Mamlakat oziq ovqat xavfsizligini baholash mezonlari, tamoyillari va darajalari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
Sana28.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1136155
Bog'liq
12-mavzu. Mamlakat oziq ovqat xavfsizligini baholash mezonlari,



129
MAMLAKAT OZIQ OVQAT XAVFSIZLIGINI BAHOLASh
MEZONLARI, TAMOYILLARI VA DARAJALARI.
1. Oziq ovqat xavfsizligini baholash mezonlari.
2. Oziq-ovqat xavfsizligini baholash tamoyillari va darajalari.
3. Oziq-ovqat xavfsizligini baholash ko’rsatkichlari.
4. Oziq-ovqat xavfsizligining makroiqtisodiy, siyosiy, institusional, qishloq
xo’jalik , ijtimoiy va farovonlik jihatlari.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Oziq-ovqat xavfsizligini baholash tamoyillari va darajalari, oziq-ovqat
xavfsizligini baholash ko’rsatkichlari va koeffisiyentlari, aholi jon boshiga
daromad, iste’mol savati, yashash minimumi, oziq-ovqat xavfsizligini
ta’minlashning jihatlari.
1. Oziq-ovqat xavfsizligini baholash mezonlari.
Oziq-ovqat xavfsizligi deganda mamlakat iqtisodiyotining shunday holatini
tushunish lozimki, bunda jahon bozorlari kon’yunkturasidan har bir aholiga davlat
tomonidan ilmiy asoslangan me’yorlarga muvofiq keladigan maqsadlarda oziq-ovqat
bilan barqaror ta’minlash kafolatlanadi, ya’ni masalaning bir tomonida taklif turadi,
ikkinchi tomonida talab va iste’molni tibbiy me’yorlar darajasida saqlash uchun shart-
sharoit yaratiladi.
Makrodarajada oziq-ovqat xavfsizligi mezonlari tarkibining quyidagi guruhlari
farqlanadi:
1. Natural – asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqaviy moddalar bo’yicha ishlab
chiqarish, iste’mol, zahira ulush ko’rsatkichlari.
2. Nisbiy –umumiy va alohida mahsulotlar bo’yicha optimal bazaviy darajadagi
ishlab chiqarish (iste’mol) ko’rsatkichlari .
3.Texnik-iqtisodiy – ASM va uning moddiy bazasi iqtisodiy holatini tavsiflovchi
ko’rsatkichlar.
4. Ijtimoiy-demografik qishloq joylarida mehnat resurslari dinamikasi va aholini
takror ishlab chiqarish ijtimoiy-iqtisodiy ko’rsatkichlari
5. Ekologik-geografik- ASM absolyut
va nisbiy samaradorligi tabiiy chegaralarini
aniqlovchi ko’rsatkichlar.
Oziq-ovqat
xavfsizligi
milliy
xavfsizlikning muhim tarkibiy qismidir,
chunki u asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining barqaror ishlab chiqarilishi va aholining
undan foydalana olishini ta’minlaydi.
2. Oziq-ovqat xavfsizligini baholash tamoyillari va
darajalari.
Aholining oziq-ovqat xavfsizligi holatini baholash quyidagi ko’rsatkichlar
yordamida amalga oshiriladi:

mamlakatning barcha hududida to’lovga qobil talabga mos keladigan miqdorda
va assortimentda oziq-ovqat mahsulotlarining doimiy ravishda mavjudligi;

barcha iste’molchilar uchun uning ijtimoiy maqomi va yashash joyidan qat’iy
nazar oziq-ovqat mahsulotlarini minimal darajada iste’mol qilish imkoniyatining
mavjudligi;
“1-maqsad: Og’ir qashshoqlik va ochlikni
tugatish”.
BMTning
Mingyillik
Rivojlanish
Maqsadlari [112]


130

oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi –inson uchun ushbu mahsulotni yaroqsiz
holga keltiruvchi yoki xavfli bo’lgan moddalarning mavjud emasligi;

oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, ya’ni har kuni inson tomonidan unga zarur
bo’lgan miqdordagi kaloriya va ozuqaviy komponentlarning uning yoshi va faoliyat
sohasiga bog’liq ravishda iste’mol qilinishi. Bunda ovqatlanish sifati ovqatda mutasaddi
organlar tomonidan tavsiya qilingan rasional me’yorlarga muvofiq keladigan oqsil, yog’,
uglevodlar, vitaminlar, makro va mikroelementlarni uyg’unlashtirish orqali ta’minlanadi.
Yuqorida ko’rsatilgan aholi ehtiyojlarini ta’minlash uchun mamlakatning oziq-ovqat
xavfsizligini umumlashtiruvchi mezoni belgilanadi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan
ta’minlanishini baholashda muayyan belgilari asosida ham miqdori, ham sifati bo’yicha
bo’sag’aviy qiymat butun dunyoda mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlari bilan o’z-o’zini
ta’minlashi va o’tkinchi zahiralarning darajasi hisoblanadiki, bu zahiralarning 15-20 %ini
tashkil qilishi kerak.
MDH ning a’zolari bo’lmish davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
darajasining majmuaviy bahosi sifatida ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi va baliq
mahsulotlari, xomashyo hamda oziq-ovqat mahsulotlarining ichki bozordagi tovar
resurslarining umumiy hajmiga bo’lgan nisbatining foizdagi ifodasidan foydalaniladi.
MDH a’zolari bo’lgan davlat uchun o’rta muddatli istiqbolda quyidagi bo’sag’aviy
qiymat tavsiya etilgan (1.-jadval)
1.-jadval
MDH mamlakatlarining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan o’z-o’zini
ta’minlash darajasining tavsiya etilayotgan bo’sag’aviy qiymati
Mahsulot nomi
O’z-o’zini
ta’minlash
darajasining
tavsiya
etilayotgan bo’sag’aviy qiymati, % dan kam
bo’lmagan
Don
95
Sut va sut mahsulotlari (sutga qayta
hisoblangan holda)
90
Go’sht
va
go’sht
mahsulotlari
(go’shtga qayta hisoblangan holda)
85
Baliq mahsulotlari, o’simlik yog’i,
shakar
80
Oziq-ovqat xavfsizligini baholashning xalqaro tashkilotlarning hujjatlarida taklif
etilgan asosiy bo’sag’aviy qiymat va ko’rsatkichlaridan tashqari mamlakatning oziq-
ovqat xavfsizligi borasidagi salohiyat darajasini quyidagi yo’nalishi va mezonlar bo’yicha
inobatga olish hamda baholash lozim:

qishloq xo’jaligining ishlab chiqarish salohiyati, u mavjud ishlab chiqarish
quvvatlari, yerlar va mehnat resurslari bo’yicha baholanadi;

qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining taraqqiyot va barqarorlik darajasi, bunda
mavjud texnika va texnologiyalarning amaldagi sifati, ASM tarmoqlari va
tashkilotlarining moliyaviy-iqtisodiy holatini baholash natijalari inobatga olinadi;

mamlakatimizdagi ishlab chiqarish resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi,
bunga byudjetdan moliyalashtirish va boshqa manbalar ham kiritiladi;

mamlakatimizdagi
tashkilotlar
tomonidan
ishlab
chiqarilayotgan
agrar
mahsulotlar va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati;

importning ko’lami, jumladan mamlakatdagi ishlab chiqarish bilan aholining oziq-
ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlari bilan taqqoslangan holda;

oziq-ovqat mahsulotlarining ochiqlik dvarajasi bilan import intervensiyasiga
qarshi ta’sir ko’rsatish mexanizmi;

atrof-muhitning ifloslanishi va ta’qiqlangan preparatlar, texnologiyalar, jumladan


131
gen-modifikasiyalashgan
organizm
(GMO),
o’sishni
rag’batlantirish
vositalari,
antibiotiklar
va
boshqalardan
foydalanish
nuqtai-nazaridan
tarmoqning
ekologiyalashganlik darajasi;

oziq-ovqat xavfsizligiga qo’yilgan talablarning huquqiy qonunchilikka, me’yoriy
hujjatlar tizimiga, davlat agrar siyosatining yo’nalishlariga hamda jahon tendensiyalari va
me’yorlariga mosligi;

oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid va tahlikalar.
3. Oziq-ovqat xavfsizligini baholash ko’rsatkichlari
Xalqaro tashkilotlar miqyosida oziq-ovqat xavfsizligini baholash uchun MDH
ishtirokchilari bo’lgan davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini oshirish konsepsiyasida
taklif etilgan ko’rsatkichlaridan foydalanish mumkin. MDH a’zolari bo’lgan davlatlarning
oziq-ovqat xavfsizligini oshirish konsepsiyasi 2010 yil 19 noyabrda MDH hukumat
boshliqlari Kengashining Qarori bilan tasdiqlangan bo’lib, unda mamlakatning oziq-
ovqat xavfsizligi darajasini baholash quyidagi ko’rsatkichlar majmui keltirilgan:

oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish uchun iqtisodiy imkoniyatlarning
mavjudligi-oziq-ovqatlarga ketadigan xarajatlarning barcha turdagi tovar va xizmatlarga
qilinadigan jami xarajatlarga nisbatidar;

ichki bozorning ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha salohiyatli sig’imi-
muayyan oziq-ovqat mahsulotini rasional iste’mol qilishning jon boshiga to’g’ri
keladigan miqdorining shu mahsulotni iste’mol qilishning amaldagi miqdoriga
ko’paytmasidir;

ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha oziq-ovqat mustaqilligining darajasi- aniq
turdagi oziq-ovqat mahsulotini mamlakatning o’zida ishlab chiqarish hajmining shu
mahsulotni amalda iste’mol qilish hajmiga nisbatidir;

biologik sifat ko’rsatkichi mahsulotning ozuqaviy qimmati bo’lib, 1 gramm oziq-
ovqat mahsulotida hayotiy muhim ozuqaviy moddalar va energiyaning miqdori bilan
belgilanadi: energetik quvvat (kkal), oqsil (mg),yog’lar (mg), uglevodlar (mg);

biologik xavfsizlik ko’rsatkichi oziq-ovqat mahsulotidagi zararli ingridiyentlarning
miqdori bilan belgilanadi, u yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan me’yoriy darajadan oshmasligi
kerak;

inson rasionining sutkalik ozuqaviy va energetik qimmati;

har bir alohida oziq-ovqat mahsulotini iste’mol qilishning yetarlilik darajasi;

davlat resurslarida don zahiralarining yetarlilik darajasi;

toza ichimlik suvi zahiralarining yetarlilik darajasi;

aholining har xil toifalari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish
imkoniyatlarining mavjudlik darajasi;

mamlakat
oziq-ovqat
ta’minoti
hamda
agrosanoat
majmualari
resurs
ta’minotining importga qaramligi darajasi;

strategik, operativ va o’tkinchi oziq-ovqat zahiralarining ularning me’yoriy
darajaliga taqqoslangan hajmlari;

mamlakatimizda ishlab chiqariladigan qishloq xo’jaligi va baliq mahsulotlari
hamda oziq-ovqat mahsulotlarining ularni umumiy iste’mol qilish hajmidagi va tovar
resurslaridagi ulushi (solishtirma hissasi);

oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan fiziologik ehtiyojlarning ularning xavfsizligi,
ozuqaviy energetik qimmatini hisobga olgan holda qondirilish darajasi;

ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi va baliq mahsulotlari, xomashyo va oziq-
ovqkat mahsulotlarining ichki bozordagi tovar resurslari umumiy hajmidagi solishtirma
hissasini foizdagi ifodasi.
Ma’lum bir davrda qishloq xo’jaligining rivojlanishi nuqtai nazaridan oziq-ovqat


132
xavfsizligining erishilgan darajasini quyidagi ko’rsatkichlar nuqtai-nazaridan baholash
mumkin:
1. Asosiy qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning jon boshiga to’g’ri
keladigan miqdori. Ushbu ko’rsatkich yordamida iqtisodiyotning mazkur sektoridagi
takror ishlab chiqarish jarayonining dinamikasini ko’rib chiqilayotgan davrda aholi
sonining o’zgarishini inobatga olgan holda baholash mumkin.
2. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining O’zbekiston Respublikasining Sog’liqni
saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan standartlariga va xalqaro standartlarga
mosligi. Shu standartlarga muvofiq holda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqarishning ularni jon boshiga iste’mol qilishining yetarli darajasini ta’minlash uchun
miqdor va sifat tarkibini tavsiya etish mumkin.
3. Asosiy moliyaviy –iqtisodiy ko’rsatkichlar.
Davlat yoki hududlar darajasida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining moliyaviy-
iqtisodiy holatini tezkor baholash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin:

qishloq xo’jaligi korxonalarining butun faoliyatidan olingan qoldiq natija (foyda
minus zarar);

foyda olib yoki zarar ko’rib ishlayotgan korxonalar soni;

umuman qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining va jumladan o’simlikchilik
hamda chorvachilikning rentabellik darajasi.
Aloxida uy xo’jaliklarining oziq-ovqat xavfsizligiga asosan aholi jon boshiga to’g’ri
keladigan daromad ta’sir ko’rsatadi, chunki har bir kishining amalda oziq-ovqat
mahsulotlarini iste’mol qilishlari daromadlarning darajasiga bog’liq. Daromadlar o’z
navbatida oiladagi ishlovchi a’zolarning ish haqi miqdoriga, nogironlar, pensionerlar va
aholining kam ta’minlangan qatlamlarining pensiyalari va ijtimoiy nafaqalariga;
individual faoliyatdan keladigan daromadlarga bog’liq bo’ladi. Bunda oziq-ovqat
mahsulotlariga ketadigan xarajatlarning real pul daromadlari bilan qishloq xo’jaligi
mahsulotlarining, ASMning oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati mahsulotlari narxlarining
o’zgarishlari bilan korrelyasiyalashuvi yuz beradi.
Aholi ovqatlanishining miqdor va sifat ko’rsakichlari bo’yicha quyi chegarasi
tarkibiga ma’lum bir tovar va xizmatlar to’plami kiritiladigan minimal iste’mol savati
sifatida qarash mumkin.
Oziq-ovqat xavfsizligining muhim natijaviy ko’rsatkichi bo’lgan oziq-ovqatlar
savatining qiymati aynan o’sha iste’mol savatidagi mahsulot to’plamiga bog’liqdir. Uning
miqdori aholining muayyan guruhlari uchun ularning jinsi va yoshini inobatga olgan
holda minimal iste’mol me’yorlarini tovar ishlab chiqariladigan tarmoqda: ishlab
chiqarish vositalarini ishlab chiqarish -qishloq xo’jaligi-qayta ishlash-mahsulotni
pirovard iste’molchiga sotish sohasida qaror topgan o’rtacha narxlarga ko’paytirish yo’li
bilan hisoblab chiqiladi. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, turli mamlakatlarda
minimal iste’mol savatining me’yorlari ilmiy asoslangan ovqatlanish me’yorlaridan
ahamiyatli darajada farqlanishi mumkin.
Minimal iste’mol savatining tovar va xizmatlar to’plamidan kelib chiqqan holda
yashash minimumi aniqlanadi, u bir kishi uchun insonning minimal bioijtimoiy
ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlaydigan minimal iste’mol savatining qiymatiga teng
bo’lgan minimal daromaddan iborat. Shuni inobatga olgan holda yashash minimumi
quyidagilar uchun mo’ljallangan:

turmush darajasini baholash;

kambag’allik darajasini aniqlash;

ijtimoiy siyosatning yo’nalishlarini asoslash;

aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish;

ish haqi, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to’lovlarning eng kam miqdorlarini
asoslash.
Ko’rsatib o’tilgan omillarning oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sirini oziq-ovqat


133
mahsulotlarini iste’mol qilishning quyidagi ko’rsatkichlari asosida baholash mumkin:

aholi daromadlarining xarid qobiliyatini baholash: minimal va o’rtacha oylik ish
haqining, minimal pensiyaning yashash minimumiga nisbati:

agar ushbu nisbatning qiymati 1 ga teng bo’lsa, oziq-ovqat tovarlarini
iste’mol qilish darajasi minimal iste’mol savatiga mos bo’ladi.

agar nisbatning qiymati 1 dan katta bo’lsa,oziq-ovqat mahsulotlarini
iste’mol qilish darajasi minimal iste’mol savatidan kattaroq bo’ladi.

asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini amalda jon boshiga iste’mol qilinishi miqdori.
4. Oziq-ovqat xavfsizligining makroiqtisodiy, siyosiy, institusional, qishloq
xo’jalik , ijtimoiy va farovonlik jihatlari.
Oziq-ovqat xavfsizligining makroiqtisodiy, siyosiy, qishloq xo’jaligi, ijtimoiy-
farovonlik jihatlari farqlanadi.
Ko’plab
mamlakatlar
tajribasi
shuni
ko’rsatmoqdaki,
kambag’allikni
qisqartirishning asosiy oziq -ovqat xavfsizligi sharti va omili bu adolatlilikka asoslangan
iqtisodiy o’sishdir. U turmush darajasini oshiradi hamda oziq-ovqat mahsulotlarining
iste’mol qilinishini yaxshilaydi. Erkinlashtirish va xalqaro savdo hajmlarini oshirish oziq-
ovqat mahsulotlarining xilma-xilligini hamda iqtisodiy ta’minotini yaxshilaydi. Oziq-ovqat
mahsulotlarining erkin xalqaro savdosi qishloq xo’jaligidagi nomutanosibliklarni bartaraf
etadi
va
ishlab
chiqarishni
maqbullashtirishga
ko’maklashadi.
Oziq-ovqat
mahsulotlarining importi ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik
darajasini oshirish, narxlarni pasaytirish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun raqobat
muhitini yaratish imkonini beradi va buning natijasida ularni samaradorlikni oshirishga
majbur qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari eksporti mahalliy ishlab chiqaruvchilarga tashqi
bozorlarda raqobatlashish imkonini beradi hamda shu bilan birga sarf-harajatlarni
kamaytirish va yanada samarali ishlashga majbur qiladi. Xalqaro savdo iqtisodiy
o’sishga turtki beradi va turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi, bu esa oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta’minlanganlik, oziq-ovqat mahsulotlarining iqtisodiy ommabopligi
va iste’mol qilinishini oshiradi.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni diversifikasiyalash oziq-ovqat mahsulotlari
yetkazilishida ichki bozorni zarur mahsulotlar bilan to’ldirish va tashqi bozorlarda
raqobatbardoshlik salohiyatini ro’yobga chiqarish imkonini beradi va o’z navbatida
aholining ovqatlanish rasionida xilma-xillikni ta’minlaydi.
Oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash har qanday davlat turli
favqulodda vaziyatlarda oziq-ovqat mahsulotlarining yetarlicha bo’lmagan hajmini
qoplashi uchun oziq-ovqat mahsulotlari zahirasiga ega bo’lishi kerakligini anglatadi.
Oziq-ovqat mahsulotlari zahirasini yaratish ayniqsa hosil nobud bo’lishi tavakkalchiligi
yuqori bo’lgan va bevosita dengizga chiqish imkoniyati bo’lmagan mamlakatlar uchun
zarur. Maqsadli yo’nalishiga ko’ra oziq-ovqat mahsulotlari zahirasi bozor bufer zahira
yoki favqulodda zahira shaklida to’planishi mumkin.Bozor bufer zahira ta’minot bozorida
kutilmaganda ro’y bergan taqchillikni bartaraf etish va oddiy vaziyatda oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta’minlangan aholi guruhlari o’rtasida oziq-ovqat xavfsizligining qisqa
muddat davomida mavjud bo’lmasligini yumshatish uchun mo’ljallangan. Favqulodda
zahira — bu favqulodda vaziyat holatida yordam berishni ta’minlash uchun zarur bo’lgan
zahiradir.Oziq-ovqat mahsulotlari zahirasidan tashqari oziq-ovqat mahsulotlarini sotib
olish uchun zahiradagi erkin almashtiriluvchi valyutadagi pul-kredit zaxiralari zarur
bo’ladi. Mazkur rezervlar oziq-ovqat mahsulotlari zahirasiga qo’shimcha bo’lib, oziq-
ovqat mahsulotlarining keskin taqchilligi holatida tezkor tarzda oziq-ovqat
mahsulotlarining tijorat hajmlarini import qilish imkonini beradi.
Har bir davlat farovonligi, ilmiy-texnik rivojlanishi va mustaqilligi asosini tashkil
etadigan oziq-ovqat havfsizligi, XXI asrda ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan jahon


134
miqyosidagi muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu muammoning o’ziga xosligi
shundaki, uning yechimi jahon rivojlanishining turli jihatlari bilan belgilanadi – iqtisodiy
va siyosiydan tortib, to ijtimoiy-madaniy va etnoijtimoiygacha, bunda ishlab chiqarish
kuchlari va munosabatlarining umumiy rivojlanishiga bosh rol ajratiladi.
Dastlab, oziq-ovqat havfsizligi tushunchasining ma’nosi faqatgina qishloq
xo’jaligi faoliyati va oziq-ovqat mustaqilligi masalalariga borib taqalar edi. Ammo,
bugungi kunda ravshanki, muammo nafaqat agrar-ishlab chiqarish, balki ko’proq ijtimoiy
-iqtisodiy tus olgan bo’lib, uning tahlili faqatgina turli fanlar ishtirokida amalga oshirilishi
mumkin, bu esa iqtisodiy, tarixiy va ijtimoiy jarayonlarni anglash va umumlashtirishning
yangi darajasiga chiqish imkonini beradi.
Oziq-ovqat havfsizligi, muhim ishlab chiqarish kategoriyasi bo’la turib, ishchi
kuchini qayta ishlab chiqarishning asosiy sharti ham hisoblanadi. Faqatgina o’z oziq-
ovqat havfsizligini ta’minlagandan so’ng “biologik inson” “ijtimoiy inson”ga aylanadi, u
axborotni qabul qilish va qayta ishlash, butun jamiyat esa – mustahkam rivojlanish
trayektoriyasiga chiqish qobiliyatini qo’lga kiritadi.
Oziq-ovqat havfsizligi subyektlari sifatida quyidagilarni sanab o’tish mumkin:
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlari vositasida oziq-ovqat
sohasida o’z funksiyalarini bajaradigan davlat; xo’jalik yuritish subyektlari (birinchi
navbatda, agrosanoat majmuasi korxonalari); oziq-ovqat asosiy iste’molchilari sifatida
butun aholi va alohida shaxs.
Oziq-ovqat havfsizligi obyekti sifatida esa, hayot darajasi nisbatlari tizimida
minimal standartlarni shakllantirish asosi bo’lmish oziq-ovqat qayta ishlab chiqarish
sohasi xizmat qiladi. Bundan tashqari, havfsizlikning asosiy obyektlari uchligi ham oziq-
ovqat havfsizligi kategoriyasiga nisbatan qo’llanilishi mumkin: shaxs, jamiyat, davlatning
hayotiy muhim manfaatlari.
“Oziq-ovqat havfsizligi” kategoriyasining turli ta’riflari tahlili asosida shunday
xulosaga kelish mumkinki, uni ko’rib chiqish mamlakatni oziq-ovqat bilan o’zini-o’zi
ta’minlaganligi, aholi oziqlanishining muvozanatlashganligi va to’liqligi, oziq-ovqat sifati,
unga ega bo’lish imkoniyatlari, davlatning oziq-ovqat ta’minoti uchun mas’uliyati kabi
masalalarni o’z ichiga oladi.
Ko’rib chiqilayotgan hodisa
mohiyatining tahlili natijasida milliy oziq-ovqat
havfsizligi, qayta ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarini, shu jumladan oziq-
ovqatni ishlab chiqarish, ayirboshlash va taqsimotni, hamda oziq-ovqat zaxirasini
yaratish va tashqi iqtisodiy aloqalar tizimini o’z ichiga oladi. Oziq-ovqat havfsizligining
bosh maqsadi sifatida, aholi sog’ligini yaxshilash va hayoti sifatini oshirish xizmat qiladi,
bunga esa aholi uchun sifatli va arzon oziq-ovqatlarni yetarli darajada ishlab chiqarish
va iste’mol qilish yo’li bilan erishiladi.
Oziq-ovqat havfsizligi darajalarini tadqiq etishda, ularni: butun insoniyat (jahon
yoki global daraja); ayrim mamlakatlar (milliy daraja); ma’muriy birliklar (mintaqaviy
daraja); ijtimoiy guruhlar (guruh darajasi); oila (uy xo’jaligi darajasi); ayrim inson
(individual daraja)ga nisbatan ko’rib chiqish mumkin.
Zamonaviy sharoitlarda oziq-ovqat havfsizligi mustaqil ilmiy-amaliy yo’nalishga
aylandi va lokal, milliy va jahon miqyosida shakllanish va tezda rivojlanish ehtiyojini
sezmoqda. Iqtisodiy hodisalarni o’rganishga bo’lgan yondashuvni o’zgartirgan, XX
asrdagi butun jahon tuzilmasida ro’y bergan to’ntarish natijasida, ushbu sohadagi
urg’ular inson va inson salohiyatini qayta ishlab chiqarish havfsizligi tomon siljigan.
Shunday qilib, oziq-ovqat havfsizligi aholining barcha qatlamlarini sifatli, asosan
o’zimizda ishlab chiqarilgan, fiziologik me’yorlarga javob beradigan oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ishonchli va uzluksiz ta’minlashni bildiradi, hamda oziq-ovqatga ega
bo’lishning iqtisodiy va jismoniy nuqtai nazardan osonligini va mazkur qoidalar
kelajakda ham amal qilishi kafolatini nazarda tutadi.
Oziq-ovqat havfsizligining eng umumiy va universal mazmuni, har qanday milliy


135
oziq-ovqat tizimining o’zini ideal (me’yoriy) holati tomon harakatlanishi vektori sifatida
shakllanadi. Agarda tibbiyotga taqqoslaydigan bo’lsak, oziq-ovqat havfsizligi absolyut
sog’lom inson holatiga o’xshatilgan bo’lishi mumkin, har qanday mamlakat uchun o’ziga
xos bo’lgan havfsizlik xatarlari esa, davolashning o’zgacha uslublarini talab qiladigan,
“kasallik”ning o’ziga xos alomatlarini shakllantiradi.
Oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash, davlat siyosatining muhim tarkibiy qismi
bo’lgan holda, inson, oila, qishloq, shahar, viloyat va butun davlat hayotiy faoliyatining
turli jihatlarini qamrab oladi. Bu yerda makroiqtisodiy o’sish va rivojlanish muammolari
mamlakat, mintaqa, shahar iqtisodiyotini rivojlantirish masalalari bilan o’zaro kesishadi.
Oziq-ovqat havfsizligini ta’minlash jamiyatda mustahkam ijtimoiy iqlim hukm surishiga
yordamlashadi, chunki mintaqalarda oziq-ovqat bo’lmaganda aholi noroziliklari ro’y
berishi mumkin, bu esa oziq-ovqat muammosini, mamlakat iqtisodiy va umuman milliy
havfsizligini ta’minlovchi, muhim tuzilmaviy element sifatida hisoblash imkonini beradi.
Oziq-ovqat havfsizligining, milliy havfsizlikning tarkibiy qismi sifatidagi, mohiyati milliy
havfsizlikning boshqa tarkibiy qismlari bilan o’zaro aloqada namoyon bo’ladi.
Oziq-ovqat havfsizligining milliy havfsizlik tizimidagi o’rnini ko’rib chiqib, uning
barcha tarkibiy qismlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik va bir-biridan kelib chiqishni alohida
ta’kidlash lozim. Oziq-ovqat havfsizligi davlat suvereniteti, uning ichki siyosati
barqarorligi, fuqarolari sog’ligining muhim sharti hisoblanadi.
Oziq-ovqat havfsizligi sohasidagi davlatning milliy manfaatlariga quyidagilarni
kiritish mumkin:
-
oziq-ovqatlarni o’zida ishlab chiqarishning zaruriy darajasini ta’minlash
(obyektiv mumkin bo’lgan chegaralarda), uni bir tomondan ichki oziq-ovqat bozorini
sifatsiz mahsulot kirib kelishidan himoyalash, ikkinchi tomondan esa, qishloq aholisi
daromadlarini ta’minlash, qayta ishlash sanoati quvvatlaridan oqilona foydalanishning
zaruriy sharti sifatida ko’rish mumkin;
- tashqi va ichki negativ omillar ta’siridan qat’iy nazar davlat oziq-ovqat zaxirasini
doimiy tarzda yangilash va to’ldirib borish;
- mamlakatda ishlab chiqariladigan va chetdan olib kelinadigan oziq-ovqatlarni
davlat standartlari va havfsizlik sifatlariga javob berishini doimiy tarzda nazorat qilish;
- barcha darajalarda agrar sektorini boshqarishning samarali tizimini yaratish,
erishilgan hajmlarni saqlash va eksportga yo’naltirilgan raqobatdosh mahsulot ishlab
chiqarishni kengaytirish, hamda oziq-ovqat majmuasida yagona ilmiy-texnologik
siyosatni amalga oshirish.
Oziq-ovqat
havfsizligini
ta’minlashning
iqtisodiy
mexanizmi,
oziq-ovqat
havfsizligiga erishishning maqsad va natijalarini o’zida qamrab olgan holda, 3-rasmda
blok-sxema ko’rinishida tasvirlangan. Oziq-ovqat havfsizligi mezonlari va parametrlarini
aniqlash masalalarini ko’rib chiqishda, oziq-ovqat havfsizligi chegaraviy qiymatlarini
absolyutlashtirish kerak emasligiga e’tiborni qaratish lozim. Chunki ko’pgina hollarda
iqtisodiy va oziq-ovqat havfsizligini o’rganish faqatgina havfsizlik miqdoriy
indikatorlarining chegaraviy qiymatlarini belgilashga qaratilgan bo’ladi, chegaraviy
qiymatlar esa faqatgina yuzaga kelgan vaziyat to’g’risida xulosa chiqarish imkonini
beradi. Shu bilan birga, ta’kidlab o’tish joizki, bunday yondashuv natijalari yetarlicha
jiddiy cheklashlarga ega. Rivojlangan mamlakatlarda oziq-ovqat havfsizligining yagona
mezonlari, shu jumladan o’zini-o’zi ta’minlashning istalgan darajasi, mavjud emas,
ularning asoslanishi mamlakat iqtisodiy salohiyati, tabiiy-iqlim sharoitlari, fan va texnika
rivojlanganligi darajasi, ovqatlanishdagi an’analarga bog’liq bo’ladi. Oqibatda, haqiqiy va
prognoz parametlarni chegaraviy darajalar bilan taqqoslash oziq-ovqat havfsizligi
majmuaviy tadqiqotining alohida bosqichi hisoblanadi xolos.


136
Озиқ-овқат ҳавфсизлиги
Озиқ-овқатга
жисмоний эга бўлиш
Қишлоқ хўжалиги ва
қайта ишлаш
саноатининг
самарали фаолияти
Хом-ашё ва озиқ-
овқат бозорларини
Савдо тармоғини
ривожлантириш
Янги иш жойларини
ташкил этиш
Аҳоли бандлигини
қўллаб-қувватлаш
Озиқ-овқатга
иқтисодий эга бўлиш
Аҳоли
даромадларининг
мустаҳкам
Мамлакатда
иқтисодий
барқарорликни
Нархлар даражасини
тартибга солиш
Ер участкаларини
харид қилиш учун
шароит яратиш
Бюджет тўловларини
ошириш
Овқатланиш
ф
Хом-ашё ва
маҳсулотлар
Сифатни бошқариш
тизимларини яратиш
ва
Аҳоли соғлигини
яхшилаш
Аҳоли соғлигини
яхшилаш
Иқтисодий ва миллий ҳавфсизликни ошириш,
фаровонлик ўсиши, сифатли иқтисодий ўсиш учун
дастлабки шартларни яратиш
3.Oziq-ovqat havfsizligini ta’minlashning iqtisodiy mexanizmi
Shunday qilib, oziq-ovqat havfsizligining iqtisodiy va milliy havfsizlik tizimidagi
rolini ko’rib chiqish agrar oziq-ovqat sohasining o’sib borayotgan ahamiyati to’g’risida
dalolat beradi. Oziq-ovqat muammosini yechmasdan turib aholi hayoti sifatining
mustahkam tarzda oshib borishi mumkin emas.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling