- turum bargini qo‘ygandan so‘ng sog‘aygan bola, shudringga 269 cho‘milgan bog‘, o‘tloqda „olamda ne gaplar bor“ligidan bexabar sakrab yurgan begunoh qo‘zichoq tasvirlanadi. Shoirning ko‘p she’rlari kichik bolalarga bag‘ishlab yozil- ganligi bilan muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bunga misol qilib „Vagonlar“, „Maktabimiz hovlisi“, „Yigirma to‘qqiz do‘stimiz“ kabi she’rlarni aytib o‘tish mumkin. „Shudring“ she’riga e’tibor bering: Bog‘imizga bir qarang, Gul ochildi rang-barang. Òongda shudring tushibdi, Gulga chiroy qo‘shibdi. Bog‘dan nari poliz bor, Unda qovun-tarvuz bor. Qovunlar katta-katta, Yozda keling, albatta! Onalarni ulug‘lovchi „Onamlarning bayrami“ she’ri bay- ram munosabati bilan xonadonda yuz bergan quvonchli kayfiyat haqida. Bolaning nazarida butun tabiat aziz onajonini qutlug‘ ayyom bilan qutlashga shaylangan. Qushlar hovlini to‘ldirib uchib yurishibdi, ariqlarning labida ham o‘t-o‘lanlar ko‘karib chiqibdi, oppoq bodom esa, gullarga ko‘milgan shoxini ko‘z-ko‘zlab, darchadan onajonisi xonasiga „qo‘l“ cho‘zib turibdi... Bayramga bolaning ham sovg‘asi bor: u o‘nta „5“ olib qo‘ygan! Muhammad Alining xalq afsonalari asosida yaratgan „Ninachi haqida ertak“, „Uch oltin g‘isht“, „Sirli qushlar“ nomli asarlari ham diqqatga sazovordir. „Ninachi haqida ertak“ xalqimiz orasida qadimdan mashhur bo‘lgan „Kim zo‘r“ degan afsonani eslatadi. Asar qahramoni — Ninachi. Qish kirib qolganini sezmagan uysiz-joysiz Ninachi qayga borishini bilmay, „xazon cho‘pni hassa qilgancha“ yo‘lda ketardi. Muz ustidan o‘tayotib, oyog‘i toyib ketadi va quyrug‘ini sindirib qo‘yadi. U bu falokatdan qattiq ozor chekadi va Muzga, sen zo‘r ekansan, deydi. Muz esa, men zo‘r emasman, agar zo‘r bo‘lsam, Quyosh eritib yuborarmidi, Quyosh zo‘r, deydi. Ninachi so‘ng Quyoshga, uni berkitolgan Bulutga, uning bag‘rini teshib o‘tgan Yomg‘irga, keyin yomg‘ir iðiga osilib yerga tushib, uni shimib olgan Yerga, yerni teshib chiqqan Maysaga, uni bosib keta olgan Otga va nihoyat uni minib olgan 270 Odamga keladi... Shoir adolat qidirib yurgan Ninachi sarguzashtini juda jonli va qiziqarli tasvirlaydi, o‘qiganda tabiat manzaralari o‘quvchi ko‘z o‘ngidan bir-bir o‘tadi. „Uch oltin g‘isht“ afsonasini shoir o‘z otasidan eshitgan. Voqea juda qiziq va ibratli. Uch aka-uka — Òo‘ng‘ich, O‘rtan- cha, Kenja uzoq safarga chiqishib uchta oltin g‘isht topib oladilar. Har biriga bittadan g‘isht to‘g‘ri keladi. Biroq nafs tuzog‘iga tushgan Òo‘ng‘ich bilan O‘rtancha fitna uyushtirib, Kenjani o‘ldirmoqchi bo‘ladilar va uni ovqat olib kelishga yuboradilar. Kenja ovqat olib kelib dasturxonga qo‘yayotganda, boshiga g‘isht bilan urib o‘ldiradilar. Keyin xursand bo‘lib, ovqat yeyishga tutinadilar. Va shu zahotiyoq til tortmay o‘la- dilar, chunki Kenja uchta g‘ishtning hammasini o‘ziga olmoq- chi bo‘lib, akalari ovqatiga pinhona zahar qo‘shgan edi... Shoir bu afsonasida inoqlik, hamjihatlikni ulug‘laydi, ochko‘zlik, nafsga berilishni qoralaydi. Asarni o‘qib chiqqan o‘quvchi sadoqat-u ixlos yo‘lini tutish, halol bo‘lish kerakligi, ezgu ishlarda birlashish lozimligi, yomonlik qilish asil insonning ishi emasligini anglaydi, yaxshilikning umri uzun, yomon- likning esa davri qisqa, degan haqiqatning boqiyligini tushunib yetadi. „Sirli qushlar“ shoirning hind xalq afsonalaridan ilhom- lanib yozgan asaridir. Unda halollik, fidoyilik, chin insoniylik sifatlari ulug‘lanadi. O‘zbekiston Xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti sovrindori Muhammad Alining bolalarga atab yozgan she’r va afsonalari yosh kitobxonni ezgulik va yaxshilikka chorlaydi, ularni chin inson qilib tarbiyalashda, Vatanga sadoqatli bo‘lishda xolisona xizmat qiladi. QO‘ZICHOQ Yashil o‘tloq erkasi, sakray-sakray tinmaysan, Olamda ne gaplar bor, anglamaysan, bilmaysan... Maysalarga egib bosh, kurt-kurt qilasan doim, Onang suyib yunglaring yalab qo‘yar muloyim. Nariroqda allakim seni kuzatar shu choq, Ko‘zlarida nedir bor, yonida sovuq pichoq... 271 Senga boqib ko‘zlari tinib ketsa ajabmas, Senga qadar pichog‘i sinib ketsa, ajabmas... HA-YU, CHITTIGUL Akacham oy tomon boraman, deydi, Bulutlar ko‘ksini yoraman, deydi. Ha-yu, chittigul! Ha-yu, chittigul! Fazoda juda ko‘p sirlar bor, deydi. Chamanzor bo‘luvchi yerlar bor, deydi. Ha-yu, chittigul! Ha-yu, chittigul! Yulduzdan yulduzga o‘taman, deydi, Singiljon, yoningga qaytaman, deydi. Ha-yu, chittigul! Ha-yu, chittigul! UCH OLÒIN G‘ISHÒ (Otamning hikoyasi) Almisoqdan avvalmi Yo keyinmi, bir zamon, Farg‘onada yashardi Og‘a-ini — uch o‘g‘lon. Òo‘ng‘ichining yo‘q edi Bosh suqmagan ko‘chasi. Ul aytganni qilishar O‘rtanchasi, Kenjasi. Chirsillar qish sovug‘i, O‘t gurillar o‘choqda... Barvasta Òo‘ng‘ich o‘g‘lon Òizzasini quchoqlab Ukalarga yuzlandi: „Gapim bordir sizlarga: Otamiz ham mol-dunyo Qoldirmadi bizlarga. Maslahat-da, yo‘l olsak Boshimiz oqqan tomon. 272 Peshonada nima bor — Yolg‘iz O‘ziga ayon. Qaratgan — qarab qolmas, Keng erur axir olam. Òopsak — shukr, topmasak, Shukr deylik unga ham...“ Ul aytganni qilishar O‘rtancha-yu Kenjasi. Maslahat ham bo‘ldi hal O‘sha kuni kechasi. Ko‘p kezdilar dunyoni... Hammollik ham qolmadi. Bari bo‘ldi va lekin, Lekin ular tolmadi. Nimanidir izlashar, Nimanidir. Kim bilsin? Mayli, hatto osmonning Ustunlari yiqilsin, Dunyoni-da olsin o‘t, Mayli bo‘lsin qiyomat, Ishonardi uch o‘g‘lon, Bir kun kelar deb omad! Yana safar, yana yo‘l... Nainki bu yer behisht? Yotardi yo‘l bo‘yida Uch g‘aroyib oltin g‘isht! „Hazilingmi, xudo, bu? Aytaqol qilmay xunob! Ne bo‘lsa ham ishqilib, O‘ng bo‘lsin-da, xobmas, xob!“ Og‘a-ini uch o‘g‘lon G‘ishtlarni qo‘ldan qo‘ymay, Goh siypalar, goh o‘par, Òermilar to‘yib-to‘ymay: „Jilo berishin ko‘ring!“ „Hazil emas, sof oltin!“ „Ko‘zni olar muncha ham?“ „Oltin, axir sof oltin!“ 273 Xumdon kabi qizir kun, Havo cho‘yanday og‘ir. Salqin joyga chiqdilar; Òo‘ng‘ichi dedi oxir: „Xo‘p ochqapti qorin ham, Ukalar, gap sirasi, Bu yer bilan shaharning Uzoq emas orasi. Kenjatoy, sen shaharga Òezdagina borib kel. Ma, pul! Shunga bir yemak, Ovqat-povqat olib kel!“ Pachoqqina Kenjaning O‘chganida qorasi, Òo‘ng‘ich O‘rtanchaga der: „Gapning o‘g‘il bolasi Shuki, shuncha yo‘l bosdik, Òopganimiz — uchta g‘isht. Bu Kenjamiz bo‘ldi-ku, Òurgan-bitgani tashvish? U yosh bola, ne uchun U ham bir g‘isht oladi? Lekin u-bu, desak-chi, Xo‘p to‘polon qiladi. Gap shu: bitta g‘isht olib Paytni poylab turasan. Kenja ovqat qo‘yganda Qoq miyaga urasan!..“ Òo‘ng‘ichining yo‘q edi Bosh suqmagan ko‘chasi. Ul aytganni qilishar O‘rtanchasi, Kenjasi. Bir kosa osh ko‘tarib Kenja kelib qoldi-ku. O‘rtancha ham g‘isht bilan Miyasiga soldi-ku! Òil tortmasdan berdi jon 18— Bolalar adabiyoti 274 Kenjatoy o‘sha asno. Oltin g‘isht ham ikkiga Bo‘lindi-ya, ajabo! Go‘zal edi keng olam, Nurli edi bir yo‘la. Akalar chehrasida Kezar tillavor shu’la... Shosha-pisha yedilar Ovqatni aka-uka. Birdan ko‘zlari tinib, Aylandi chikka-pukka! Òashnalikdan ezilar Dashtday qaqragan vujud. O‘t olganday yurakni Og‘izdan chiqardi dud! Otash bo‘lgan temirday Chirsillardi peshona... Faqat yumilmas ko‘zlar — Òiriklikdan nishona. Kenjatoy ham uch g‘ishtni Olgandi-ku nazarga. Shul niyatda ovqatga Solgan edi zahardan!.. Òo‘ng‘ich, O‘rtancha — unda, Kenjatoy esa bunda, Do‘ngrayishib yotardi, Yo‘l bo‘yida, zabunda. Yo‘l uzra qolar yana, Yana kimgadir tashvish: Avvalgidek sehrgar, Endi to‘rtta oltin g‘isht... 275 Safo Ochil 1942-yilda Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida tavallud topdi. Bog‘ot tumanidagi Narimonov nomli maktabda ta’lim oldi. Òoshkent davlat chet tillar pedagogika institutining nemis tili fakultetini nemis, o‘zbek tili va adabiyoti ixtisosi bo‘yicha tamomlagan. Safo Ochilning asli kasbi muallimlikdir. U uzoq yillar Xorazm davlat pedagogika institutida o‘qituvchi, katta o‘qituv- chi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida mehnat qildi. Uzoq yillar „O‘qituvchi“ nashriyot-matbaa ijodiy uyining O‘zbek tili, adabiyoti va pedagogika adabiyotlari tahririyati mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Pedagogika fanlari doktori, professor Safo Ochil talaba-yoshlarni ilm-fan nurlaridan bahramand qilishga o‘z hissasini qo‘shdi. Shoirning „Umidvor qushcha“, „Kamalak va sumalak“, „Aytsammi yo aytmasam“, „Burgut“, „Qalb gulshani“, „Muborak kunlar“, „Zamin sadolari“, „Orzular ko‘kidagi Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling