Mamlakatimiz ta’lim tizimida Finlyandiya tajribasini qo‘llash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda
Download 22.62 Kb.
|
1-mavzu amaliy
Mamlakatimiz ta’lim tizimida Finlyandiya tajribasini qo‘llash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xo‘sh, ushbu davlat ta’lim tizimining o‘ziga xosligi nimada? Finlyandiya ta’lim tizimi bunday muvaffaqiyatga qanday erishdi? E’tiboringizga Finlyandiya ta’lim tizimining o‘ziga xos 10 jihatini keltirib o‘tamiz: 1. Finlyandiya bolalari ta’limni boshqa mamlakatlarnikiga nisbatan kechroq boshlaydi. Ular 7 yoshdan boshlab maktabga qabul qilinadi. «Bolalarni haddan ziyod erta maktabga berish ilmiy jihatdan foydali emasligi tasdiqlangan», deyiladi fin tizimida. 2. Finlyandiyada majburiy ta’lim 9 yil davom etadi, o‘quvchilar 16 yoshdan o‘qishni tark etishi mumkin. Ushbu g‘oya Finlyandiya talabalarini haqiqiy hayotga tayyorlashga qaratilgan. 3. Finlyandiya talabalari rivojlangan mamlakatlar ichida eng kam dars soatlarini o‘qiydi (darslar 8-9 oralig‘ida boshlanib, kunduzgi 2 gacha yakunlanadi), shunga qaramay juda yaxshi natijalar qayd etadi. 4. Finlyandiyadagi maktablar hech qanday tartibda joylashmagan, maktablar, mintaqalar, o‘qituvchilar va hatto talabalar o‘rtasida taqqoslashlar mavjud emas. Ular raqobat emas, aynan hamkorlik muvaffaqiyat kaliti, deb hisoblashadi. 5. Fin o‘qituvchilari dunyodagi eng malakali mutaxassislardir. Finlyandiyada o‘qituvchilikka bo‘lgan talablar juda yuqori. O‘qituvchilari xuddi shifokorlar va yuristlar kabi maqomga ega. Ularning ijtimoiy mavqei ham juda yuqori. Fin o‘qituvchilarining bu qadar ulkan mavqega egaliklari o‘qituvchi kasbiga bo‘lgan talabning yuqoriligi hamda malaka imtihonlarining murakkabligi bilan izohlanadi. Shuning uchun Finlyandiyada ular o‘z o‘qituvchilarini doimiy ravishda baholash va baholab borish zaruratini sezmaydi. Agar o‘qituvchidan qandaydir xato yoki kamchilik o‘tadigan bo‘lsa, u bilan maktab direktorining o‘zi shug‘ullanib qo‘ya qoladi. 6. Finlyandiyada xususiy maktablar mavjud emas. Fin maktablari o‘rtasida raqobat yo‘qligining sabablaridan biri shundaki, barcha maktablar davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Shu bois qayerdadir yaxshi, qayerdadir sustroq ta’lim berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 7. Finlyandiya talabalari ko‘proq tillarni o‘rganishadi. Ular fin tilini maktabdagi birinchi kunidan o‘rganadi. 9 yoshida ular shved tilini o‘rganishni boshlaydi. 11 yoshida ular uchinchi tilni (odatda ingliz tilini) o‘rganishga rag‘batlantiriladi. Ko‘plab o‘quvchilar 13 yoshida to‘rtinchi tilni o‘rganayotgan bo‘ladi. 8. Finlyandiya maktablari barcha o‘quvchilarining tushligi davlat tomonidan qoplab beriladi. 1943 yildan buyon mazkur amaliyotga amal qilib kelinmoqda. 9. O‘qituvchilar odatda kuniga 4 soatdan mashg‘ulot o‘tkazadi va har hafta ularga kasbiy rivojlanish uchun 2 soat vaqt ajratiladi. Bu esa, o‘z navbatida, muallimlarga tushadigan stressni kamaytiradi. 10. Finlyandiya milliy o‘quv dasturi keng qo‘llanma bo‘lib, o‘qituvchilarga o‘z uslubi va fikrlarini sinfda ishlatishiga imkon beradi. Bu Finlyandiya ta’lim tizimining o‘z o‘qituvchilariga bo‘lgan ishonchiga asoslanadi. Ta’kidlash joizki, Ta’lim inspeksiyasi tomonidan barcha ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Uzluksiz ta’lim” konsepsiyalari loyihasida ko‘plab mamlakatlar qatorida Finlyandiya tajribasidan ham foydalanish maqsad qilib olingan. Finlyandiya ta’lim tizimining o‘ziga xos jihatlari haqida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev quyidagilarni bayon qildi: – Finlyandiya ushbu xalqaro miqyosdagi baholashda o‘z muvaffaqiyatlari bilan ajralib turadi. PISA dasturi 2000 yilda tashkil etilgandan buyon Finlyandiya unda muntazam qatnashib kelmoqda va erishgan natijalari bilan fin ta’lim tizimi dunyodagi ko‘plab mamlakatlarining e’tiborini o‘ziga jalb qilmoqda. Xo‘sh, bunday natijalarga finlar qanday qilib erishmoqda? Ularning ta’lim tizimini o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Finlyandiya maktablarining o‘quv dasturlari bolalarga berilayotgan har qanday bilimlarni amaliyotga qanday va qayerda qo‘llashni o‘rgatishga, ularni ijodiy va erkin fikrlashga undashga yo‘naltirilgan. Ikkinchi muhim tomoni, Finlyandiya fan dasturlarida o‘zaro mutanosiblik juda yaxshi ta’minlangan. Masalan, biron sinfda geografiyadan Osiyo mamlakatlari o‘tilsa, o‘sha haftada biologiyadan ham Osiyoda o‘suvchi o‘simliklar, tarixdan ham Osiyo xalqlari tarixi, matematikadan ham Osiyoga oid ma’lumotlardan iborat misollar beriladi. Uchinchi muhim jihat – o‘qituvchilarning yuqori salohiyatga ega ekanligi fin ta’lim muassasalarining muvaffaqiyatga erishishidagi navbatdagi muhim omillardan biri hisoblanadi. Finlyandiyada o‘qituvchilik qilish uchun kamida magistr darajasiga ega bo‘lish kerak. Finlyandiyada eng yaxshi maktab, bu turar joyiga eng yaqin joylashgan maktabdir. Ushbu omillar Finlyandiya ta’lim tizimini butun dunyoga mashhur qilishga va xalqaro ta’lim reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallashga xizmat qilmoqda. Xorijiy mamlakatlardagi maktabgacha ta'lim tizimi faoliyatlari Janubiy Koreya ta'lim tizimi REJA : 3 Bugungi kunda xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy yondashgan holda amaliyotda joriy etish, zamon talabiga mos ravishda me'yoriy hujjatlar, oquv-metodik adabiyotlar, oquv metodik majmualarniishlab chiqish, ilgor xorijiy tajriba asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining rahbar va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar boyicha sohaga oid bilimlar va konikmalarni shakllantirish vazifalari dolzarb masalalar sirasiga kiritilmoqda. 4 Maktabgacha ta'limga Yaponiyada katta e'tibor beriladi, chunki psixologlarning ta'kidlashicha 7 yoshgacha inson bilimlarni 70% ni, qolgan 30% ni butun qolgan umri davomida ozlashtirar ekan. Maktabgacha tarbiya odatda oiladan boshlanadi. Yapon ayollari uchun onalik birinchi orinda turadi. Kopgina yapon ayollarining aytishlaricha, bola tarbiyasi – ularning hayotlarining maqsadlaridir. Yaponlar bolaning erta voyaga yetishi tarafdoridirlar. Turli yoshlarda tarbiyaning turli muammolariga urgu beradi. Masalan, 1 yoshda – oziga ishonch hissini uygotish, 2 yoshda – amaliy san'at qol mehnatini korsatish, 3 yoshda – burch hissini tarbiyalash, 4 yoshda – yaxshilik va yovuzlikni farqlashga orgatish, 5 yoshda – liderlik hislatlarini tarbiyalash, mustaqillikka, reja tuzish va ularni bajarishga orgatish. Bolalar va qizlar turlicha tarbiyalanadilar. Ogilga oilaning bolajak tayanchi sifatida qaraydilar va qiyinchiliklarni yengishga orgatadilar. Qizlarni esa uy ishlariga tayyorlaydilar. Maktabgacha ta'limga Yaponiya Davlati 5 Maktabgacha ta'lim tizimi Germaniya ta'lim tizimida muhim bosqich hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim bolalar bogchasida (Kindergarten) amalga oshiriladi. Bolalar bogchasiga 3-6 yoshdan maktab yoshigacha borishadi. Rivojlanishdan orqada qolgan yoki yoshi mos bosqichga yetmagan bolalar maktabgacha sinflarda (nem. Vorklassen) va maktablar qoshidagi bolalar bogchasida (nem. Schulkindergarten) tahsil oladilar. Bu bogchalar alohida Feda qoidasiga kora yoki maktabgacha sektorga yoki boshlangich ta'lim sektoriga boysinadi. Maktabgacha ta'lim majburiy emas, lekin kopgina Feda rivojlanishda orqada qolgan bolalar uchun majburiy hisoblanadi. Bolalar bogchalari ta'limning quyi bosqichi hisoblansada, lekin u davlat tizimi tarkibiga kirmaydi. Bogchalarni mablag bilan ta'minlash turli jamoat tashkilotlari, xayriya birlashmalari, korxonalari, xususiy shaxslar, diniy muassasalar zimmasida. Germaniyada 3 yoshdan 6 yoshgacha bolgan bolalarning 80% bogchalarga qatnaydilar. Maktabgacha ta'lim tizimi Germaniya ta'limi 6 Janubiy Koreyada bolalar bogchasi umumta'lim turiga kirmaydi. Ota-onalar farzandlarini xususiy maktabgacha muassasalarga beradilar. Bu muassasalarda mashgulotlar koreys tilida, ingliz tilida, ba'zilarida faqat ingliz tilida olib boriladi. Bolalar bogchasiga 3 yoshdan 5 yoshgacha qabul qilinadi. Bolalar bogchasining asosiy vazifasi oilalarni har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratishdan iborat. Bogchalarda asosan musiqa, rasm, hisoblash darslari otiladi. Koreys bogchalarida bolalarda mustaqillikni shakllantirishga katta e'tibor beriladi. Bolalar yoshi orasidagi farq 3 yilgacha bolishi mumkin Maktabgacha ta'lim Janubiy Koreyada 7 Kanadaliklarning eng muhim yutuqlaridan biri - bu ularning ta'lim tizimidir. Ilgor universitet va kollejlardagi ta'lim sifati juda yuqori va Kanada diplomlari butun dunyoda tan olinadi. Xalqaro reytingda Kanada ta'limi AQShdan keyin ikkinchi orinda turadi. Kanadaning turli provinsiyalari oquv rejalarida oziga xosliklar korinadi. Masalan, Kvebek, Ontario, Manitobda maktabgacha muassasada maktabga tayyorlash 2 yil, 4 yoshdan 6 yoshgacha, Albert va Britan Kolumbiyasida 1 yil. Oquv yili sentyabrning birinchi haftasidan boshlanadi va iyunning oxirgi haftasida tugaydi. Kanada maktablarida ta'limning ortacha davomiyligi 12 yilni tashkil qiladi. 6-7 yoshdan bolalar boshlangich maktabga qatnay boshlaydi va unda 6 yil tahsil olishadi. Manitob va Ontario boshlangich maktablarida oqish boshqa provinsiyalardan kora 2 yil kop davom etadi. 12 yoshdan bolalar orta maktabga otishadi va yoshgacha oqishadi. Kanada maktabgacha ta'lim tizimi 8 Belgiyada maktabgacha ta'lim (MT) 2,5 yoshdan 6 yoshgacha davom etadi. 2,5 yoshga yetganda bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotiga berishadi, shu sababli guruhdagi bolalar soni yil davomida ozgarib boradi. Maktabgacha ta'lim guruhlarining asosiy maqsadi: bolalarning bilish, bilim orttirish (kognitiv), kommunikativ va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hisoblanadi. Mashgulotlar oyin shaklida olib boriladi. Maktabgacha ta'lim majburiy ta'lim dasturiga kiritilmagan bolsada, Belgiyada taxminan 90% gacha bolgan bolalar unga qatnashadi. Kop hollarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari boshlangich maktablarga uygunlashgan boladi. Maktabgacha ta'lim Belgiyada 9 Fransiya ta'limida bolalarning godaklik chogidanoq maktabda oqitish uchun tayyor holda olib kelish goyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), orta guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bolib, ularga Fransiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud. Fransiya ta'lim tizimi 10 Amerika Qoshma shtatlarida ta'lim tizimining tuzilishi quyidagicha: bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari; 8 - sinflargacha bolgan boshlangich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha oqiydilar); 9 – 12 - sinflardan iborat orta maktablar (bu maktablarda yoshgacha bolgan bolalar ta'lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat. Amerika Qoshma Shtatlarida navbatdagi ta'lim bosqichi oliy ta'lim bolib, u 2 yoki 4 yil oqitiladigan kollejlar hamda dorilfununlardir. AQShda majburiy ta'lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi oquv yurtlari davlat, jamoa tasarrufida, xususiy va diniy muassasalar ixtiyorida bolishi mumkin. Amerikada 3 yoshgacha bolgan bolalar tarbiyasi bilan onalar shugullanadilar, lekin ularga hyech qanday imtiyozlar berilmagan. 5 yoshdan esa «Kinder garden» deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta'lim boshlanadi. Boshlangich maktab 6 yoshdan to yoshgacha bolgan bolalarni qamrab oladi. AQSh ta'lim tizimi Download 22.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling