Mamlakat: O’zbekiston


Download 18.05 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi18.05 Kb.
#1615340
Bog'liq
Azizbek Qurbonov. Amaliyot 1-kun


Amaliyotning 1-kuni. 8-may.
Buxoro tarixini o’rganish.
Mamlakat: O’zbekiston.
Viloyat:Buxoro
SHahar: Kogon
Aholisi: 63.800
Maydoni: 14.7
Asos Solingan: 1888-yil
Avvalgi nomi: Yangi Buxoro
Millat tarkibi: o’zbek 95-96%
Rus 1-2%
Kogon Tarixi
Bir guruh izlanuvchilaning qarashlariga asoan, XII—XIII asrlarda hozirgi Kogon shahri oʻrnida Kohkon qishlogʻi mavjud boʻlgan. Ushbu qishloq aholisi ziroatkorlik bilan shigʻullanib, gʻalla mahsulotlarini yetishtirgan. Buxoro bozorlarida bu qishloq aholisi tomonidan sotilgan bugʻdoy va somon xaridorgir boʻlgan.
Shahar sanoat tarmoqlarining shakllanishi Buxoro amirligi davrida mahalliy aholi kuchi bilan qurilgan (1888) Zakaspiy (Krasnovodsk — Toshkent) temir yoʻlning Yangi Buxoro orqali oʻtishi bilan bogʻliq.
1888-yildan boshlab, Rossiya imperiyasidan koʻchirib kelingan aholi Kohkon qoʻrgʻoniga joylashtirilgan. Buxoro amirligi hududiga 1888-yilda temir yoʻl kelishi munosabati bilan Yangi Buxoro shahri vujudga kelgan va bu yerda amirlik siyosiy boshqarivini nazorat qiluvchi Rossiya imperiyasining siyosiy agentligi oʻz faoliyatini olib borgan. Keyinchalik, shaharda amir Abdulahadxon tomonidan saroy qurdirilgan. Shahrda rus-tuzem maktabi boʻlgan.
1907-yilda Kogon—Buxoro, 1915-yilda Kogon—Termiz temir yoʻllari ishga tushirilgan.
1912-yil Kogonda Buxoro jadidilari gazetalari chop etilgan: „Buxoroyi sharif“ (tojik tilida chop etilgan birinchi gazeta) va „Turon“ (oʻzbek tilida chop etilgan).
1917-yil 2-dekabrda Kogonda boʻlib oʻtgan amirlik hududidagi rus manzilgohlari kengashlarining 2-syezdida amir tuzumini agʻdarib tashlab, hokimiyatni Yosh buxoroliklarga berishga qaror qilingan va uch oydan soʻng tarixda Kolesov voqeasi nomi bilan mashhur boʻlgan, amirlikka qarshi qizil armiya tomonidan qurolli hujum uyushtirilgan.
1920-yillargacha Kogonda yogʻ zavodi qurilgan, toshbosma (unda Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ va boshqa asarlar bosilgan), temir yoʻl idorasi qoshida maktablar, paxta firmalari, turli savdo banklarining boʻlimlari ochilgan.
Buxoro amirligi hududidagi ilk gazeta Kogonda tashkil etilgan bosmaxonada chop etilgan. Bu bosmaxonada Ahmad Yassaviyning "Devoni hikmat“ sheʼriy majmuasi, Xiromiyning „Chor daarvesh“ dostoni (Dabiriy chop ettirgan) chop etilgan.
Buxoro amirligi tugatilishidan oldin, Buxoro bosqini uchun tuzilgan 4 ta zarbdor guruhning biri Kogonda joylashtirilgan. Ushbu bosqindagi asosiy vazifa Kogon guruhi zimmasiga yuklatilgan. U Eski Buxoroni egallashi, amir Olimxonni asir olishi va Arkdagi xazinani egallashi kerak boʻlgan.
Sovetlar hukumati davrida yangi sanoat korxonalari va madaniy obʼyektlar qurilgan. 1950-yilarda Gazli—Kogon, Muborak—Kogon va Kogon-Zirabuloq gaz quvurlari oʻtkazilgan, 1961-yilda gaz kompressor stansiyasi ishga tushirilgan.
Rossiya koʻngilli havo floti jamiyatining („Dobrolyot“) O'rta Osiyo boʻlimi Kogonda joylashgan boʻlgan. Undan, uzunligi 450 kilometr boʻlgan Kogon—Oq-toʻqay—Dargʻonota—Xiva havo yoʻli orqali yoʻlovchilar, pochta joʻnatmalari va yuklar tashilgan.
Arxeologiya va arxitektura yodgorliklari
Shaharda 2 ta arxeologiya va 38 ta arxitektura yodgorliklari mavjud. Arxeologik yodgorliklar Zirabodtepa va Xoʻja Bargitepalar boʻlib, ular oʻrta asrlarga tegishli deb baholanganlar. Arxitektura yodgorliklarining esa barchasi 19 asrning oxiri — 20 asrning boshlariga tegishli boʻlib, ulardan eng mashhurlari: Amir saroyi (1947-yildan shahar temiryoʻlchilari madaniyat saroyi), Pravoslav cherkovi, Rossiya imperiyasi davrida Siyosiy Agentlik binosi (tashlandiq holatda), Telegraf binosi (tashlandiq holatda) va Sinagoga (tashlandiq holatda) vazifasini oʻtagan meʼmoriy yodgorliklar.
Yuqorida koʻrsatilgan barcha yodgorliklar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.10.2019-yildagi 846-son qaroriga asosan „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari milliy roʻyxati“ga kiritilgan boʻlib, hozirda davlat himoyasidadirlar. Ushbu roʻyxatga kiritilmagan tarixiy-meʼmoriy yodgorliklardan Shohmasjid va Shohinajib (Zirobod) masjidlari, Amir saroyi kompleksi tarkibida boʻlgan va u bilan bir vaqtda qurilgan 3 ta bino ham mavjud
Foydalanilgan manbalar
Halim To’rayev “Buxoro Tarixi”
Download 18.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling