Texnologik yutuqlar indeksi (TAI) - Uning maqsadi mamlakatda (mintaqada) texnologik salohiyat rivojlanishining hozirgi holatini baholash va boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda ob‘ektiv pozitsiyani aniqlashdan iborat.
- TAI mamlakatning texnologik rivojlanishining 4 tarkibiy qismini o’lchash uchun mo’ljallangan:
- 1)Yangi texnologiyalarning yaratilishi (jamiyatda innovatsiyalar darajasi);
- 2) So’nggi innovatsiyalarning diffuziyasi;
- 3) Mavjud innovatsiyalarning diffuziyasi (tarqalishi);
- 4) Ko’nikmalarni rivojlantirish;
-
Innovatsion imkoniyatlar indeksi (ICI) Boston Konsalting Guruhining Jahon miqyosidagi innovatsion indeks (gii bcg) - Bu indeks mamlakatda innovatsiyalar darajasini baholash uchun xalqaro ko’rsatkich bo’lib, innovatsiyalar natijalari va davlat siyosatining innovatsiyalarni rivojlantirishni rag’batlantirish qobiliyatining ko’rsatkichidir. Indeks ikki elementdan iborat – innovatsion potensial (innovation inputs) va innovatsion samaradorlik (innovation performance), ular o’z navbatida ma‘lum mezonlar to’plamidan iborat
- 1. Innovatsion salohiyat:
- 2. Innovatsion faoliyat natijalari:
Umumjahon innovatsion indeksi (GII INSEAD) - GII INSEAD – yillik statistik reyting bo’lib, u jamlama ko’rsatkichga ko’ra mamlakatlarni innovatsion faoliyat uchun qulay muhit va innovatsion faoliyatning samaradorligi darajasiga ko’ra ajratib turadi. GII INSEAD indeksiga ikkita kichik indeks kiradi:
- 1) innovatsion salohiyat (innovatsion kirish)
- 2) innovatsion faoliyat natijalari (innovatsion mahsulot)
Do'stlaringiz bilan baham: |