Mamlakatimizda saylov huquqini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilgani huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim omili boʻlib xizmat qilmoqda
Download 28.62 Kb.
|
yettinchi xususiyati: saylovlarni tashkil etish, o‘tkazish va yakunlarini chiqarishga doir masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining saylov komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi tartibi belgilandi. Bundan tashqari, endilikda nomzod yo kuzatuvchi saylov jarayonlarining har qanday bosqichi, shu jumladan ovozlarni qayta sanab chiqish yoki saylov natijalarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Saylov komissiyalari, shu jumladan Markaziy saylov komissiyasi qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi uzil-kesil mustahkamlab qo‘yildi. Bu borada sudga ariza bergan shaxslar o‘z murojaatining ko‘rib chiqilishida bevosita ishtirok etish huquqiga ega hisoblanadi; sakkizinchi xususiyati: ilgari Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan Oliy Majlis Senati a’zolarini saylash tartibi to‘g‘risidagi nizom bekor qilinib, Senat a’zolarini qonunchiik darajasida saylash tartibi belgilandi; to‘qqizinchi xususiyati: Saylov kodeksida siyosiy partiyalar va nomzodlar tomonidan saylovoldi targ‘ibotini amalga oshirish turlari, shakllari va usullari qat’iy belgilab qo‘yildi; o‘ninchi xususiyati: kuzatuvchilar, partiyalarning vakolatli vakillari, ommaviy axborot vositalari faoliyati masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Saylov kodeksida saylov jarayoni ushbu ishtirokchilarining huquqlari doirasi mustahkamlandi. Zero, ularning ishtiroki tufayli saylov jarayoni shaffofligi ta’minlanadi. Saylov komissiyalari majlislarida siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotchilar kuzatuvchilari ishtirok etishi mumkin. Saylov komissiyalarining majlislari ochiq tarzda o‘tkaziladi. Saylov komissiyalarining qarorlari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi yoki Saylov kodeksida belgilangan tartibda ommalashtiriladi; o‘n birinchi xususiyati: O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, davlat axborot resursi hisoblanadigan ushbu ro‘yxatda saylovchi-fuqarolar, ularning doimiy yashash manzillari va vaqtincha turar joylari haqidagi ma’lumotlar jamlanadi. Bir so‘z bilan aytganda, 2019 yilda davlat hokimiyati vakillik organlariga bo‘lib o‘tgan saylovlar davrida Saylov kodeksi sinovdan yaxshi o‘tdi. Ushbu Kodeks fuqarolarning saylovga taalluqli konstitutsiyaviy huquqlariga demokratiya va adolat, xolislik va ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik prinsiplari asosida so‘zsiz rioya etilishiga, saylovchilarning saylovda erkin ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar yaratilishiga, siyosiy partiyalar va nomzodlarga esa saylov kampaniyasi davomida keng va teng imkoniyatlar taqdim etilishi ta’minlanishiga xizmat qilishi o‘z tasdig‘ini topdi. Download 28.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling