Mamlakatimizda ishlab chiqarish sohalarini axborotlashtirish jamiyat rivojlanishining ob’ektiv jarayoni hamda zarur bo’lgan axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va taqdim etishning tabiiy davomidir


Download 1.65 Mb.
bet4/10
Sana15.02.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1202536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mbb kurs ishi

Interaktiv SQL deganda — ma'lumotlar bazasiga so'rov orqali murojaat qilib, shu zahoti natijani olish tushuniladi. Ya'ni bunda ketma-ketlik asosida jarayon sodir bo'ladi. So'rov-natija rejimda ishlaydi.
O'rnatilgan SQL deganda – so'rovlar yig'indisi biror dasturlash tilida ishlatilishi tushuniladi. Pascal, Delphi, Java tillarida bazaga murojaat qilib, natijani biror o'zgaruvchiga yuklab qo'yamiz va kerakli joyda bu natijani ishlatamiz. Ya'ni bunda so'rov berib, darhol natijani ololmaymiz. Natija faqat dasturning davom etishi uchun olinadi va talab etilgan joyda ishlatiladi.
SQl operatorlari bir necha guruhlarga bo'lingan. Bu bo'linish operatorlarning bajarilish vazifasi asosida bo'lingan. Ular quyidagilar:
DDL(Data Definition Language) , ANSI bu guruh SDL(Schema Definition Language) deb ataladi. Bu guruhga ma'lumotlar bazasida ob'ektlar(jadvallar, indekslar)ni hosil qiluvchi operatorlar kiradi.
DML(Data Manipulation Language) – ma'lumotlarni manipulyatsiya qiluvchi operatorlar yig'indisi guruhi. Istalgan vaqtda jadval ichida qanday ma'lumotlar saqlanayotganini aniqlovchi operatorlar.
DCL(Data Control Language) – ma'lumotlarni boshqaruvchi operatorlar.
Oracle, ehtimol Microsoft SQL Serverning yagona jiddiy raqibidir. Aynan mana shu rivojlanish va boshqarish muhiti Microsoft dasturiy mahsulotining funktsiyalarini doimiy ravishda yaxshilaydi, chunki raqobat taraqqiyotning dvigateli hisoblanadi. Doimiy raqobatga qaramay, Oracle-ning SQL buyruqlari SQL-ga o'xshaydi. Shunisi e'tiborga loyiqki, Oracle SQLning deyarli to'liq nusxasi deb hisoblansa-da, ushbu tizim va umuman tilning mantiqi sodda deb hisoblanadi
II-bob Oracle ma`lumotlar bazasi.
2.1. Oracle ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi.
Oracle (Ma'lumotlar Bazasini Boshqarish Tizimi) – katta hajmdagi ma'lumotlarni boshqarish, ulardan kerakli ma'lumotlarni so'rov orqali istalgan ko'rinishda chiqarib olish, ma'lumotlarning zahira nusxalarini olish, katta xajmdagi ma'lumotlarni siqish, qulay interfeysda baza ustidan nazorat o'rnatish, ma'lumotlar asosida hisobotlar hosil qilish va bulardan boshqa ma'lumotlar ustida juda katta ko'lamdagi ishlarni amalga oshiradigan dasturiy kompleksdir. Oracle dasturini server va klient ko'rinishida o'rnatish mumkin va berilgan ruxsat doirasida ishlatish mumkin.
Bu dastur asosan katta xajmdagi ma'lumotlar bilin ishlaganligi uchun , asosan yirik korxonalarda ishlatiladi. Bu dasturning asosini ma'lumotlar bazasi tushunchasi tashkil etadi.Ma'lumotlar bazasi – bu serverda joylashgan bir yoki bir necha fayllardan tashkil topgan, shu serverga yig'iladigan va so'rovlar orqali nazorat qilib boriladigan ma'lumotlardir. Ma'lumotlar bazasi mantiqiy va jismoniy ko'rinishda bo'lishi mumkin. Mantiqiy ko'rinishdagi ma'lumotlar bazasining asosini jadvallar tashkil etadi. Jadvallar ustun va qatorlardan tashkil topgan bo'lib, ular birlashgan joy(yacheyka) da ma'lumotlarni saqlaydi. Bu ko'rinishdagi ma'lumotlar bazasi " реляционная база данных " deyiladi. Baza eng kamida jadvaldan tashkil topgan bo'lishi shart, bu shart ma'lumotlar bazasi mavjud bo'lishning eng minimum shartidir.Bazada saqlanayotgan ma'lumotlarni xafsizligini saqlash maqsadida Oracle(MBBT) da juda ko'p ishlar amalga oshirilgan, biz ularni keyingi maqolalarda ko'ramiz. Ma'lumotlar bazasini tashkil etgan fayllarni: ma'lumotlar bazasi fayllari va ma'lumotlar bazasiga tegishli bo'lmagan fayllar ko'rinishida ajratishimiz mumkin. Ma'lumotlar bazasi fayllarida ma'lumotlar saqlanadi, ma'lumotlar bazasiga tegishli bo'lmagan fayllarda har xil protokollar, sozlashlar kabi qo'shimcha ma'lumotlar saqlanadi. Bu ma'lumotlar bilan Oracle administratorlari ruxsat bergan foydalanuvchilargina ishlay oladi.Oracle ning juda ko'p utilitlari(Rman, Oracle Data Guard, Oracle Data Grid,… ) mavjud bo'lib, ular ham ma'lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay ko'rinishda taqdim etish(boshqarish, nazorat qilish) uchun ishlatiladi. Misol tariqasida Rman utilitasini oladigan bo'lsak, bu utilita bazani to'liq yoki qisman zahira nusxalarini juda katta xajmga kamaytirib(siqib) hosil qiladi va saqlash uchun o'zi chunarli bo'lgan kodlarga aylantiradi. Bazaga shikast etganda shu zahira nusha orqali bazani qayta tiklash mumkin bo'ladi.Oracle SQL kodlari orqali buyruqlarni qabul qiladi. Bu so'rov tili ma'lumotlar bazasini yuklash, uni to'xtatish, montirovka qilish, jadvallar yaratish, o'chirish, o'zgartirish, ma'lumotlar ichidan kerakligini chiqarib olish va boshqa vazifalar uchun ishlatiladi. Bu til juda ko'p Ma'lumotlar Bazasini Boshqarish Tizim lari uchun umumiy hisoblanadi. SQL kodlari bir yoki bir necha jadvallar ustida so'rovlarni amalga oshira oladi. Ma'lumotlarni boshqarishda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Oracle dasturi yaratuvchilari Oracle Enterprise Manager deb nomlangan web sahifa yaratishgan bo'lib, bu sahifa orqali butun Oracle ni boshqarish mumkin bo'ladi. SQL kodlarini bilmaydigan foydalanuvchilar ham bu web sahifa orqali barcha vazifalarni bajarishi mumkin, faqatgina kerakli "ссылка" larni bosish kifoya. Har bir ma'lumotlar bazasi uchun alohida-alohida Enterprise Manager sahifasi bo'ladi, har bir sahifa portlar orqali ajratiladi. Barcha brauzerlarda bu sahifa yaxshi namoyon.Ushbu vosita Oracle dasturlarini loyihalash, ishlab chiqish va joylashtirish imkonini beruvchi tezkor dasturiy ta’minotdir. “Application Express” shuningdek, ma’lumotlar bazasini boshqarishning yordamchi dasturlari, foydalanuvchi boshqaruvi, ma’lumotlarni yuklab olish va boshqalar kabi bir qator ma’muriy vositalarni o‘z ichiga oladi. “Application Express” dasturini ishga tushiring. Tizimga kirish uchun login va parolingizni kiritasiz, so‘ngra “login” tugmasini bosing. Aloqa o‘rnatilgandan so‘ng, “Application Express” ma’lumotlar bazasining bosh sahifasini namoyon bo‘ladi.Tizim ishini yakunlash va undan chiqish uchun Logout tugmasidan foydalaniladi. Oracle ma’lumotlarning turlariga ko‘pgina relyatsion ma’lumotlar bazasida qo‘llaniladigan ma’lumot turlarini keltirishimiz mumkun: CHAR, VARCHAR2, NUMBER, BINARY_FLOAT, BINARY_DOUBLE,DATE, TIMESTAMP, CLOB, BLOB, BFILE. Oracle Application Express ning Object Browser utilitasi yordamida jadval yaratish jarayonini ko‘rib chiqaylik:
1. Create – table buyrug‘ini tanlang;
2. Create table muloqotli oynasida Table Name maydoniga jadval nomini, Column Name maydoniga jadval maydonlari nomi, Type maydoniga esa, jadval maydoni turlarini, Scale maydoniga ma’lumotlar uzunligini kiriting. Jadval maydonlarini kiritib bo‘lgandan so‘ng, Next tugmasini bosing;
3. Primary key muloqotli oynasidan jadvalning bosh kalit maydonini ko‘rsatish zarur. Buning uchun “Populated from a new sequence” ni tanlab, Primary Key maydonida jadvalning bosh kalit maydonini tanlash lozim. Natijada bosh kalit maydon o‘rnatilib, uning uchun alohida ketma-ketlik (sequense) generatsiya qilinadi. Bu har yozuvga kalit maydonning qiymatini avtomatik holda bir qadam bilan o‘sib borishini ta’minlaydi. Next tugmasini bosing. 4. “Foreign Key” oynasida jadvalning tashqi kalitlarini ko‘rsatish mumkin. Agarda jadvalda tashqi kalitlar bo‘lmasa, Next tugmasi bosiladi. 5. “Constraints” oynasida biror cheklovlarni o‘rnatish mumkin. Agarda jadvalda hech qanday cheklovlar belgilanmagan bo‘lsa, Finish tugmasini bosing;
6. “Confirm” oynasida yaratilayotgan jadvalni tasdiqlash so‘raladi. SQL tugmasini bosib, jadval yaratish uchun generatsiyadan sql kodni ko‘rishingiz mumkin. Agarda hammasi joyida bo‘lsa, Create tugmasini bosing.
“Oracle Application Express” dasturida jadvallarni ma’lumotlar bilan to‘ldirishning quyidagi usullari mavjud:
 Yozuvlarni ketma-ket kiritish;
 Matnli fayldan ma’lumotlarni yuklash usuli bilan;
 XML fayldan ma’lumotlarni yuklash usuli bilan.
Yozuvlarni ketma-ket kiritish uchun:
1.Object Browser utilitasini ishga tushiring;
2.Tables bo‘limidan biror jadvalni (masalan ,STUDENTS) tanlang;
3.Data tugmasini bosing.
4.Insert Row tugmasini bosing.
5.Jadval maydonlariga kerakli ma’lumotlarni kiriting.
Fayldan ma’lumotlarni yuklash.
1.Ноmе tugmasini bosing;
2.Utilities tugmasini bosing;
3.Data Load/Unload tugmasini bosing;
4.Load tugmasini bosing;
5.Load Text Data tugmasini bosing (Load Data);
6.Load То bo‘limida jadvalni tanlang (Existing Table);
7.Next tugmasini bosing;
8.Table Name maydonida mavjud jadvalni tanlang (Student);
9.Next tugmasini bosing;

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling