Mamlakatimizda jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan oilani har tomonlama muhofaza qilish, oila manfaatlarini huquqiy himoyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridandir
Download 38.5 Kb.
|
Mamlakatimizda jamiyatning muhim bo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vohidjon TOPILDIYEV
Mamlakatimizda jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan oilani har tomonlama muhofaza qilish, oila manfaatlarini huquqiy himoyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridandir. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan kirib kelayotgan 2012 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilingani bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqadi. Poytaxtimizda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi va uning parlamentdagi fraksiyasi hamkorligida “Mustahkam oila – jamiyat tayanchi” mavzuida tashkil etilgan anjumanda shu haqda so‘z bordi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi L.G‘ulomov va boshqalar mamlakatimizda oilalar mustahkamligini ta’minlash, aholini ijtimoiy himoyalash, xalqimiz farovonligini oshirishga qaratilgan izchil sa’y-harakatlar o‘zining yuksak samaralarini berayotganini ta’kidladi. Mustahkam oila yili munosabati bilan davlat idoralari, nodavlat va jamoat tashkilotlar, xayriya jamg‘armalari o‘zaro hamjihatlikda amalga oshiradigan barcha ezgu ishlar ana shu muqaddas orzu-intilishlarni o‘zida ifoda etadi. Mustahkam va baxtli turmush avvalambor oila quradigan yoshlarning o‘ziga, ularning aql-zakovati, ma’naviy fazilatlariga, oila, jamiyat oldidagi o‘z burchi va mas’uliyatini chuqur anglab yetishiga bog‘liq. Prezidentimiz Islom Karimov Konstitutsiyamizning 19 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda yoshlarni oilaga tayyorlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, katta umid bilan hayotga qadam qo‘yayotgan yosh oilani moddiy va ma’naviy jihatdan keng qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berish, avvalo, uy-joy bilan ta’minlash nafaqat ota-onalar, birinchi navbatda, davlat va jamiyatning muhim vazifasi ekanligini alohida ta’kidladi. Bularning barchasi oilalardagi to‘kinlik, totuvlik, oilaviy xotirjamlikning muhim omilidir. Ana shu ezgu maqsadlarni izchillik bilan ro‘yobga chiqarishda faol ishtirok etish O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining dasturiy maqsadlariga to‘la hamohangdir. Tadbirda siyosiy partiyaning barcha bo‘g‘inlarida Mustahkam oila yili munosabati bilan amalga oshiriladigan ishlar, xususan, jamiyatda oila institutini yanada mustahkamlash yuzasidan partiya fraksiyasi va deputatlik guruhlarining vazifalari atroflicha muhokama etildi. Mamlakatimizda amalga oshirilgan huquqiy islohotlar samarasida ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning bir turi sifatida oila munosabatlarini huquqiy tartibga solishda yangi sifat darajasiga erishildi. Xalqimizga xos bo‘lgan milliy qadriyatlar va an’analar zamonaviy tajribalar bilan uyg‘unlashtirilgan holda yangi oila qonunchiligi shakllantirildi. Shuni aytish kerakki, bugungi kunda oila munosabatlarining huquqiy asoslari yaratildi. Binobarin, oilaga bo‘lgan e’tibor har doim jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalaridan biri sifatida baholangan. Prezidentimiz Konstitutsiyamizning 19 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida 2012 yilni «Mustahkam oila yili» deb nomlashni taklif etib, quyidagi fikrni bildirdi: «Yangi yilga mana shunday nom berishimiz, azal-azaldan xalqimiz uchun muqaddas bo‘lmish oilani hayotimiz tayanchi va suyanchi, jamiyatimizning hal qiluvchi asosiy bo‘g‘ini deb qabul qilishimiz zamirida hech shubhasiz, juda katta ma’no-mohiyat mujassam. Chunki, oila sog‘lom ekan — jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan — mamlakat barqaror». Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oilada shakllanadi. Darhaqiqat, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, u barkamol avlod tarbiyasining muhim ob’ekti hisoblanadi. Oila jamiyatning asosiy ho‘jayrasi va ijtimoiy tayanchidir. Har bir oilaning baxtiyorligi va farovonligi pirovard natijada jamiyatning barqarorligi, gullab-yashnashi hamda farovonligini ta’minlaydi. Oila nafaqat inson naslini davom ettirish omili sifatida, balki jamiyat a’zolarini, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy istiqlol g‘oyasi asosida tarbiyalash maskani sifatida katta ahamiyatga ega. Inson shaxsini shakllantirishda oila, shubhasiz, dastlabki bosqich vazifasini o‘taydi, ya’ni oilada odamlarning bir-biri bilan, jamiyat va davlatga nisbatan munosabatiga asos solinadi. Oilaning jamiyat oldidagi g‘oyat muhim va asosiy vazifalaridan biri — farzand ko‘rish, uni tarbiyalash, ta’lim berish va jamiyat uchun kerakli inson qilib yetishtirishdan iborat. Oila erkak va ayol nikohdan o‘tib, bir yostiqqa bosh qo‘ygan kunidan boshlanadi. Oila nasl qoldirish, asrlar osha ota-bobolarimizdan o‘tib kelayotgan urf-odatlarni saqlash, jamiyat tinchligiga o‘z hissasini qo‘shish va eng asosiysi, ertangi kunimizning tayanchi bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashga mas’ul bo‘lgan dargohdir. Oilaning muhim ijtimoiy vazifalari sifatida quyidagilarni alohida ta’kidlash mumkin. Odamlar shu muqaddas koshonada tug‘ilib o‘sib, jamiyat tarkibini tashkil etadi. Oila muhim tarbiya o‘chog‘i hisoblanadi. Shuningdek, oila — takrorlanmas ruhiy muhitdir. Oila qanchalik mustahkam bo‘lsa, yurt tinch va hayot shunchalik farovon bo‘ladi. Vohidjon TOPILDIYEV, Download 38.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling