Mamlakatimizda kreativ pedagogikaga oid ilmiy izlanishlar 16. 1-§. Shaxsning kreativlik sifatlarga egalik darajasini tashxislash va baholash muammolariga oid izlanishlar
Download 33.77 Kb.
|
Ҳозирги кунда дунyo педагогик таълим соҳасини такомиллаштиришга доир устувор йўналишлар белгилаб берган бўлиб
16-MODUL. MAMLAKATIMIZDA KREATIV PEDAGOGIKAGA OID ILMIY IZLANISHLAR 16.1-§. Shaxsning kreativlik sifatlarga egalik darajasini tashxislash va baholash muammolariga oid izlanishlar Hozirgi kunda dunyo pedagogik ta’lim sohasini takomillashtirishga doir ustuvor yo‘nalishlar belgilab bergan bo‘lib, jumladan ijodkor yoshlarni tayyorlashning mazmun va ilmiy-metodk bazasini rivojlantirish, o‘quv-tarbiyaviy jarayon muammolarining nostandart pedagogik yechimlarini topish, o‘quv materallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan motivatsiya asosida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Demak, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish uchun katta imkoniyatga ega bo‘lgan texnologik ta’lim jarayoniga o‘quvchilarni kreativ yondashuv asosida tayyorlash muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ilmiy pedagogik va metodik tadqiqotlar doirasida o‘quvchilarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish orqali texnologik ta’lim samarasini oshirish mkoniyatlari yaratilgan bo‘lib, bu borada kreativ yondashuv va innovason tafakkurni shakllantirish muhim mezon vazifasini bajaradi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan. Bu esa innovatsion ta’lim muhitida o‘quvchilarda kerativlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Sh.S.Sharipov, G.N.Ibragimova, O‘.Q.Tolipov, M.Usmonboeva, Z.T.Radjapova, Z.T.Raximov, F.T.Ehsonova, A.Madaliev kabilarning tadqiqotlarida o‘quvchi va talabalarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish, maktabdan tashqari, umumiy o‘rta, shu jumladan, boshlang‘ich ta’lim, oliy ta’lim tizimida o‘quvchi hamda talabalarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning o‘ziga xos jihatlari, ushbu jarayonda mahalliy hamda xorijiy davlatlarning o‘qitish tajribalaridan foydalanish, shaxsning kreativlik sifatlarga egalik darajasini tashxislash va baholash muammolari o‘rganilgan. MDH davlatlarida T.F.Bashina, D.B.Bogoyavlenskiy, O.V.Butsik, T.I.Vinogradova (Gritsay), A.G.Gersov, V.M.Golubova, V.N.Drujinin, T.A.Krasilo, I.A.Malaxova, T.S.Mamontova, Ye.L.Soldatova, I.A.Susokolova, Y.Tunik ilmiy izlanuvchilar tomonidan turli yoshdagi shaxslarda kreativlikni rivojlantirish, uning o‘ziga xos jihatlari, “Texnologiya” ta’limi mazmuni, “Texnologiya” ta’limining o‘quvchilarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishdagi didaktik imkoniyatlarini yorituvchi tadqiqotlar olib borilgan. Joy Pol Gilford (Joy Paul Guildford), Patti Drepaeu (Patti Drapeau), Yelena Grigorenko (Elena Grigorenko), Ellis Pol Torrens (Ellis Pol Torrance), Silvano Arieti (Silvano Arieti), Simpson Rey Mejini (Simpson Ray Magini), Robert J. Shternberg (Robert J. Sternberg) kabi xorijlik tadqiqotchilar tomonidan “kreativlik” tushunchasining mohiyati, kreativlik sifatlari, shaxsda kreativlik sifatlarini shakllantirish (rivojlantirish), mazkur jarayonning bosqichlari va metodlari, shaxsda kreativlik sifatlarining shakllanganlik hamda rivojlanganlik darajasini tashxislash masalalari tadqiq qilinib, shaxs kreativligi modellari ishlab chiqilgan. O'qituvchining professional kompetentligi kreativlik bilan tavsiflanadi. Kreativlik – kasbda ishlash usuli, yangi pedagogik borliqni yaratish istagi va ko'nikmasi. Professional-kompetent pedagog refleksiyaga qodir bo'lishi lozim. Refleksiya - fikrlashning alohida usuli. U pedagogik jarayonga hamda o'z shaxsiga muayyan kasb egasi sifatida chetdan nazar tashlashni ko'zda tutadi. Ta'limga kreativ yondashuv - shaxsga yo'naltirilgan o'qitishni to'la amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Download 33.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling