Mixael Bulgakov kim? - Mixail Bulgakov (1891, Kiyev 1940, Moskva) — rus yozuvchisi. 1920-yillarda roman, novella va qissalar, pyesalar, ssenariylar, koʻplab felyetonlar muallifi sifatida tanilgan. U asosan Rossiya fuqarolar urushi dahshatlari, inqilob va fuqarolar urushi davridagi rus ziyolilari va chor armiyasi zobitlarining taqdiri haqida yozgan. Yozuvchining “Usta va Margarita” romani unga katta shuhrat olib keldi va XX asr durdonalaridan biri sifatida tan olindi.
«Usta va Margarita» asari haqida - “Usta va Margarita” – mashhur rus yozuvchisi Mixail Afanasyevich Bulgakovning romani. Asar yozilishi 1920-yil oxirida boshlanib, yozuvchining vafotigacha davom etgan. Yozuvlarni tahrirlash va yig‘ish, yozuvchining bevasi – Yelena Sergeyevna tomonidan adibning vafotidan keyin amalga oshirilgan. “Muhandis tuyog‘i”, “Qora sehrgar” deb nomlangan romanning birinchi versiyasi 1930-yilda Bulgakov tomonidan yo‘q qilingan. Romanning so‘ngi nomi – “Usta va Margarita” 1937-yilda paydo bo‘lgan. Asarning qisqartirilgan shaklda birinchi nashri 1966–1967-yillarda amalga oshirilgan. Kitobning rus tilidagi birinchi to‘liq nashri 1967-yilda Parijda chiqqan. Asar asosida juda ko‘p filmlar va seriallar suratga olingan va sahnalashtirilgan.
Badiiy asar tahlili va uning tematik tasnifi - “Usta va Margarita” – mashhur rus yozuvchisi Mixail Afanasyevich Bulgakovning romani. Asar yozilishi 1920-yil oxirida boshlanib, yozuvchining vafotigacha davom etgan. Yozuvlarni tahrirlash va yig‘ish, yozuvchining bevasi – Yelena Sergeyevna tomonidan adibning vafotidan keyin amalga oshirilgan. “Muhandis tuyog‘i”, “Qora sehrgar” deb nomlangan romanning birinchi versiyasi 1930-yilda Bulgakov tomonidan yo‘q qilingan. Romanning so‘ngi nomi – “Usta va Margarita” 1937-yilda paydo bo‘lgan. Asarning qisqartirilgan shaklda birinchi nashri 1966–1967-yillarda amalga oshirilgan. Kitobning rus tilidagi birinchi to‘liq nashri 1967-yilda Parijda chiqqan. Asar asosida juda ko‘p filmlar va seriallar suratga olingan va sahnalashtirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |